Bir kishi g'oyat qo'rqoq va yuraksiz o'lub, kechalari aslo ko'chaga chiqmas
nimadan qo'rqasan. Agar bir kishi sanga qarab qorayib kelur bo'lsa, san ham oning
ustiga bosub boraver. San qandoq qo'rqsang, ul ham sandan shundoq qo'rqar.
Saning yuraklik va botirlig'ingni ko'rub, sandan qochar», — deb oni yuraklik
qilmak uchun nasihat qilsa... «Oh do'stim, bu ish aslo bo'lmas. Agar bu nasihatni ul
odam ham eshitgan bo'lsa, ul ham maning ustumga qarab bosturub kelsa, man ul
vaqtda qayga qochub qutulurman. Qo'y, birodar, saning bilgoning o'zingg'a, meni
bilgonim o'zimg'a», - dedi.
Tarbiyat qilgon bila noasl odam bo'lmagay,
Ifni yuz alvon ila rang etsalar bo'lmas ifak.
Do'stlaringiz bilan baham: