Alisher Navoiy. “Hayratul-abror”dan
Mantiqiy mushohada uchun
1.Hazrat Navoiy so‘z istilohini qaysi o‘rinlarda til ma’nosida qo‘llagan?
2.Mutafakkir to‘rt sadaf deganda nimani nazarda tutgan?
3.“Durning bir donasi bilan bog‘liq gapga ishonma, so‘zni jahon dengizidagi haqiqiy durdona
deb bil” jumlasida dur, durdona, jahon dengizi so‘z va birikmalari nimaga nisbatan qo‘llangan?
Har bir leksema lisoniy birlik sifatida mazmun mundarijasiga ham ega.
Leksemaning mazmun mundarijasi denotat yoki referent deb ataladigan,
borliqdagi narsa, harakat, belgi, miqdor kabilarni ifodalaydigan
tushunchalarni anglatadi. У semema deyiladi.
Leksemaning mazmuni bo‘lgan sememani tashkil etuvchi qism sema
deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |