Termiz davlat universiteti tarix fakulteti falsafa kafedrasi dinshunoslik



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/335
Sana31.12.2021
Hajmi3,05 Mb.
#250854
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   335
Bog'liq
dinshunoslik

Milliy  taraqqiyot  va  islom.  Islom  dinining  O‘rta  Osiyoga  kirib  kelishi  va 
tarqalishi  bevosita  arab  yurishlari  bilan  bog‘liq.  Movarounnahrga  birinchilardan 
bo‘lib  kirgan  xalifa  Muoviyaning  Xurosondagi  voliysi  Abu  Usmon  Said  ibn 
Usmon  ibn  Affon  (vaf.  675  yildan  keyin)  va  Muhammad  payg‘ambar 
amakivachchalaridan bo‘lgan Abu Ja’far Qusam ibn Abbos bo‘lganlar. 
Said  ibn  Usmon  umaviy  xalifa  Muoviya  ibn  Abu  Sufyonning  Xurosonga 
tayinlagan  voliysi  bo‘lib,  u  Samarqandga  qilingan  yurishda  qo‘shinga  rahbarlik 
qildi.  Abu  Ja’far  Qusam  ibn  Abbos  (vaf.  676  y.)  Samarqandga  qilingan  yurish 
davrida  Said  ibn  Usmon  yonida  bo‘lgan.  Uning  maqbarasi  yonida  Qusam  ibn 
Abbos  madrasasiga  asos  solindi  va  bu  madrasa  keyinchalik  muhim  hadis 
markazlaridan biriga aylandi. 
VIII  asrning  birinchi  yarmida  Movarounnahrda  islom  ilmlarining  yoyilishi 
xurosonlik  ulamolar  tomonidan  amalga  oshirilgan  bo‘lsa,  shu  asrning  ikkinchi 
yarmiga kelib mahalliy ulamolar ham etishib chiqa boshladilar. Abu Muqotil Hafs 
ibn  Salm  Fazoriy  Samarqandiy  (vaf.  823  y.)  mintaqa  hadis  maktabining 
shakllanishi  va  taraqqiy  etishida  o‘zining  munosib  hissasini  qo‘shgan  mahalliy 
olimlardan edi. U sulolaviy muhaddislar oilasining boshlig‘i sifatida ma’lum. 
Hadislarni  saralash  bo‘yicha  Movarounnahr  muhaddislari  islom  olamida 
etakchi o‘rinni egalladilar. Imom Buxoriy, Imom Termiziy kabi barchaga ma’lum 
muhaddislar  bunga  yaqqol  misoldirlar.  Ammo  hadis  ilmining  boshlang‘ich  davri 


66 
 
uchun  ilk  davr  muhaddislaridan  Abu  Muoz  Xolid  ibn  Sulaymon  Balxiy,  Abu 
Muhammad  Abdulloh ibn Muborak  Marvaziy, Abu Muti  Balxiy  kabi  olimlarning 
xizmatlari  beqiyosdir.  Manbalarda  qayd  etilishicha,  VIII-XII  asrlar  mobaynida 
Movarounnahrda  3000  dan  ortiq  ko‘zga  ko‘ringan  muhaddislar  yashab,  faoliyat 
yuritganlar. Ulardan 1000 dan ko‘prog‘i Samarqandda, 600 dan ortig‘i Buxoroda 
yashagan  bo‘lsalar,  shulardan  400  dan  ziyodining  hayoti  Nasaf  shahri  bilan 
bog‘liq. Qolgan 1000 muhaddisdan 70 dan ko‘prog‘i SHoshda, 60 tasi Farg‘onada, 
yana shunchasi Keshda, 50 dan ziyodrog‘i Termizda, 40 dan ortig‘i Xorazmda, shu 
bilan  birga  Usrushana,  Dabusiya,  Kushoniya  va  boshqa  mahalliy  mintaqalarda 
faoliyat  olib  borganlar.  Movarounnahrda  rivoyat  qilingan  hadislar  asosan  xalq 
orasida  odob-axloq,  ota-onaga  hurmat,  insonparvarlik  va  xolislik  kabi  xislatlarni 
tarbiyalovchi boy ma’naviy manba vazifasini bajargan. 
Mintaqada ijtimoiy fikr shakllanishida muhim rol o‘ynagan yana bir harakat 
kalom  ilmi  bilan  bog‘liq.  Moturidiya  kalom  maktabining  vujudga  kelishida 
Samarqand  ulamolar  muhiti  katta  rol  o‘ynadi.  Bu  davrda  Movarounnahr  siyosiy 
markazi arablar ta’siri ostida shakllangan Buxoro shahri bo‘lsa ham madaniy va 
iqtisodiy hayotda So‘g‘diyonaning qadimgi poytaxti hali salmokli o‘rin tutar edi. 
Milliy qadriyatlarni, jumladan, ilohiyot sohasida  eski  an’analarni  ko‘proq  saqlab 
qolgan  Samarqand  madaniy  muhitida  yangi  ta’limotning  vujudga  kelishi  bejiz 
emas edi. Bu ta’limot keyinchalik Samarqanddan butun islom olamiga tarqalib, ahl 
as-sunnaning Ash’ariya bilan bir qatorda ikki ilohiyot maktabidan biriga aylandi. 
Movarounnahr  hududlarida  islomning  ilk  davrlarida  ratsionalizm  keng 
tarqalganligi haqida guvohlik beradi. O‘lkada tabiiyot (Muhammad ibn Muso al-
Xorazmiy,  Abu  Rayhon  al-Beruniy)  va  falsafa  (Abu  Nasr  al-Forobiy,  Ibn  Sino) 
ilmlari  bilan  bir  qatorda  ratsionalistik  diniy  ilmlar  ham  rivojlandi.  Mu’taziliylar, 
ismoiliylar, ilk sufiylar (al-Hakim at-Termiziy) madaniy hayot tarixida chuqur iz 
qoldirdilar. 
Buxoro  va  Samarqanddagi  mahalliy  hanafiy  jamoalari  XI  asrning 
o‘rtasigacha avtonom faoliyat yuritar edi. XI asrning ikkinchi yarmidan boshlab, 
Movarounnahrning  ikki  mustaqil  hanafiy  markazlari  an’analarining  birlashish 
jarayoni boshlanadi.  XI asr boshida Buxoro  jamoalari  etakchilarining birlashishi 
natijasida  ulamo  instituti  paydo  bo‘ladi.  U  «Shams  al-aimma»  («Imomlar 
quyoshi»)  deb  nomlanadi.  Bu  nomlanish  qoraxoniylarning  «Shams  al-mulk» 
(«davlat  quyoshi»)siga  zid  ravishda  berildi.  Shams  al-aimma  aholi  ichida  diniy 
qonun bilimdoni sifatida yuqori obro‘ga ega edi, ko‘p sonli shogirdlarga ega edi.  
Hanafiy  faqihlar  shahar  ahlining  turli  qatlamlari  bilan  mustahkam  aloqada 
bo‘lib,  o‘z  diniy-ijtimoiy  faoliyatlarida  ularning  manfaatlarini  aks  ettirar  edilar. 


67 
 
Shams  al-aimma  al-Halvoiy,  Shams  al-aimma  as-Saraxsiy,  Abu  Zayd  ad-
Dabusiy,  Faxr  al-islom  al-Pazdaviy,  as-Sadr  ash-Shahid,  Abu  Hafs  an-Nasafiy, 
Mahmud az-3amaxshariy, Alouddin as-Samarqandiy, al-Mutarriziy, Burhonuddin 
al-Buxoriy,  Faxruddin  Qodixon,  Burhonuddin  al-Marg‘inoniyning  fiqh 
metodologiyasi,  fiqhning  amaliy  masalalari,  hadis,  aqoid,  filologiya,  tafsir  va 
boshqa  sohalarda  yaratgan  yuzlab  asarlar  nomlarini  keltirish  kifoya.  Mazkur 
asarlar  orqali  O‘rta  Osiyoning  boy  madaniy  an’analari,  diniy  tajribasi,  huquqiy 
tasavvurlari  islom  tamadduni  doirasiga  kiritildi.  Bu  bilan  islomning  to‘laqonli, 
o‘z-o‘ziga  etarli,  mukammal  mintaqaviy  shakliga  asos  solindi.  Unda 
umumislomiy  va  mahalliy  elementlar  orasidagi  munosabatda  hamohanglik, 
mutanosiblikka  erishib  borildi.  Movarounnahrlik  olimlar  o‘z  ilmiy  izlanishlari 
natijasida yuzaga kelgan asarlari bilan diniy va dunyoviy ilmlarning rivojlanishida 
muhim rol o‘ynaganlar.  
Temuriy  Shohruh  (1405-1447  yillar)  davrida  diniy  ta’lim  tizimining 
yangiliklar kiritildi. Mazkur tizim ba’zi kichik tafsilotlarni hisobga olmaganda, to 
XX  asr  boshlarigacha  o‘zgarmay  keldi.  Movarounnahr  va  Xuroson  ulamolari 
yaratgan  asar-darsliklar  uning  negizini  tashkil  etdi.  Bu  erda  moturidiya-ashariya 
ta’limotlari,  hanafiy  fiqhi,  ahl  al-hadis  to‘plamlari,  arab  filologiyasi,  mantiq 
bo‘yicha darsliklar asosiy o‘rinda turar edi. 
Uzoq  asrlar  rivojlanish  jarayonida  mintaqada  islom  dini  milliy  madaniyat 
bilan chambarchas bog‘lanib ketdi. Natijada O‘rta Osiyo sivilizatsiyasi doirasida 
islomning  to‘laqonli,  o‘ziga  xos,  har  taraflama  boy  shakli  vujudga  keldi.  Unda 
umumislomiy  unsurlar  bilan  birgalikda  mintaqaviy  milliy  xususiyatlar  ham 
mavjud.  Yuksak  darajada  tayyorgarlikka  ega  mahalliy  ulamolar  asrlar  osha 
mazkur  nazariy  va  amaliy  bilimlar  xazinasini  saqlab  keldilar  va  uni  o‘zgargan 
davrga  moslab  turdilar.  Bu  ulamolar  muhiti  -  mintaqaviy  islomning  muhim 
tashkil etuvchi qismidir.  
 

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   335




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish