61
timsolidir. Stupa koinot ramzi hisoblangan. Uylarda Budda haykali qo‘yilgan
maxsus ibodat qiladigan xonalar bo‘lgan. Keyinchalik Budda haykallari yoniga
boddhisattvalarning loydan pishirilgan kichkina haykalchalari qo‘shilgan. Ushbu
holat ham shahar aholisi hayotida buddaviylik alohida ahamiyat kasb etganini
ko‘rsatadi.
Kushon podsholigining dastlabki poytaxti Dalvarzintepa (qalinligi 10
metrgacha bo‘lgan qudratli mudofaa devori bilan o‘rab olingan qal’a shahar)
o‘rnida bo‘lgan. Kushonlar hukmdori Kanishka davrida Dalvarzintepa shahar
sifatida shakllanib, savdo-sotiq markazlaridan biriga aylangan. Bu erda O‘rta
Osiyo hududlarida birinchi marta Buddaning loydan yasalgan, yaxshi saqlangan
tasviri, ko‘plab haykalchalar, bezaklar, diniy marosim buyumlari va tangalar
topilgan, ular II asr oxiri III asr boshidagi budda ibodatxonasining markaziy
binolari ichida saqlangan. Ibodatxonani tadqiq qilish 1983 yildan boshlangan.
Dalvarzintepa majmuasidagi Budda ibodatxonasi va aslzodalar
dafn etilgan dahma,
shuningdek, oltin xazina to‘ldirilgan ikki yarim metrli sopol ko‘za buddaviylikning
o‘sha davr xalqlari ijtimoiy-ma’naviy hayotidagi mavqei va boshqa mahalliy dinlar
o‘rtasida egallagan o‘rnini ko‘rsatadi.
Shimoliy Hindiston va Markaziy Osiyo hududlarining Kushonlar saltanati
hukmronligi ostida birlashtirilishi natijasida buddaviylik Uzoq Sharqqa ham kirib
bordi. Keyinchalik Sharqiy Turkiston, Xitoyga yoyildi. Kanishka, Vima Kadfiz va
ulardan keyingi Kushon imperatorlari buddaviylik dini an’analarini amalda
rivojlantirish, boshqa xalqlar o‘rtasida tarqatish uchun Balx, Marv, Termiz,
Samarqand, Buxoro, Shosh, Turkiston, Quva, Koson, O‘sh, Bolosog‘un, Koshg‘ar
va boshqa shaharlarda ibodatxonalar qurib, uning muqaddas kitoblari, sutra
(sanskritcha - ip, to‘plam, bayon, diniy-falsafiy iborA)larni o‘rganish, tarjima
qilish va sharhlash uchun sharoit yaratdilar.
G‘arbda Orol va Kaspiy dengizi bo‘ylari, Janubda Hind daryosining quyi
oqimi, SHarqda Xo‘tan (Xitoy)dan Banoras (Gang daryosi bo‘yidagi shahar)gacha
cho‘zilgan Kushonlar imperiyasining boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy, siyosiy
va madaniy aloqalarining yaxshilanishi, savdo-sotiqning rivoji yangi shaharlarning
paydo bo‘lishiga olib keldi. Kushonlar davrida buddaviylikka katta ahamiyat
berilgani, diniy rasm-rusumlarni bajarishga alohida e’tibor bilan qaralgani bois
maxsus ibodatxonalar bunyod etilib, buddaviylik xalq turmush tarzining muhim
tarkibiy qismiga
aylanib bordi, madaniyat rivojiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi.
Markaziy Osiyo xalqlari qadimgi tarixi va madaniyati rivojida buddaviylik
muayyan o‘rin egallaydi. Bunga Markaziy Osiyo hududida joylashgan
Dalvarzintepa, Quva, Zartepa, Qorovultepa, Ayritom mavzelaridan topilgan
62
arxeologik qazilmalar, jumladan, Shakyamuni sanamlari, haykalchalar, ramziy
g‘ildiraklar va stupa qoldiqlari, shuningdek, marmardan yasalgan va juda yaxshi
saqlangan Budda haykali aniq dalolat beradi. Arxeologik qazilmalar natijasida
topilgan yodgorliklar buddaviylikning o‘sha davrdagi mavqei haqida xabar beradi.
Shuningdek, ajdodlarimizning yuksak moddiy madaniyati, dini, urf-odati, tafakkur
tarzi haqidagi tasavvurimizni boyitishga xizmat qiladi.
Hozirgi davrda buddaviylik Janubiy, Janubiy-sharqiy, Sharqiy Osiyo
mamlakatlari Shri Lanka, Hindiston, Tailand, Laos, Mo‘g‘uliston, Kambodja,
V’etnam, Xitoy, Singapur, Butan, Nepal, Malayziya, Koreya, Yaponiya, qisman
Evropa va Amerika qit’asi, Rossiyaning Tuva, Buryatiya va boshqa hududlarda
keng tarqalgan. 700 milliondan ortiq kishi buddaviylikning turli yo‘nalishlariga
e’tiqod qiladi. Hozirda buddaviylik YAponiyaning davlat dini hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: