O'QUV-SPORT ISHLARINI HISOBGA OLISH
Suzish bo'yicha o'quv-sport ishlarn o'quv-Mashg'ulot jarayoni va shug'ullanuvchilarning texnik
tayyorgarligining hamma bo'limlari bo'yicha muntazam hisobga olib borilishi zarur. Hisobga olish
sodda, ko'rgazmali va imkoni boricha qisqa yozilgan hujjatlarda aks etishi kerak.
Hisobga olish dastlabki, kundalik va yillik bo'ladi.
Dastlabki hisobga olish Har bir yangi o'quv yili boshlanishida, o'quv va sport gruppalariga qabul
qilishda qo'llaniladi.
Dastlabki hisobga olishga quyidagilar kiradi:
Shug'ullanuvchilar haqida umumiy ma'lumot-ismi va familiyasi, jinsi, tug'ilgan yili va oyi,
millati, ijtimoiy ahvoli, partiyaviyligi, ish yoki o'qish joyi, lavozimi, kasaba soyuzga a'zoligi, KSJ yoki
biron-bir sport kollektiviga a'zoligi, fizkultura bilan shug'ullanish staji, suzish bilan shug'ullanish
staji,Uy adresi va telefon nomeri.
Shug'ullanuvchilarning suzishga bo'lgan tayyorgarligiga xarakteristika, sportcha suzish
texnikasini egallash darajasi va sport razryadi, sportda qo'lga kyritgan shaxsiy yutuqlari va boshqalar.
Shug'ullanuvchilarning jismoniy rivojlanishi va sog'lig'ining umumiy holati haqida
xarakteristika-og'irligi, bo'yi, ko'krak qafasining kengligi, spirometriya, gavda kuchi, ko'l kuchi, qon
bosimi, puls va boshqalar haqida vrach xulosasi.
Dastlabki hisobga olingan ma'lumotlar, razryadchi-sportchining shaxsiy kartochkasi, mashg'ulot
jurnali va medisina ko'rigi kartochkasiga yoziladi.
Kundalik hisobga olish. Kundalik hisobga olishda o'quv rejaining bajarilishi, o'quv-Mashg'ulot
jarayonining holati, shug'ullanuvchilar texnik mahoratining o'sishi, sog'lng'i va jismoniy rivojlanishi
nazoratqilib boriladi.
Kundalik hisobga olishga quyidagilar kiradi: shug'ullanuvchilarni yo'qlama qilish, o'sha kungi
darsning qisqacha mazmunini yozish, dars sifatini oshirysh uchun ko'rsatma va takliflar yozish,
texnikani o'rganish va takomillashtirganligi uchun baho qo'yish.
Kundalik hisobga olingan ma'lumotlar mashg'ulotlarni hisobga olish jurnaliga, razryadchi-
sportchining shaxsiy kartochkasiga va medisina ko'rigi kartochkasiga yozib boriladi.
Individual Mashg'ulot o'tkazishda kundalik hisobga olish, individual topshiriqlar va ularni
bajarishdan olingan natijalar, shuningdek, o'z-o'zini nazorat qilish bo'yicha olingan ma'lumotlar ham
kundalik hisobga olishga kiritiladi. Bu qo'shimcha ma'lumotlar ham shug'ullanuvchi va murabbiy
kundaligiga yoziladi.
Yakuniy hisobga olish aniq muddatda (oy, kvartal, yarim yil, bir yilda) bajarilgan ishlar
natijasini ko'rsatadi, qo'llanilayotgan vositalar, o'rgatish metodlari va sport Mashg'ulotsining to'g'riligi
qayd etiladi.
65
Utkazilgan o'quv-Mashg'ulot mashg'ulotlarining soni va sifati, suzish texnikasini o'zlashtirish
sifati, sport-texnika natijalarining o'sishi, razryad normalari, sport musobaqalarida seksiyaning (gruppa
va hokazolarning) qatnashish natijasi, jismoniy rivojlanish va shug'ullanuvchilarning sog'lig'i yakuniy
hisobga olishda ro'yxatdan o'tkaziladi.
Bu ko'rsatkichlar hisobga olish hujjatlarida aks etadi va undan keyingi yilda Mashg'ulot
jarayonini rejalashtirishda hamda umumiy yakuniy hisobotni yozishda foydalaniladi.
Hisobga olishning asosiy hujjatlari. Suzish bo'yicha o'quv-sport ishlarini hisobga olishning
asosiy hujjatlari quyidagilar: shug'ullanuvchilarning arizasi va anketasi, razryadchi-sportchyning
shaxsiy hisobga olish kartochkasi, mashrulotni hisobga olish jurnaly va medisina ko'rigi kartochkasi.
Hisobga olish hujjatlarini aniq, to'lik va o'z vaqtida to'ldirib borish zarur. Faqat shunday
qilingandagina hisobga olingan ma'lumotlarni to'g'ri tahlil qilish va keyingi o'quv-Mashg'ulot
jarayonini tashkil qilish mumkin bo'ladi.
Ariza-anketa gruppaga qabul qilish uchun iltimosnomadan tashqari shug'ullanuvchi to'g'risida
umumiy ma'lumotlar beradi (dastlabki hisobga olish bo'limiga qaralsin). U shu sport turi bo'yicha
shug'ullanuvchi tayyorgarligiga xarakteristika (buni o'qituvchi kontrol-tekshirish yoki oldingi yil
ma'Lumotlariga asoslanib beradi), jismoniy rivojlanish va shug'ullanuvchi sog'lig'ining umumiy
holatiga xarakteristika (to'liq medisina spravkasiga asoslanadi) bo'lib xizmat qiladi.
Sportchining shaxsiy hisobga olish kartochkasi hujjat hisoblanadi. Shunga asosan klassifikasiya
bileti va razryadchi nishoni beriladi. U suzuvchi sport-texnik natijalarining o'sib borishini hisobga olib
borishga xizmat qiladi. Kartochkaning bir nusxasi sport razryadi beradigan komitetda, boshqasi shunga
muvofiq fizkultura kollektivida yoki KSJ da saqlanadi.
Mashg'ulotni hisobga olish jurnali asosiy hujjat bo'lib, unda o'quv-sport ishlari o'z vaqtida
muntazam hisobga olib boriladi (ma'lum shug'ullanuvchilar gruppasida).
Medisina ko'rigi kartochkasini joriy qilingan formada vrach to'ldiradi va o'z kabinetida saqlaydi.
Ayrim ma'lumotlar dars jurnaliga ham ko'chiriladi va vrachdan tasdiqlatiladi.
Individual Mashg'ulot mashg'ulotlarini hisobga olish Har kungi, Har bir o'quv-Mashg'ulot
mashg'ulotining mazmuni va natijalarini murabbiy jurnali va shug'ullanuvchi kundaligiga yozib borish
bilan amalga oshiriladi.
Murabbiy jurnali-oddiy umumiy daftar yoki idora kitobi. Jurnaldan Har bir suzuvchiga (o'quv
yili uchun) yil davomidagi mashqlar kuzatuvini yozib borish uchun zarur miqdorda vao'rtlar ajratiladi.
Uning birinchi betida shug'ullanuvchining dastlabki hisobga olish ma'lumotlari aks etadi. Ikkinchi
betiga sportchining musobaqalarda qatnashish reja-kalendari yoziladi: sportning nomi, musobaqa
o'tkazish kuni va joyi, shuningdek suzish masofalari ko'rsatilgan natija va egallangan o'rni belgilanadi.
Individual Mashg'ulot rejai va Mashg'ulot mashg'ulotlari davrining sxemasi, yeportchining shaxsiy
rekordlari va o'quv yili davomida o'sib boruvchi natijalarini hisobga olish, Mashg'ulot vazifalarining
bajarilishi, pedagogik kuzatishlar, murabbiyning fikr-mulohazalari qolgan betlardan o'rin oladi.
Sportchi kundaligi murabbiyga mashg'ulot samarasini tekshirishga yordam beradi,
shug'ullanuvchini trenirovkani to'g'ri tashkil etishga o'rgatadi. Murabbiy shug'ullanuvchilarga
kundalikni muntazam to'ldirib borishning ahamiyatini tushuntirishi kerak. U haftada bir marta
kundalik to'g'ri to'ldirilayotganligi hamda mashg'ulotlar o'z vaqtida yozib borilayotganini tekshirib
turishi kerak. Murabbiy mashg'ulotlarni tuzish paytida kundalikdan foydalanishi mumkin.
Sportchi kundaligining formasi murabbiy jurnaliga o'xshash bo'ladi. Birinchi betga murabbiy va
sportchining familiyasi, shu yilning yanvarigacha, ya'ni o'tgan yilda erishilgan yutuqlari yoziladi.
Ikkinchi va beshinchi betlar murabbiy jurnalidek to'ldiriladi. Qeyingi betlarga Mashg'ulot
mashg'ulotlarining mazmuni, o'z-o'zini nazorat qilish, Mashg'ulot jarayonidagi sportchining shaxsiy
kayfiyati, kontrol suzish va musobaqalar haqidagi ma'lumotlar yozib boriladi.
Kundalikning oxirgi betidan sportchi shu yilda erishgan natijalarning tahlili va tegishli xulosalar
o'rin oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |