MUSOBAQALAR VA XAKAMLIK QILISH
Sport musobaqalari-Mashg'ulot jarayonining ajralmas bir qismidir. Ular mashg'ulotlar sifatini
yaxshilashga, Mashg'ulotni muntazam va maqsadga muvofiq yo'nalishda o'tkazishga yordam beradi.
Yaxshi tashkil qilingan musobaqa-muhim tashvikot vositasi bo'la oladi. U suv sportining suzish, suv
to'pi va suvga sak rash kabi turlariga yoshlarni keng ko'lamda jalb qilishga xizmat qiladi.
Musobaqalarda Har bir sportchi va sport kollektivining mahorati aniqlanadi. Musobaqalar, shuningdek
suzish sportining rivojlanish dara-jasini ham belgilaydi.
Sport musobaqalari ilg'or tajribani ommalashtirishning eng yaxshi formasi hisoblanadi. U
zamonaviy suzish sporti texnikasini keng yoyishda ko'rgazmali vosita bo'lib xizmat qiladi.
Musobaqalarning tarbiyaviy ahamiyati nihoyatda katta. Shug'ullanuvchilarda ma'naviy va iroda
sifatlari, intizom va uyushqoqlik, vatanparvarlik tuyg'ulari kamol topadi, kollektivchilik va o'rtoqlik
muhiti vujudga keladi.
Musobaqalarni uyushtirish sifati, uni o'z vaqtida, puxta tayyorlash hamda o'tkazishga ko'p
jihatdan bog'liq. Kalendar yili boshlanishiga 1, 5-2 oy qolganda quyndagilar tuziladi va tasdiqlanadi:
Sport tadbirlari kalendar-reja.
Musobaqalar nizomi.
Musobaqao'tkazish bo'yicha sarf-Harajat smetasi.
Sport tadbirlari kalendar-rejasi mamlakatimizda fizkultura va sportga rahbarlik qiluvchi
tashkilotlar tomonidan tuziladi. Sportchilarining xalqaro musobaqalardagi ishtiroki kalendar rejasi
ko'zda tutiladi.
Musobaqalar nizomi sport tadbirlarining kalendar-rejaga asosan tuziladi va tasdiqlanadi. U
musobaqalarni uyushtirishda va Mashg'ulot jarayonini rejalashtirishda muhim hujjat hisoblanadi.
Musobaqa o'tkazish bo'yicha xarajat smetasi aynan shu musobaqaning tasdiqlangan nizomiga
asosan tuziladi. U kalendar yili boshlanmasdan oldin tasdiqdan o'tadi. Smetada har bir musobaqa
xarajati nazarda tutiladi. Bellashuv boshlanishidan 1-1, 5 oy oldin ajratiladigan bu xarajatga binoan
boshqa shaharlardan kelgan qatnashuvchilar va sudyalarga joy tayyorlanadi, ular ovqatlanadigan va
medisina ko'rigidan o'tadigan punktlar shaylanadi. Musobaqaga tayyorlanishning bu davri hal qiluvchi
palla hisoblanadi. Shuning uchun barcha tayyorgarlik tadbirlari musobaqaga mas'ul vakilning nazorati
ostida o'tkaziladi. Bosh xakam tayyorgarlikni musobaqa boshlanishidan 3-7 kun oldin ko'zdan kechirib
chiqadi va mavjud kamchiliklarga tuzatishlar kiritadi.
Spartakiada o'tkazishda musobaqani puxta tayyorlash uchun tashkiliy komitet tuziladi, musobaqa
o'tkazayotgan mahalliy tashkilot vakillari jalb qilinadi. Tashkiliy komitet xo'jalik, madaniy-maishiy,
medisina va mandat komissiyalarini tuzadi. Bu komissiyalarga tashkiliy komitet a'zolari boshchilik
qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |