sho'rbo keturub qo'ydi. Soqi sho'rbodan bir qoshuq og'ziga olub: «Ona, man bu
mazasiz sho'rbongni ichmasman», - dedi. Onosi: «Ichmasang qo'y, o'g'lum. Boshqa
pishirub berurman», — deb oldidan olub qo'ydi. Soqini(ng) kechg'acha xazon
toshitub, ishlatdi. Soqi horub, charchab qorni ochub o'lturgon edi. Onosi yana shul
sho'rboni isitib olib kelub, oldig'a qo'ydi. Soqi sho'rbodan biroz ichib ko'rub:
«Mana, onajon! Bu qanday totli sho'rbo bo'lmish. Umrimda aslo mundog' shirin
sho'rboni ichkonim yo'q», — dedi. Onosi kulub: «Ey, o'g'lum, bu boyagi o'zing
ichmagon sho'rbodur. Hozir san harakat qilding, ishlading, qorning ochdi,
ishtahang ochildi. Sho'rbo ham shirin bo'ldi», - dedi.
Hissa:
Ishlamak ishtaha ochar, Dangasa ishdan qochar...
Do'stlaringiz bilan baham: