76
ulamoi Samarqand» («Samarqand olimlarini zikr etish bo‘yicha qanddek (shirin)
kitob») asarining bir qancha o‘rinlarida Imom Moturidiy nomini o‘zining ma’naviy
ustozi sifatida hurmat bilan tilga oladi. Shuningdek, Abu Hafs Nasafiy o‘zining
«Aqoid an-Nasafiy» («Nasafiy aqidalari») asarida moturidiya ta’limoti qarashlarini
aks ettirgan.
Abu Hafs Nasafiyga «Moturidiy» nisbasi berilishiga uning Imom Moturidiy
yurti Samarqandda umrining asosiy qismini o‘tkazganini ham sabab qilib
ko‘rsatiladi. Jumladan, o‘rta asr alloma va mashhur kishilarining nisbalarini yoritib
beruvchi «Kitob al-ansob» («Nasablar kitobi») nomli qomusiy asar muallifi Abu
Sa’d Sam’oniy (vaf. 1167 y.) bu allomani Abu Hafs Umar ibn Muhammad
Nasafiy Moturidiy, deb atagan.
Najmuddin Nasafiy o‘rta asr sharq olimlariga xos qomusiy bilim sohibi
bo‘lib, zamonasining mashhur tarixchisi, faqihi, mufassiri, tilshunosi, geografi,
faylasufi hamda shoiri bo‘lgan. Uning yozgan asarlari mundarijasi nihoyatda keng
va rang-barang bo‘lib, bir qismigina bizgacha etib kelgan. Najmuddin Nasafiy
tilshunoslik, tarix, fiqh kabi ilmlarga bag‘ishlab yuzdan ortiq asarlar yaratgan. Abu
Sa’d Sam’oniy Abu Hafs Nasafiy bilan maktublar orqali ilmiy muloqotda bo‘lib
turgan. Hozirgi ma’lumotlarga ko‘ra, uning bizgacha o‘ntacha kitobi etib kelgan.
Ayniqsa, moturidiya kalom maktabiga oid «Aqoid an-Nasafiy» asari katta shuhrat
qozongan. U moturidiya ta’limotida Abul Muin Nasafiyning «Tabsirat al-adilla»
asaridan keyingi o‘rinda turadi. Najmuddin Nasafiyning falsafa va aqoidga doir
ko‘plab asarlari mavjud bo‘lgan. Ayniqsa, uning «Manzumot an-Nasafiy fi-l-
xilofiyot» («Ixtiloflar haqida Nasafiy manzumasi») nomli she’riy asari mashhur
bo‘lgan.
Keyingi olim Sadr al-islom Abul Yusr Muhammad ibn Muhammad ibn
Abdilkarim Pazdaviy 1030 yilda tug‘ilgan. Dastlabki ta’limni otasi Abul Hasan
Muhammad Pazdaviydan olgan. Bobosi Abdulkarim ibn Muso, Imom Moturidiy
shogirdlaridan biri bo‘lib, unga ustozlik ham qilgan. Bundan tashqari, Pazdaviy bir
qancha hanafiy olimlardan ham tahsil olgani manbalarda aytilgan. Pazdaviyning
ustozlari orasida Abu Ya’qub Yusuf ibn Muhammad Nishopuriy va Abul Xattob
kabi olimlarning xizmati katta bo‘lgan. Abu Hafs Najmuddin Umar Nasafiy va
Abul Muin Nasafiy Pazdaviyning eng mashhur shogirdlari hisoblangan.
Manbalarda
qayd etilishicha, u 1099 yilda Buxoroda vafot etgan.
Pazdaviyning asarlari orasida «Usul ad-din» («Din asoslari») asari muhim
ahamiyat kasb etadi. Mazkur asar 96 masaladan tashkil topgan va mazmun-
mohiyatidan ahli sunna val jamoa yo‘nalishi va moturidiya maktabi qarashlarining
mohiyatini ochib berish va Movarounnahrda tarqalgan bid’at va xurofotlar jamoasi
78
(«Tavhid qoidalariga oid dalillarning qisqacha bayoni») nomli o‘quv qo‘llanmasini
yaratadi. Nuriddin Ahmad ibn Mahmud ibn Abi Bakr Sobuniy (vaf. 1184 y.) ham
Ibrohim Saffor bilan Buxoroda moturidiya kalom maktabining keng tarqalishida
jonbozlik ko‘rsatgan olimlardan biridir. U Abul Muin Nasafiydan kalom ilmini
o‘rgangan. Nuriddin Sobuniy Buxoroda ash’ariya maktabi vakili Faxruddin Roziy
bilan muloqotda bo‘ladi. Olimning «al-Bidoya fi usul ad-din» («Boshlang‘ich din
asoslari») nomli o‘quv qo‘llanmasi hozirga kelib qadr-qimmatini yo‘qotmagani
bois ko‘p marotaba nashr etildi.
YAna bir olim Abul Fath Alouddin Muhammad ibn Abdilhamid ibn Umar
ibn Hasan ibn Husayn Samarqandiy Asmandiy bo‘lib, u 1095 yili Samarqand
atrofidagi Asmand shahrida dunyoga kelgan. Bu shahar Usmand yoki Samand deb
ham atalgan. U «Tuhfat al-fuqaho» asari muallifi Alouddin Muhammad ibn
Ahmad Samarqandiy bilan chalkashtirilgani bois, manbalarda unga Asmandiy
nisbasi ham qo‘shib ataladi. Asmandiy Ashraf ibn Muhammad Alaviydan fiqh
ilmini o‘rgangan, «as-Sadr ash-shahid» nomi bilan mashhur Burhon al-aimma
Umar ibn Abdulaziz ibn Moza Buxoriydan (vaf. 1142 y.) hadis rivoyat qilgan, Ali
ibn Umar Harrotdan hadis ilmini o‘rgangan. Asmandiy Abul Muin Nasafiyning
ilmiy merosidan kalom ilmiga oid asarlarini yozishda foydalangan. U Abul Muin
Nasafiy
asarlarini
zamondoshi
Alouddin
Samarqandiydan
o‘rgangan.
Asmandiyning kalom ilmiga oid birgina asari haqida ma’lumotlar bor. Ba’zi
manbalarda uning nomini «Lubob al-kalom» («Daqiq kalom ilmi») deb atalgan
bo‘lsa, ba’zi manbalarda «al-Hidoya fi usul al-e’tiqod» («E’tiqod asoslarida
hidoyatga erishish») yoki «al-Hidoya va-l-kalom» («Hidoyat va kalom ilmi») deb
keltirilgan. Ushbu asar kalom borasida yosh tadqiqotchilarga yo‘llanma berish
uchun yozilgan. Hanafiy faqihlari orasida o‘ziga xos obro‘ga ega alloma XII asrda
Movarounnahrda kalom ilmi rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan va 1157 yil
Buxoroda vafot etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: