61
xisobiga asos tarkibidagi suvni o‗zigi shimib olish uchun qo‗shiladi. O‗zidan moysimon dog‗
qoldirmaydi. Kislota soni 2 dan katta emas. U Suvda ham spirtda ham erimaydi. Qaynoq 95%
spirt, efir va xloroformda eriydi.
Mum (Cera) – asalari mumi qo‗ng‗ir-sariq (Cera flava) yoki oq, oqish rangli (Cera alba)
63-65
0
S haroratda suyuqlanadigan donsimon massa. Oq mum sariq mumni quyosh nurlari
ta‘sirida oqartirish bilan olinadi. Sariq mumning kislota soni 17-20,5 oralig‗ida, oq mumniki esa
18,7-22,4 oralig‗ida bo‗lishi kerak. Suv va spirtda erimaydi. Qaynoq spirt, efir va xloroformda,
yog‗ va efir moylarida qisman eriydi. Alohida o‗zi surtmalar texnologiyasida asos sifatida
ishlatilmaydi, asosan asoslarga etarli zichlik va qovushqoqlikni berishda ishlatiladi. Kimyoviy
agentlarga nisbatan turg‗un.
Uglevodorodli asoslar. Bu asoslar surtmalar texnologiyasida alohida asos sifatida yoki
quyida keltirilgan shu guruhdagi asosiy asoslar bilan birgalikda ishlatiladi: vazelin, petrolatum,
parafin, serezin,
vazelin moyi, sun‘iy vazelin va naftalin nefti.
Vazelin (Vaselinum) – suyuq, yarim suyuq va qattiq, tarkibi 7 tadan 35 tagacha uglerod
atomini saqlagan uglevodorodlar aralashmasi bo‗lib, umumiy tarkibning 20-50% yon zanjirida
mikrokristallik uglevodorodlarni saqlaydigan izoparafinlar, siklik parafinlar va alifatik
birikmalardan, 10% esa normal parafinlardan iborat. Vazelinning qattiq strukturali elementlari
uglevodorodlarni suyuq fraksiyalarini ushlab qoluvchi uch qavatli to‗rdan iborat. Vazelin tashqi
ko‗rinishi bilan bir jinsli, ipsimon cho‗ziluvchan, gel hosil qiluvchi massa bo‗lib, hidsiz, oq
rangli (Vaselinum album) yoki sariq rangli (Vaselinum flavum), 37-50
0
S haroratda suyuqlanadi.
Buyum oynachasiga surtib ko‗rilganda bir xil qalinlikdagi tekis plenkani xosil qiladi. Xar ikki
vazelin xam farmatsevtik va tibbiy nuqtai nazaridan bir xil.
Qattiq parafin (Paraffinum solidum) – oq rangli kristall massa bo‗lib, yuqori molekulali
uglevodorodlardan tashkil topgan. 50-57
0
S haroratda suyuqlanadi. Suvda va spirtda erimaydi,
efir, xloroform, yog‗lar va efir moylarida oson eriydi. Asoslarga ularni konsistensiyasini
mustaxkamlash va suyuqlanish haroratini ko‗tarish uchun 10% gacha qo‗shiladi.
Serezin (Ceresinum) – rafinirlangan ozokerit bo‗lib, amorf, rangsiz, mo‗rt massa. 68-72
0
S
haroratda suyuqlanadi. Tarkibida yuqori molekulali uglevodorodlar yoki ikki, uch siklik
naftenlar saqlaydi. Parafinga nisbatan mustahkamlash xossasi yuqori biroq kristall bo‗lmagan
qotishmalar xosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: