Òtkir Hoshimovning tasvirdagi mahorati(,,Bahor qaytmaydi”
qissasi misolida)
Òtkir Hoshimovning ,,Bahor qaytmaydi”qissasidagi
har bir qahramon va tasvirning asardagi òrni
beqiyosdir.Yozuvchi asarning nomidanoq kimlar uchundir bahor endi hech qachon qaytmasligini
voqealar timsolida kòrsatib beradi.Asar boshlanmasida
tòģridan
-
tòģri asar qahramonlari haqida
ma’lumot beribgina qolmay,kitobxonni asar voqealariga zimdan tayyorlab boradi.Buni birgina
,, Bòston
qishloģi
ga ogir-
vazmin qadamlar bilan kuz kirib keldi”
gapi misolida kòrishimiz mumkin.Yozuvchi
oddiygina tarzda kuz kirib keldi deb aytmasdan, ,,
oģir vazmin qadamlar bilan”birikmasi orqali
qahramonlarning hayotidagi yuz berishi kutilayotgan voqealarning oddiy emas,ayni damda qiyin va
ziddiyatli jarayonlarda yuz berishini va mana shu jarayonda qaysi qahramonlar òz muvozanatini saqlay
olishi-yu
,qaysilari
saqlay
olmasligini
anglatmoqchi
bòladi.
Alimardon-asarning
bosh
qahramoni,mag
’
rur va òziga ishongan shaxs,dòsti Anvar esa uning aksidir.U soddagina ,quvlik
nimaligini bilmaydigan,ishonuvchan va atrofidagi yaqinlarini xuddi òzi kabi sof va samimiy, halol deb
o’ylovchi,bòshangina yigit.Alimardon
makkor va òz maqsadlariga erishish yòlida yaqinlarini qurbon
qilishdan ham toymaydigan,birovlarning yaxshiligini ham,galabasini ham kòra olmaydigan hasadgòy
inson.U oģrib qolib yotganida
,dòsti Anvar uni ko
’
rgani kelib birga suhbat quradi.Shunda Anvar yangi
ishga joylashganini aytadi.Alimardon esa òzining bolalikdagi dòstiga ham hasad qiladi va ichida ,,Qiziq
bir xil odamlarning ishi òz-òzidan yurishib ketaveradi,meniki-
chi”deya
òz ich- etini yeydi.Shu sòzlardan
ham ma’lumki,Alimardon Anvarni hech qachon
dòst sifatida kòrmaydi,yozuvchi,, do
’
stimning
”
so
’
zini
qo
’
yish òrniga
, ,,bir xil odamlar” deya ifodalaganidan ham buni sez
ish mumkin. ,,Quyoshning iliq
,tansiq nurlari odamlarga hush yoqadigan bòlib qoldi
” gapidagi ,,tansiq”sòzi
bejiz qòllanmagan.Quyosh
yaxshiga ham, yomonga ham birdek nur sochishini bilamiz,ammo bu yerdagi quyosh
Anvardir.Faqatgina u Alimardonga tansiq mehr bera oladi,kelajagi haqida qayg’ura oladi,
,,
tansiq”so’zining istilohiy ma’nosi kamyob deganidir.Shu o’
rinda aynan Anvardan keladigan mehr va
sodiqlik uning Muqaddam
bilan bo’lgan suhbatidan ham ma’lum bòladi.
U har ikki gapining birida
Alimardonning iste’dodli ekanligini ,undan yaxshi artist chiqishini aytib òtadi.
Haqiqatdan ham,
Alimardonning iste’dodi bor edi,lekin u bu iste’doddan
òz òrnida foydalana olmadi,òzining
tajribasizligiga qaramay shon-shuhratga berilib,yaqinlarini va òzining òzligini yòqatar darajaga
keldi,asar oxirida esa jarlikka quladi.Aslida u òz dòstiga xiyonat qilayotgan kuniyoq jarlikka qulagan
edi,xato ustiga xato qilib qòlidagi bor narsalardan ham birin-ketin ayrilib bordi.Bu dunyoda òzini
unutar darajaga yetishdanda ko
’
ra ayanchli narsa bòlmasa kerak.Muqaddam havoyi nafsga berilib,sof
va chin muhabbatidan vos kechgan,Alimardonni ilk kòrganidayoq,chimirilgan qoshlarida,kòrkam
ch
iroyli chehrasidagi qat’iyatdan yuzlari qizargan,ilk kòrgandayoq òzida anglab bòlmas hislar uyģongan
edi.
Darhaqiqat,Alimardon qat’iyatli edi,lekin bu qat’iyatning ortida razillik yashiringanini
u bilan
yashagach bildi, Alimardon uni hech qachon baxtli qilmaganini,boshidanoq baxtsiz qilib kelganini va
endi ham baxtli qilolmasligini,oilada ham,Alimardonning hayotidan ham òrni yòq ekanligini,shuncha
yillik turmushi sarobdan iborat ekanligini,barchasi xazondek tòkilganini kech tushunib yetadi.Shu
sababli ham voqealarning boshlanishi kuz faslida xazonlar tòkilishi bilan tasvirlangan.Tabiatni
tasvirlash orqali inson bolalari òzlarini idrok eta olmasa,daraxtdagi barglar singari xazonga aylanishini
birgina Alimardon misolida kòrsatib berilgan.
E’tibor beri
lsa,voqealar kuz faslida boshlanadi va yoz,qish
fasli kòp òrinlarda tilga olinsa ham asar tugashida bahor tasviriga kòchiriladi,bahor tasviri asarning
ba’zi òrinlaridagina keltiriladi
.Tòy oqshomida kimningdir qalbida bahor gullab,kimningdir qalbida qish
boshlagani,kimdir kimgadir intizor bòlganini aytiladi.Bu yerdagi qalbida bahor gullagan obraz
Alimardon,yozuvchi uning qalbiga bahor tasvirini kiritish orqali bahor fasli ortidan yoz yoki kuz,yoki
qish kelishi mumkinligini,Anvarning qalbida qish bòlgan bòlsa ham uning ortidan ,albatta,bahor
kelishini aks ettirgan.Alimardon uchun bahor hech qachon qaytmas bòlib keldi,u Muqaddamga
uylanganidan keyin kòchadagi xiyobonlarda sayr qilayotgan yoshlarni kòrib òzining endi hech qachon
shu yoshlar kabi yura olmasligini alam bilan his etishi ham bunga yorqin misoldir.Yozuvchi Anvar
obrazini kòklarga kòtarib tasvirlamasa ham,uning Alimardondan ustunligini òr òrnida bildirib
òtgan.Anvar Muqaddam bilan oddiy,hashamsiz ,sokin joylarda kòrishgani uning xarakteridagi
xususiyatlarni namoyon qiladi.Alimardonlarnikidan qaytishayotgan kuni Anvar Muqaddamga Qonqus
rivoyatini sòzlab beradi.Òtkir Hoshimov asar ichida asar keltirish yòli bilan bòlishi yuzda tutilayotgan
hodisani Qonqus rivoyatidan foydalangan holda xabardor qiladi.Anvar Muqaddamdan ham,òz jonidan
ortiq kòruvchi dòstidan ham bir kunda ayriladi.Uni qiynayotdan oģriq Muqaddamdan emas,balki
Alimardon tomonidan kelgan xiyonatdir.Qaysi ishi,qaysi xatosi uchun dòsti bilan turib unga yomonlikni
ravo kòrganini tushuna olmaydi.Bir vaqtning òzida ikki insondan ranj kòradi.U òzining soddaligi va
insonlarni òzi kabi deb òylagani,ishonuvchanligi pand berganini òylaydi va bundan keyin hammaga
shubxa bilan qaraydi,saylgohlardagi sevishganlarni kòrib,bugun bunga, ertaga esa boshqasiga xiyonat
qilishlarini òylab nafratlanadi
.Inson tuģilayotganda pok bòlsa
-yu,nega bunchalik razil bòlib ketishini
kòrib qayģuga botadi.
Yozuvchi òz fikrlarini va davrning dolzarb muammosiga aylanayotgan yomon
illatlarni Anvarning òylari orqali ifodalaydi.
Alimardon maģrurligi oqibatida yangi kuylar yaratmay
qòydi, sahnadagi insonlar u uchun kelishini ich ichidan sezib havolanib yurdi,mòmaygina daromad
topish ilinjida tòylarga chiqdi.Zufar Xodiyevich bilan bòlgan suhbatdan sòng ham òzini
tòģrilamadi.
Shunda ham òz bilganidan qolmadi, ichida zòr qòshiqlar yaratishini òylab uyga qaytdi,lekin
harchand urinmasin yangi kuyni yarata olmadi.Qayerdan ham yangi kuy yarata olardi,axir uning qalbi
razillikka tòlib-
toshgan edi.Iste’dodini vaqtida jilovlab,òz ustida tinimsiz ishlash qayoqda
-yu,erta-yu
kech tòylarda bir xil taronalarni yaratish qayoqda.Bir xillik uni odamlardan yiroqlashtirdi,bora-bora
undan yaxshi aytuvchi Mutal Qodirovni,Alimardondan
ta’sirlanib qòshiq kuylovchi òsha yigitni
òzidan
òtishini ham kòra olmaydi.Xasadgòylik,òzini hammadan ustun deb bilish uni xazondek tòkilishiga olib
keldi.
Muqaddam va òģli Shavkatdan ayrilgand
an keyin mudhish bir tumanlik ichida adashgan ikki yil
òtadi.Aslida yillar emas,Alimardon adashgan,tuman esa uning shon-shuhratidir.U shon-shuhrat
tashvishida adashdi.Endi uni hdch kim eslamas,faqatgina Anvar,bir paytlar òzi xiyonat qilgan,dòst
sifatida kòrmagan Anvar uni kòrishga kelar edi.U òģlining boshqa insonni
ota deyishini eshitib oxirgi
umidi ham uziladi
.Òsha kuni Alimardon Oynatoģdagi tòydan
qaytayotib jarlikka qulaydi.U voqealardan
bir necha yil avval òz uyida bir tush kòradi,yuksak toģlardan ot minib parvoz qilar va
birdaniga jarlikka
qular edi,ehtimol yozuvchi shu tush orqali Alimardonni ogohlantirmoqchi bòlgandir.Voqealarning
sodir bòlishidan avval quyoshning òz òrnida,yer bilan tutashgan joyida botishi haqida aytilganda hali
hammasi òz maromida borayotgani ,asar sònggida esa hodisalar òz òzidan izdan chiqqanligini,, ufqqa
quyosh qon sachratib yuborgani,bu oqshom oftob qiynalib botgani,ufq etagida uzoq osilib turdi-da
,oxirgi umidi uzilganday sekin-sekin yer ortiga chòkib ketdi ,,tarzida keladi.Oxirgi umidi uzilgan quyosh
emas,balki Alimardondir.Qabri ustid
agi yakka qizģaldoq ham uning òzi,u ham
,, tonga qadah turib,erta-
indin tòkilib ketishi,òzidan na bir muattar bòy,na meva qolishidan bexabar yal-yal yonardi
”
.Yonishini,oxiri haqiqat ,adolat qaror topishini bilsa ham òz bilganidan qolmagan va qolmayotdan
Alimardonlar hali ham
yòq emas.Yozuvchi ,,Bahor qaytmaydi”qissasini 1969
-yildagina dolzarb bòlgan
mavzuni emas,bugungi kunda ham bor bòlgan muammoni qahramonlarning hayoti timsolida olib
chiqdi.U Alimardonlarga asar qahramoni kabi yòl tutishda davom etishsa,ularning taqdiri ham asardagi
kabi yakun topishini uqtirmoqchi bòldi.Hayotda tajribasizlik qilib bir xato ortidan ikkinchisini
qilish,òzidan boshqalarni kòra olmay,xudbinlik bilan yòl tutish yaramaydi.Asar òzida barcha yaxshiliklar
qayoqqa,yomonliklar qayoqqa olib borishini ifoda etagni uchun ham bu mumtoz asar barchaning
qalbida òz òrniga ega bòldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |