AYIQNING DO'STLIG'I
Bir Qishloqi Ayiq birla yo'ldosh bo'lub, ikisi birga yashar edilar. Har vaqt
Qishloqi uxlasa Ayiq tepasida, do'stimga bir narsa zarar qilmasun, deb poylab
o'ltirar edi. Bir kun Qishloqi uxlab yotkanda bir pashsha kelub peshonasiga qo'ndi.
Har qancha quvsa ketmadi. Oxirda achchig'i kelub: «Bu zolimni urub o'ldurmasam
bo'lmas», - deb, bir katta toshni olib kelub, Qishloqining boshiga chunon urdiki,
pashsha uchib ketub, Qishloqi o'lub qoldi.
Hissa: Do'sti nodondan dushmani ziyrak yaxshi.
Do'stlaringiz bilan baham: |