REJALASHTIRISH
Suznsh bo'nicha o'kuv-Mashg'ulot jarasshshi rejalashtirish deyilganda butui o'quv materiallarini
izchil taqsimlash tushuniladi. Rejalashtirishda nazariy va amaliy darslar uchun zarur hujjatlar tuziladi.
Quyi fizkultura kollektivlari va ko'ngilli sport jamiyatlari, bolalar va yoshlar sport maktablari, oliy
o'quv yurtlari va hokazolar o'quv-Mashg'ulot jarayonini dast-labki rejalashtirish hujjatlari davlat
dastursi va musobaqa tadbirlarining kalendaridan iborat bo'ladi. Dastur shug'ullanuvchilar ma'lum
gruppasi uchun o'quv-Mashg'ulot darsini uyushtirish formasi, maqsadi, asosiy vazifalari, o'quv
materialining hajmi va mazmunini belgilaydi.
Dasturning tushuntirish qismida shug'ullanuvchilar miqdori (kontingent) va ularni o'qitish
muddati belgilanadi: o'quv-Mashg'ulot jarayonining maqsadi va bo'limlarning vazifalari; o'quv-
Mashg'ulot mashg'u-lotini uyushtirish formasi; dastlabki va yakuniy normativlar. Bundan tashqari
tushuntirish qismida tashkiliy-uslubiy ko'rsatmalar beriladi.
O'quv rejaiga ko'ra dastur nazariy va amaliy qismlarga bo'linadi, ularning hajmi va mazmuni
bayon etiladi, material semestrlarga (chorak, kvartallarga) taqsimlanadi. Rejada nazariy temalar va
asosiy mashqlar o'tiladigan gruppalar ko'rsatiladi. Ularni o'tish uchun zarur soatlar belgilanadi. Asosiy
mashqlar gruppasi mashg'ulotlari qiyinligi ortib borishi hisobga olinib, mashg'ulotlar tartib bilan
mukammal yoziladi, shuningdek Har bir mashqlar gruppasi bo'yicha norma talablari ko'rsatiladi.
Suzish bo'yicha o'quv-sport ishlarini rejalashtirishda joylarda konkret sharoitni hisobga olib,
programmani biroz o'zgartirish mumkin. Lekin kiritilgan o'zgarishlar dastur mazmuniga salbiy ta'sir
etmasligi kerak.
Mashg'ulot yig'inlarini (sborlarni) o'tkazish va sport masterlari hamda I razryadln sportchilar
bilan ishlash bo'yicha aniq davlat rejai yo'q. Shuning uchun ham bu ishlar sportchilarning shaxsiy
xususiyatlarini hisobga olgan holda maxsus ishlab chiqilgan programma asosida olib boriladi. Yig'inlar
(sborlar) programmasi konkret maqsad-vazifalar asosida, ularning murakkabligiga qarab tuziladi.
Dasturning nazariy qismida sportcha suzish texnikasi, kuchli sovet hamda xorijiy
suzuvchilarning sport Mashg'ulotsini tahlil qylishga alohida e'tibor beriladi. Amaliy qismnda esa
suzish sportining tanlangan turi bo'yicha mashqlar va umumiy hamda maxsus tayyorgarlikni oshirishga
yordam beradigan maxsus jismoniy mashqlar asosiy o'rinni egallaydi.
Sport tadbirlarining kalendari yuqori sport tashkilotlarining tadbirlar kalendari asosida seksiyalar
(federasiyalar) tomonidan tuziladi. Bunda o'quv-sport ishlarining vazifalari va mahalliy sharoit hisobga
olinadi. Kalendar Mashg'ulot jarayonini rejalashtirish, uni davrlarga bo'lish va sportchilarni
mas'uliyatli musobaqalarga tayyorlash muddatini belgilaydi.
O'quv materialini o'tish grafigi dastur va sport tadbirlari kalendariga asosan tuziladi. Unda
programma nazarda tutilgan hajmdagi nazariy va amaliy o'quv materialining o'tish izchilligi va
muddati belgilab qo'yiladi. Shuningdek, grafikda o'quv-Mashg'ulot jarayoni davrlarining davom etish
vaqti va muddati, sport tadbirlarini o'tkazish kunlari.
Tematik ish rejai dastur va o'quv materialini o'tish grafigi asosida tuziladi. Dastur materiali
darslarga taqsimlanadi, Har bir dars tematikasi konkretlashtiriladi, nazariy va amaliy darslarning
mazmuni belgilanadi. Ish rejai bir oy, kvartal, chorak yoki ssmestrga mo'ljallanadi.
Agar nazariy yoki amaliy tayyorgarlnk darslari hovuzdan tashqarida o'tkaziladigan bo'lsa, unda
«Dars mazmuni» grafasiga darsni o'tish joyi (auditoriya, gimnastika zali, stadion, chang'i yoki eshkak
eshish baza-si va boshqalar), dars turi va mazmuni yozib qo'yiladi.
Darsning reja-konspekti nsh rejanga asosan, shug'ullanuvchilarning o'tilgan materiallarni
o'zlashtirishiga qarab tuziladi. Dars reja-konspektida nazariy va amaliy darslar mazmuni
konkretlashtiriladi, o'quv materialinn o'tish tartibi va mashqlar me'yori (dozasi) belgilanadi. Darsning
reja-konspektini tuzishdan oldin shu darsda ko'riladngan kopkret vazifalar aniqlanishi kerak. Shundan
so'ng asosiy qismi uchun mashqlar tanlanadi. Tayyorgarlik va yakuniy qismlarning mazmuni asosiy
qismga muvofiq tuziladi. Mashqlar me'yori (dozasi) masofa uzunligi, mashq bajarish uchun
64
sarflanadigan vaqt va sur'atga ko'ra apiqlanadi. Darsning vazifasi, mazmuni va mashqlar izchilligi
aniqlangandan so'ng ayrim mashqlarni o'tkazish bo'yicha asosiy tashkiliy-uslubiy ko'rsatmalar shupga
muvofiq grafaga yoziladi
Do'stlaringiz bilan baham: |