AHMAD ILA OTASI
Bir kishining Ahmad ismlik o'g'li bor edi. Ahmad bir kun maktabdan
kelurida bir bola birla urushub, bir musht urub, boshini yorub qo'ydi. Ul bola kelub
Ahmadning ota-siga arz qildi. Otasi Ahmadni chaqirub, mahkam iki qulog'ini(ng)
burab: «Ey o'g'lum, man ham yosh vaqtimda sanga o'xshash mushtzo'r edim,
changolimga tushgon kishini amon qo'ymas edim. Ittifoqo, bir kun o'zim ham bir
mushtzo'rning qo'liga tushub qoldim, chunonam adabimni berdiki, ikinchi
o'zimdan kuchsizlarga aslo mushtzo'rlik qilmaydurgon bo'ldim», - dedi. Hissa:
Ulug'larni adab saqlab, qil izzat,
Kichiklarga muruwat qil, muruvvat,
O'quvni yoqasini qo'yma zinhor,
Kuching yetsa, qalamning boshini yor.
Do'stlaringiz bilan baham: |