Termiz davlat universiteti tarix fakulteti falsafa kafedrasi dinshunoslik



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/335
Sana31.12.2021
Hajmi3,05 Mb.
#250854
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   335
Bog'liq
dinshunoslik

 
4-MAVZU. ISLOM TA’LIMOTI ASOSLARI 
 
REJA: 
1.  Kalom ilmi. Kalom maktabi vakillari 
2.  Moturidiylik va ash’ariylik. 
3.  Islomda imon masalasi. 
 
Tayanch  tushunchalar:  Aqida,  kalom,  moturidiylik,  ash’ariylik,  imon, 
Alloh, farishta, payg‘ambar, taqdir, qiyomat, jannat, do‘zax. 
 
Mavzu  o‘quv  maqsadi:  Talabalarda  islom  kalom  (aqidA)  ilmi,  mavzusi, 
mohiyati, imon va uning shartlari, ba’zi tushunchalar, kalom ilmi maktabi vakillari 
haqida ma’lumot berish.  
 
1.  Kalom  ilmi.  «Kalom»  so‘zi  arab  tilida  gap,  suhbat,  til,  so‘zlashuv,  nutq 
va  bayon  ma’nolarini  anglatadi.  Istilohiy  ma’noda  esa,  musulmon  kishining 
e’tiqodi,  aqidasi  va  dunyoqarashini  belgilab  beradigan  ta’limotga  aytiladi. 
Boshqacha  aytganda,  balog‘atga  etgan  kishining  e’tiqodi,  imon  keltirishi,  islom 
dinining  talablari  shaklida  tasdiqlashi  shar’iy  e’tiqodiy  hukmlarga  aytiladi.  Islom 
ta’limoti  bo‘yicha  barcha  payg‘ambarlarning  Allohga  imon  keltirishga  da’vatlari 
eng  asosiy  vazifalari  deb  qaralgan.  Shunday  bo‘lsa-da,  ularning  tutgan  shariat 
yo‘llari  turlicha bo‘lganini alohida ta’kidlash kerak. 
Islom  ta’limotini  Muhammad  (alayhis-salom)dan  bevosita  sahobiylar 
o‘rganib,  o‘zlaridan  keyingi  tobeiylarga  etkazishgan.  O‘z  navbatida  ular  ham 
o‘zlaridan  keyingilarga  etkazgan.  SHu  tariqa  islom  ta’limoti  sof  holda  hozirgi 


70 
 
kungacha  etib  kelgan.  Biroq  tarix  mobaynida  odamlar  mavjud  diniy  matnlarni 
turlicha  talqin  qilishlari  natijasida  turli  oqimlar  va  toifalar  paydo  bo‘lganini 
ko‘ramiz.  Ayni  din  masalasida  yuzaga  kelgan  noto‘g‘ri  tasavvur  va  tushunchalar 
xato ekanini ko‘rsatib beradigan olimlar ham paydo bo‘lib, ular islom ta’limotini 
to‘g‘ri tushuntirib beradigan fanga asos soldilar. Mazkur fanni turli davrlarda «al-
fiqh al-akbar», «tavhid», «aqida», «kalom», «usul ad-din» kabi bir qancha nomlar 
bilan  ataldi.  SHundan  ma’lum  bo‘ladiki,  nomlar  turlicha  bo‘lsa-da,  ularning 
hammasi bir mavzuni, ya’ni aqida ilmini o‘rganish va tadqiq etishga qaratilgan.  
«Al-Fiqh al-akbar» atamasini birinchi bo‘lib imom Abu Hanifa qo‘llab, ayni 
shu  mavzuga  bag‘ishlab  bir  risola  yozadi.  Chunonchi,  «fiqh»  so‘zi  biror  narsani 
har  tomonlama  o‘rganib,  uning  daqiq  qirralarigacha  fahmlab  etish  ma’nosini 
bildiradi.  SHuningdek,  namoz,  ro‘za,  haj,  nikoh  va  boshqa  amaliy  hukmlarni 
o‘rganuvchi  ilmni  ham  fiqh  deb  ataladi.  Shuning  uchun  aqidaviy  masalalarni 
o‘rganuvchi ilmni «Al-Fiqh al-akbar», ya’ni «katta fiqh», amaliy fiqh ni esa kichik 
fiqh deb yuritiladigan bo‘lgan. YAna bir «usul ad-din»da shariat va dindan olingan 
e’tiqodiy  hukmlarni  o‘rganilib,  dindagi  asl  hukmlarni  tadqiq  etiladi.  Bir  qator 
olimlar  shu  nom  ostida  o‘z  kitoblarni  ta’lif  etganlar.  «Tavhid»  ilmida  Allohning 
yagonaligini va Uning sifatlarini o‘rganishga e’tibor beriladi. Bu ilm asosida Alloh 
taoloni yakkayu yagona deb bilib, Uning sifatlarini sharhlab tushuntirishga ko‘proq 
ahamiyat  beriladi.  Zero,  musulmon  kishi  aqida  borasida  o‘ziga  zarur  bo‘lgan 
dastlabki bilimga ega bo‘lishi kerak. Bu dastlabki ilm Alloh taoloning vahdoniyati, 
ya’ni  yakkayu  yagonaligiga  imon  keltirish  va  uni  o‘rganishdan  iborat.  YAna  bu 
atama «kalom ilmi» deb yuritiladi. Islom diniga oid manbalarda uni aqida ilmining 
eng mashhur nomlaridan biri sifatida keltiriladi. 
Islom  ta’limotini  o‘rganishda  eng  ko‘p  qo‘llangan  atama  «aqida»  (ko‘p. 
aqoid)  bo‘lib,  bu  nom  boshqalaridan  keyinroq,  X  asrda  paydo  bo‘lgan.  «Aqida» 
so‘zi bir narsani ikkinchisiga «mahkam bog‘lash» ma’nosini beradi. Islom aqidasi 
musulmon  kishini  muayyan  tushunchalar  bilan  mustahkam  bog‘lab  turadigan 
aqidalar yig‘indisi hisoblanadi. YA’ni, biror narsaga e’tiqod qilish uchun uni hech 
qanday  shubha  qoldirmaydigan  darajada  juda  yaxshi  bilish  kerak.  Muayyan  bir 
fikrni  inson  fikriga  aylanib,  his-tuyg‘ulari  va  xatti-harakatlarini  boshqaradigan 
holga etgandagina aqidaga aylangan, deb tan olinadi. Aqida ilmi to‘g‘ri, sog‘lom 
va sof e’tiqodda bo‘lishni ta’minlashga qaratilgan. Dindagi ayrim shar’iy hukmlar 
makon  va  zamon  taqozosiga  ko‘ra,  muayyan  darajada  o‘zgarishga  uchrashi 
mumkin. Ammo musulmon olimlar o‘z asarlarida sof va mustahkam e’tiqod hech 
qachon  o‘zgarishga  uchramasligini  ta’kidlab  o‘tganlar.  CHunonchi,  Alloh 
taoloning  yakkayu  yagonaligi,  farishtalar,  jannat  va  do‘zaxga  imon  keltirish  kabi 


71 
 
e’tiqodga oid qarashlar zamon va makonga qarab hech qachon o‘zgarmaydi. Inson 
aqidasi to‘g‘ri bo‘lmasa uning insoniy fazilatlari ham to‘g‘ri hisoblanmaydi. SHu 
nuqtai  nazardan  aytish  kerakki,  musulmon  kishining  tutgan  aqidasi  pok  bo‘lsa, 
uning  tutgan  yo‘li  ham  to‘g‘ri  bo‘ladi,  qilgan  barcha  amallari  ijobat  bo‘ladi  va 
bandalik tufayli sodir etgan ba’zi gunohlari afv etiladi. Biroq kishining aqidasi sof 
bo‘lmasa,  unda  biron  xatolik  bo‘lsa,  tutgan  yo‘li  ham  noto‘g‘ri  bo‘ladi,  hayot 
davomida qilgan amallari behuda ketadi. Aqida ilmi islom dinining asosini tashkil 
etadi. SHu bois ham So‘fi Allohyor:  
Aqida bilmagan shaytona eldur,  
Agar  ming  yil  amal  deb  qilsa, eldur!  -deb, bu  ilmning  ahamiyatiga  alohida 
ishora qilgan edi.  
Ushbu  hikmatli  bayt  bugungi  kungacha  o‘z  qadrini  saqlab  kelmoqda. 
E’tiqodi  buzuq  kishilar  tarixda  ham,  hozirda  ham  shaytonga  el  bo‘lib,  unga 
ergashib,  uning  izmida  yurishda  davom  etmoqda.  Ular  o‘zlarining  adashgani 
etmaganidek, boshqalarning e’tiqodlarini izdan chiqarishi o‘ta xatarlidir. 
Aqida  mavzusi  o‘ta  hassos  bo‘lganidan  er  yuzidagi  eng  birinchi 
payg‘ambardan  boshlab,  oxirgi  Muhammad  payg‘ambar  (alayhis-salom)gacha 
Alloh toloning O‘zi e’tiqodiy masalalar bo‘yicha ko‘rsatmalarini bergan. Shuning 
uchun aqidaviy qarashlarning asosi Qur’oni karim va hadisi shariflarda keltirilgan 
va muayyan tartibga solingan. Sahobiylarning tiriklik paytidayoq odamlar o‘rtasida 
aqidaviy  qarama-qarshilik  va  kelishmovchiliklar  yuzaga  kelganini  ko‘rish  qiyin 
emas.  Islom  dinida  aqidaviy  ixtiloflar  to‘rtinchi  xulafoi  roshidin  Alining 
qo‘shinidan ajrab chiqqan, aqida masalasida bir necha shubhali savollarni o‘rtaga 
tashlagan  xorijiylar  tufayli  boshlandi.  Ular  Hazrati  Ali  va  Abdulloh  ibn  Abbos 
(r.a.) bilan aqida masalasida ixtilofga borishdi.  
Sahobiylar  davri  tugaganidan  keyin  tobeiylar  davriga  kelib  vaziyat  yanada 
keskin tus oldi. Chunki bu davrda din ilmlarini, ayniqsa, aqidani biluvchi kishilar 
oldingiga  nisbatan  ancha  kamayib,  sof  aqidaviy  qarashlarga  qarshi  turli  botil 
g‘oyalarni  ilgari  surgan  firqa  va  toifalarning  tarqalishi  avj  oldi.  Ular  o‘zlarining 
islomga  yot  bo‘lgan  fikr  va  qarashlari,  e’tiqodlarini  ommaga  tarqatib,  to‘g‘ri 
aqidani  noto‘g‘ri  talqin  qilish  yo‘lidan  bordilar.  SHuningdek,  yangi  egallangan 
yurtlardagi  xalqlarning  islomdan  oldingi  diniy  qarashlari  va  falsafalari,  o‘z 
tushunchalari  va  tafakkur  yo‘llari  mavjud  bo‘lgan.  SHu  sababdan  ularning  islom 
ta’limotini tushunib olishlari juda qiyin kechganiga tarixiy dalillar guvohlik beradi. 
Binobarin,  Qur’on  oyatlari  va  hadislarni  ba’zi  vaqtlarda  o‘zlarining  islomdan 
oldingi ta’limotlari andozasiga solish holatlari uchraydi.  Islom diniga yot bo‘lgan 
turli guruh va jamoalarning uni buzib talqin qilish natijasida ularga raddiya sifatida 


72 
 
olimlar kalom, ya’ni aqida ilmiga asos soldilar. Shu tariqa bu ilm turi musulmonlar 
uchun  zarur  sohaga  aylandi.  Zero,  har  bir  musulmon  to‘g‘ri  aqidani  bilishi  shart 
deb  hisoblanadigan  bo‘ldi.  Mashhur  mutakallim  olim  Sa’duddin  Taftazoniy 
«Maqosid at-tolibin» asarida: «Kalom ilmi diniy aqoid usullarini ishonchli dalillar 
asosida  anglashni  o‘rgatadigan  ilmdir.  Shu  ilm  tufayli  shar’iy,  nazariy,  aqidaviy 
masalalar  hal  qilinadi.  Uning  natijasi  imonga  komil  ishonch  bilan  ziynat  berish, 
foydasi  esa  bu  dunyoda  tartibli  hayot  kechirish  va  oxiratda  azob-uqubatdan  xalos 
bo‘lishdir. Shunday ekan, kalom ilmi eng sharafli ilmdir», deb keltiradi. Hujjatul 
islom  Abu  Homid  G‘azzoliy  o‘zining  «Ihyo  ulum  ad-din»  nomli  asarida: 
«...CHuqur bilimga ega bo‘lmagan oddiy musulmonlarning diniy e’tiqodlarini turli 
bid’at  va  noto‘g‘ri  g‘oyalardan  saqlash  uchun  kalom  ilmini  o‘rganish  vojibdir», 
deb keltiradi.  
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, aqoid yoki kalom ilmining 
vazifasi:  A)  diniy  e’tiqodlarni  qat’iy  dalillar  bilan  isbotlash  va  ular  haqidagi 
shubha  hamda  gumonlarni  rad  qilish;  B)  insonni  aqidada  oddiy  taqlidchi 
bo‘lishdan har bir e’tiqodga hujjat keltira olish darajasiga ko‘tarish;  C) islomning 
sof e’tiqodlarini adashgan zalolat ahlining shubha va gumonlaridan himoya qilish. 
 
2. 

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   335




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish