Kasbiy qobiliyat
- odamning shunday psixologik xususiyatlaridirki, bilim, malaka orttirish
shu xususiyatlarga bog‘lik bo‘ladi.
Kasbiy qobiliyat taraqqiy etmay, so‘lib ketishi ham mumkin. O‘quvchida hali zarur
ko‘nikma va malakalar tizimi hamda mustaqil bilimlar va tarkib topgan ish uslublari yo‘qligiga
asoslanab, jiddiy tekshirmay shoshilinch ravishda unda qobiliyatlar yo‘q, deb xulosa chiqarish
pedagogning jiddiy xatosi hisoblanadi. Qobiliyatlar bilim, malakalar, ko‘nikmalarda ko‘rinmaydi,
balki ularni egallash dinamikasida namoyon bo‘ladi, ya’ni, boshqacha aytganda, mazkur faoliyat
uchun muhim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish jarayoni turli sharoitlarda qanchalik
tez, chuqur, engil va mustahkam amalga oshirishingizda namoyon bo‘ladi.
26-rasm
Qobiliyatlar taraqqiyotning yuksak bosqichiga iste’dod
deb ataladi. Iste’dod deb odamga qandaydir murakkab
mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli mustaqil va original
tarzda bajarish imkonini beradigan qobiliyatlar
uyushmasiga aytiladi. Iste’dod mahoratning dastlabki
sharti bo‘lib, lekin mahoratning o‘zidan ancha uzoqdir.
Mohir usta bo‘lish uchun juda ko’p ishlash kerak bo‘ladi. Iste’dod mehnatdan ozod
qilmaydi, katta ijodiy yuksalish va tinimsiz mehnatni, o‘z ustida ishlashni taqazo qiladi. Iste’dodli
kishilar shubhasiz, o‘z mehnatlari orqali olamga mashhur bo‘lgan mahorat darajasiga erishganlar.
27-rasm
28
Demak, qobiliyat shaxsning faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblangan
va bilim, ko‘nikma hamda malakalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda
namoyon bo‘ladigan indiviudal-psixologik xususiyatdir. Agar shaxsning ma’lum sifatlari
yig‘indisi odamning pedagogik jihatdan asoslab berilgan vaqt oralig‘ida egallagan faoliyati
talablariga javob bersa, bu narsa bizga, unda mazkur faoliyatga nisbatan qobiliyati bor, kasbiy
adaptatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi, deb xulosa chiqarishga asos bo‘ladi.
Shunday qilib, jamiyatni odamlar mehnatisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ishlab chiqarish
resurslarining orasida inson o‘z mehnat faoliyati bilan etakchi o‘rinni egallaydi.
Mehnat faoliyatining sub’ekti sifatida esa u muayyan sharoitlarda ishlashi va bunda
muayyan vositalardan foydalanishi kerak bo‘ladi. Bunga esa u tayyor bo‘lishi, aniqrog‘i
tayyorlangan bo‘lishi kerak.
Maslouning aytishicha, bizning harakatlarimizni boshqaruvchi bosh mexanizm bu -
ehtiyojlarimizdir. Bizning fiziologik ehtiyojlarimiz qondirilgandan so‘ng bizning ma’naviy
ehtiyojlarimiz haqida o‘ylash boshlanadi.
Agar o‘zimizning xavfsizligimizni ta’minlasak, bizda sevish va sevilish ehtiyojini qondirish
masalasi ko‘tariladi. O‘zimiz xohlaganimizdek sevish va sevilish ehtiyojini qondira olganimizdan
so‘ng esa biz mustaqil ravishda shakllangan shaxs deb hisoblanamiz.
7
4-5 yoshdan boshlab bolada nafaqat real, balki ideal narsalar tushunchasi shakllana
boshlaydi. Bu narsa esa Super-ego shakllanishiga olib keladi. Bu davrda bola nima qilish kerak
ekanligini kattalarga o‘rgatishni boshlaydi. Bu esa, ijtimoiy-psixologik adaptatsiya jarayonida
inson hayot va faoliyatining tashqi va ichki sharoitlari o‘rtasida uygunlikka erishish uchun
uzluksiz ravishda harakat qiladi.
8
7
David G. Mayers Psychology, © 2010 by Worth Publishers. 589-b.
8
David G. Mayers Psychology, © 2010 by Worth Publishers. 589-b.
29
28-rasm
Umumiy tayyorgarlik jarayonida inson
mehnat faoliyatida eng avvalo moslashadi, bu
hodisa psixologiyada “adaptatsiya” deb ataladi.
(lotinchadan adaptatio).
Oddiy
adaptatsiyadan
farqli,
ijtimoiy
adaptatsiyaning muhim xususiyatlaridan biri -
uning
shaxsni
turli
ijtimoiy
rollarga
moslashtirishi va ularni qabul qilish sharti
ekanligidir.
Shu nuqtai nazardan adaptatsiya shaxs ijtimoiylashuvining muhim sharti va mexanizmidir.
Individning jamiyatda o‘zini anglashi, o‘zining o‘ziga hamda atrofdagilarga munosabatini
anglashda ham uning roli katta bo‘lib, shunga aloqador ijtimoiy tasavvurlardagi kamchiliklar va
buzilishlar shaxs ijtimoiy faoliyatining samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘satadi.
Bu g‘oya professional o‘zini-o‘zi anglashga bevosita aloqador bo‘lib, o‘zi tanlagan kasb
yo‘nalishiga shaxsning faol moslasha olmasligi uning professional kompetensiyasining past
bo‘lishiga olib keladi. Shu bois ham mamlakatimizda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining sifat
bosqichi muvaffaqiyat bilan amalga oshirilayotgan bir sharoitda temir yo‘llar muxandisligi
yo‘nalishida kadrlar tayyorlovchi ta’lim muassasalaridagi yoshlarni bo‘lg‘usi kasbiga ijtimoiy
psixologik jihatdan adaptatsiya qilishini bilish kerak bo‘ladi.
Psixologik lug‘atlarda
Do'stlaringiz bilan baham: |