A k a d e m I ya trasologik ekspertiza


 Transport vositalari izlarining turlari



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/126
Sana31.12.2021
Hajmi1,77 Mb.
#252348
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   126
2. Transport vositalari izlarining turlari 
 
Yo‘l-transport hodisasi bilan bog‘liq izlarni shartli ravishda yuzaga 
kelish mexanizmiga ko‘ra turlarga bo‘lish mumkin: statik va dinamik izlar. 


 64 
Shuningdek, izlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan hodisalarga ko‘ra, 
izlarni quyidagilarga ajratish mumkin: 
To‘qnashuv izlari – o‘zaro to‘qnashayotgan transport vositalarining 
qarama-qarshi, yonlama yoki bir tomonlama harakatlanishi va 
harakatlanayotgan transport vositasining harakatsiz transport yoki 
buyumga urilishidan hosil bo‘ladi. Bunda o‘zaro to‘qnashayotgan 
obyektlarda botish, sirg‘alish, parchalanish, qatlam-qatlam bo‘lish, 
ko‘chish, qirilish izlari hosil bo‘ladi. Mazkur izlar juft izlar bo‘lib, bir 
vaqtning o‘zida to‘qnashgan transport vositalarida yuzaga keladi. Ular 
o‘zining shakllari, hajmlari, bir-biriga va yo‘lga nisbatan joylashishiga 
ko‘ra o‘zaro mos bo‘ladi. Transportning turtib chiqqan qismi bilan hosil 
bo‘ladi. 
 Ko‘rsatilgan izlar kesib o‘tish izlaridan farq qiladi. Zero, ular 
g‘ildiraklarning yotgan predmet ustidan yumalashi natijasida yuzaga 
keladi. Ular transport detali sirtining bukilishi, sinishi yoki ezilishi 
ko‘rinishida paydo bo‘ladi. 
Kesib o‘tishni amalga oshirgan transportning pastki qismida tirnalish, 
sirg‘alish izlari yoki transport ustidan bosib o‘tgan obyektlarning 
bo‘laklari bo‘ladi. 
Bosish izlari – ular o‘zida to‘qnashuv va to‘liqsiz bosib o‘tish izlarini 
umumlashtiradi. Agar bu transport vositasining odam bilan to‘qnashuvini 
ifodalasa, transportdagi izlarda jabrlanuvchi tanasining transport vositasiga 
urilishida hosil bo‘lgan botiqlar, qo‘l va kiyim, tananing transport 
vositasiga sirg‘alish izlari va hokazo. Odatda, transport vositalari oldingi 
qismining sirtida hosil bo‘ladi – old qanot, kapot, radiator va hokazo. 
Jabrlanuvchining tanasi va kiyimida transport vositasining izlari qoladi – 
g‘ildirak grunti, bo‘yoq, ya’ni qatlam bo‘lish izlari, shuningdek tana 
qismlarining uzilishi, kesilishi yoki ezilishi va kiyimning g‘ijim bo‘lishi va 
hokazo. 
Dumalash izlari – g‘ildirakning oldinga intiluvchi aylanma harakatlari 
natijasida yuzaga keladi va yuzada aylana buralishini hosil qiladi. Ularning 
hosil bo‘lish mexanizmi statik izlarning hosil bo‘lish mexanizmiga 
o‘xshash bo‘lib, zero har qaysi alohida holatda g‘ildirak xususiyatlarining 
akslanishi statik ta’sir natijasida hosil bo‘ladi, ya’ni obyektlarning qisqa 
muddatli tinch holatida. Biroq g‘ildirak (ayniqsa, oldingi g‘ildirak) 
dumalaganda, har doim iz hosil bo‘luvchi yuza bo‘ylab biroz sirg‘aladi va 
bu bilan iz hosil bo‘lish jarayoniga dinamika (harakatlanish) elementlarini 
olib kiradi. Bu iz uzunligi ba’zida iz hosil qilgan g‘ildirak maydonidan 
kichikroq bo‘lishi bilan tushuntiriladi. 


 65 
Botiq (hajmli) dumalash izlari hosil bo‘lishida relyef tasvirining ba’zi 
elementlari, aniqrog‘i, ko‘ndalang botiq va o‘yiq izlarning akslanishi 
deformatsiyalanishini bildiradi. Ya’ni bu o‘yiqlar qanchalik baland bo‘lsa, 
ular orasidagi oraliq shunchalik tor bo‘ladi va ularning izdagi ko‘rinishi 
o‘zgaradi. Iz qabul qiluvchi obyektning fizikaviy holati va sifatlari uning 
izda akslanishiga ta’sir qiluvchi o‘ziga xos xususiyatlarni o‘z ichiga oladi, 
bular: elastiklik (qayishqoqlik, taranglik, zichlik va hokazo). 
Yuqoridagilardan tashqari, transport vositasi g‘ildiraklaridan yana 
ishqalanish va tebranish izlari qolishi mumkin. Ishqalanish izlari 
g‘ildirakning tormozlanishi va yonbosh harakatlanishi natijasida qoladi. 
Tebranish izlari esa g‘ildirakning yo‘l qoplamasi sirtida kiruvchi aylanma 
harakati natijasida vujudga keladi, bunda g‘ildirakning yugurish 
yo‘lakchasi (yo‘l bilan ta’sirlashish qismi) hoshiya shaklidagi izlar 
qoldiradi.  
G‘ildirakning hajmiy tebranish izlari vujudga kelish jarayonida 
shinaning yugurish yo‘lakchasiga tegishli ayrim elementlar akslarining 
qisman bo‘lsa-da deformatsiyasi yuzaga keladi. Bu deformatsiyaning 
qanchalik ko‘p yoki kam bo‘lish darajasi, shinadagi qabariq yoki botiq 
elementlarning balandligi yoki chuqurligiga bog‘liq bo‘ladi, agar qabariq 
element qanchalik baland bo‘lsa, deformatsiya ham shunchalik ko‘p 
bo‘ladi. Bundan tashqari, deformasiyaning darajasi iz qabul qiluvchi 
obyektning xususiyatlariga ham bog‘liq (masalan, yumshoq tuproq) 
bo‘ladi. 
 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish