Mavzu: tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi pedagogik fan sifatida


Tabiatshunoslik  darslarining  tiplari



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/146
Sana31.12.2021
Hajmi1,21 Mb.
#252863
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   146
Bog'liq
tabiatshunoslikni oqitish metodikasi - pedagogik fan sifatida

Tabiatshunoslik  darslarining  tiplari.  Darsni  quyidagi  tuzilish  qismlariga 
ajratish mumkin: 
1. Tashkiliyqism. 
2. Uy vazifasini tekshirish. 
3. Yangi materialni bayon qilish. 
4.  O’quvchilarning  mustaqil  ishlashlari,  yangi  bilimlarni  mustahkamlash, 
ularning o’zlashtirilishini tekshirish. 
5. Dars materialini umumlashtirish. 
6. Uyga vazifa berish. 
7. Baholarni sharhlash. 
 
Dars  tuzilishi  kurs  mavzusi  bo’yicha  darslarning  umumiy  tizimida  uning 
qanday o’rin egallaganligiga bog’liq, ammo qanaqa bo’lishidan qafi nazar har bir dars 
tashkiliy, mantiqiy, psixologik jihatdan yaxlit bo’lishi kerak. Metodik jihatdan to’g’ri 
tuzilgan darsda barcha tomonlar o’zaro bog’liqdir. 
Tabiatshunoslik  darsining  didaktik  maqsadini  aniqlash  uning  asosan  nimaga 
yangi  maqsadni  o’iganishga,  uni  mustahkamlashga,  takrorlashga  va  ketma-ketligini 
ta'minlash  yoki  o’zlashtirishni  tekshirish  hamda  hisobga  olishga  bag’ishlanishini 
belgilash demakdir. 
Aytilgan har bir dars tipining xususiyatlarini qarab chiqamiz: 
Birlashtirilgan (kombinatsiyalashtirilgan) dars tabiatshunoslik darslarining eng 
keng  tarqalgan  tipidir.  Unda  bir  nechta  didaktik  vazifalar,  chunonchi,  o’tilganlarni 
takrorlash,  uy  vazifasini  (ijodiy  daftarlar  va  kuzatishlar  kundaligi  ishlarini) 
tekshirish,  ya'ni  bilimlarni  o’rganish  va  mustahkamlash  kabilar  kiradi.  Bunda 
vazifalardan birortasi ham ustun kelmaydi, barchasi birgalikda  (kompleks holda) hal 
qilinadi. Kombinatsiyalashtirilgan darsni o’tishda xilma-xil metod va uslublar: suhbat, 
o’qituvchi  hikoyasi,  tabiiy  obyekt  va  ko’rgazmali  qurollar  bilan  ishlash,  kino  va 
diafilmlar  ko’rish,  maqolalar  o’qish,  ular  mazmunini  ishlab  chiqish,  daftarlarda 
yozuvlar yozish va rasmlar chizish qo’llaniladi. Kombinatsiyalashtirilgan tipdagi darsni 
o’tishda  keng  tarqalgan  xato  -  barcha  ishlarni  ko’rgazmali  qurollardan 
foydalanmasdan  va  maqoladagi  tabiatshunoslik  faktlarini  tushuntirmasdan  matnni 
(mashqni)  o’qish  va  aytib  berishdan  iborat  qilib  qo’yishdir.  Tabiatshunoslik 
o’qituvchisi  tabiat  to’g’risidagi  bilimlarning  asosiy  manbai  tabiat  obyektlari,  darslik 
esa faqat bilimlarni mus-tahkamlash vositalaridan biri ekanligini bilishi kerak. 


Predmetli darslar. Bu tipdagi darslarda o’quvchilar sinfda tabiiy obyektlar bilan 
bevosita  ishlaydilar  va  tabiat  jismlari  hamda  hodisalari  haqida  muayyan  aniq 
bilimlar oladilar. Shu maqsadda ular narsalarni ko’rib chiqadilar va taqqoslaydilar, 
ularning tarkibiy qismlarini, umumiy va tafovut qiladigan belgilarini ajratadilar. Bu 
tipdagi darslarda tabiat jismlari va hodisalarini  o’rganish keng tarzda yoki guruhlar 
bo’yicha olib boriladi. 
Predmetli darslar kuzatuvchanlikni rivojlantirish, quntlilikni, mehnatsevarlikni 
tarbiyalash  uchun  katta  imkoniyatlar  beradi.  Bu  darslarda  bolalar  laboratoriyada 
ishlash  malakasini  egallaydilar,  chunki  darsda  o’tkaziladigan  ish  tadqiqiy  xarakterda 
bo’lishi  kerak,  unda  bolalar  o’rganilayotgan  obyektlarning  belgi  va  sifatlarini 
taqqoslaydilar,  murakkab  bo’lmagan  tajribalarni  o’tkazadilar.  Predmetli  darslarda 
mustaqil ishlarning sanog’i salmoqli bo’lishi kerak. 
Predmetli  darslarni  o’tishga  o’qituvchi  puxta  tayyorlanishi  lozim.  Tarqatma 
materiallar  o’quvchilar  soniga  to’g’ri  kelishi  zarur.  Shu  maqsadda  ekskursiyada 
yig’ilgan  tabiat  obyektlari  (daraxt  va  butalarning  quritilgan  yoki  to’kilgan  barglari, 
meva  va  urug’lar  kolleksiyalari,  qurilish  materiallari,  foydali  qazilmalar)dan  foyda-
lanish mumkin. 
Foydalaniladigan tabiiy materialni tayyorlashning eng qulay vaqti bahorgi va 
yozgi  ta'til  kunlaridir.  Bu  davrda  bolalarga  tabiatshunoslik  xonasi  uchun  tabiiy 
material  yig’ib  kelish  topshiriladi,  bu  imkoniyatlardan  foydalanmoq  lozim.  Biroq 
bunda  o’quvchilar  tabiatni  muhofaza  qilish  va  o’simlik  hamda  hayvonlarga  ehtiyotlik 
bilan munosabatda bo’lish zarurligini esda tutishlari kerak. 
2-  sinf  dasturida  predmetli  darslar  mo’ljallangan,  ularda  bolalar  termometrdan 
foydalanishga,  yangi  o’simliklarda  ildiz,  poya,  barg,  gul,  meva  va  urug’larni  taniy 
otishga  o’rganadilar,  qishda  o’simliklar  hayotini,  o’simliklarning  urug’lardan 
rivojlanishini  (ilgarigi  tajribalar  asosida)  kuzatadilar.  3-  sinfda  bolalar  foydali 
qazilmalar, dala ekinlari to’g’risida boshlang’ich ma'lumotlar oladilar. 
Garchi 3- sinf o’quvchilari 2- sinfda hosil qilingan predmetli  darsdagi  ba'zi 
ish  tajribasiga  ega  bo’lsalar  ham  ular  har  holda  ish  joyini  qanday  tashkil  qilish 
kerakligi, kuzatishni qanday  izchillikda olib borish, ularni qanday qayd qilish, qay 
tarzda  xulosalar  chiqarish  zarurligi  haqidagi  maxsus  yo'1-yo'riqlarga  ehtiyoj 
sezadilar. 

 
Predmetli darsning rejasi quyidagicha bo’lishi mumkin: 

 dars mavzusi va maqsadini bildirish; 

 ish rejasini doska va daftarlarga yozish; 

 tarqatma material bilan mustaqil ishlash; 

 
ish mazmuni bo’yicha suhbat (o’rganilayotgan obyekt xususiyatlarini 
ta'riflash, uni ilgari o’rganilganlar bilan taqqoslash, 
qo’shimcha ko’rgazmali material bilan ishlash); 

 daftarlarga yozuvlar yozib, rasmlar chizish; 

 bilimlarni mustahkamlash va baholash. 
O’quvchilarni  tabiat  jismlari  bilan  bevosita  tanishtira  borib,  jismlarning 
tarkibiy qismlari va ularning amaliy ahamiyatini tahlil qilib, o’qituvchi shu jismlar 
haqidagi  bilimlarni  mustahkamlash  uchun  o’quvchilar  bilan  tabiatshunoslik 
darslaridan:  2-  sinfda  “Termometr”,  3-  sinfda  “Foydali  qazilmalar”,  4-  sinfda 
“Kompas  bo’yicha  oriyentirlash”  va  shu  kabi  mavzu-maqolalarni  o’qiydi.  Suhbat 


jarayonida  o’qituvchi  predmetli  darslarda  o’rganilgan  va  darslikda  ta'riflangan 
obyektlarning xarakterli xususiyatlarini taqqoslaydi. 

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish