2-mavzu: shaxs va uning faoliyati. Motiv va motivasiya. Reja



Download 2,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/66
Sana31.12.2021
Hajmi2,2 Mb.
#250381
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66
Bog'liq
2-MAVZU SHAXS VA UNING FAOLIYATI. MOTIV VA MOTIVASIYA.

Akkamodatsiya

 – shaxsning o‘zidagi o‘zgarishlar hisobiga muhitga moslashuvdir.  

To‘laqonli adaptatsiya shu ikki jarayonning mutanosibligidan kelib chiqadi. Agar ijtimoiy 

adaptatsiyada akkomadatsiya ustun kelsa, u xolda bu shaxsning konformliligini belgilaydi, tashqi 

muhitning assimilyasiyasi esa shaxsning agressivligi va negativizm xolatlarini keltirib chiqaradi. 

SHaxs xususiyatlari nuqtai nazaridan tahlil qilirganda, akkomodatsiyaning ustivorligi shaxs o‘zini 

o‘zi  baholashining  pastligi,  undagi  xavotirlikning  yuqoriligi,  o‘zini  o‘zi  qabul  qilmaslik, 

yoqtirmaslikni  keltirib  chiqarsa,  assimilyasion  jarayonlarning  qaytarilaverishi  o‘ziga  nisbatan 

bahoni yuqoriligini ta’minlab, o‘ziga nisbatan tanqidning pastlab borishi bilan tavsiflanadi. 

Interaksionistik yo‘nalish ushbu masalaga shaxsning tashqi ijtimoiy muhit bilan bevosita 

aloqasi,  hamkorligi  tarzida  yondashadi.  Ushbu  yo‘nalish  vakillari  shaxs  adaptiv  xulqining  ikki 

ko‘rinishi  va  ularga  mos  ravishda  adaptivlik  –  noadaptivlikning  namoyon  bo‘lish  jabhalarini 

ajratadi.  

Masalan, T. Shibutani

14

 ijtimoiy adaptatsiyani shaxsning etukligi masalasi bilan bog‘lab, 



adaptiv  xulqning  dastlabki  ko‘rinishi  sifatida  shaxs  tomonidan  jamiyat  normalari  hamda 

qadriyatlarini konform tarzda qabul qilinishini e’tirof etadi. Uning yozishicha, “Shaxs konvensial 

normalar  asosida  uyg‘unlashgan  xulq  normalarini  qabul  qilgan  taqdirdagina  ijtimoiylashgan 

bo‘ladi”.  



30-rasm 

Adaptiv xulqning boshqa bir ko‘rinishi – bu shaxsning 

o‘z maqsad – muddaolari, qadriyatlari hamda 

intilishlarini amalga oshirish maqsadida mavjud zohir 

bo‘lgan muhit normalaridan o‘ziga moslashtirib 

foydalana olishidir. Ushbu adaptiv xolat shaxsning 

to‘g‘ri, oqilona qarorlar qabul qilishi, tashabbuslar 

ko‘rsatishi hamda o‘z istiqbolini aniq-ravshan tasavvur 

qilgan xolda harakat qilishlari sifatida namoyon bo‘ladi. 

 

 



Boshqa psixolog-olimlar O.I.Zotova va I.K.Kryajevalar ishlarida esa “ijtimoiy psixologik 

adaptatsiya  jarayonlarini  shaxsning  shakllanishi  hamda  taraqqiyotidan  ajratib  tasavvur  qilib 

bo‘lmaydi. Aksincha, ushbu jarayon shaxsning garmonik rivojlanishining ajralmas bo‘lagidir”

15



deb  ta’kidlanadi.  I.K.Kryajevaning

16

  fikricha,  ijtimoiy  adaptatsiya  shaxsning  faol  hayotiy 



pozitsiyasini,  real  hayotiy  vaziyatlardagi  tashqi  muhit  bilan  biror  narsaga  qodir  inson  sifatida 

amalga oshiradigan o‘zaro hamkorligini bildiradi. 

 

Shunday  qilib,  ijtimoiy  adaptatsiya  –  insonning  uni  o‘rab  turgan  ijtimoiy  muhit  bilan 



amalga  oshiradigan  murakkab  o‘zaro  munosabatlarini  bildiradi  va  uning  ko‘rinishlari  turfa  xil 

bo‘lishi mumkin: 

 

odamning hayot faoliyati o‘tadigan ijtimoiy muhitga ongli moslashuvi sifatida uning shu 

muhitda  muvaffaqiyat  bilan  faoliyat  yuritishi  va  turli  ijtimoiy  vaziyatlarga  moslashuvini 

ta’minlovchi jarayon tarzida; 

 

ijtimoiy  muhitda  odamning  o‘zini  faol  ko‘rsatishi,  o‘zaro  muloqat  va  faoliyatda 

muvaffaqiyat qozonishining omili sifatida

 

turli tanglik holatlarda uning tashqi olam bilan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan nizolari va 

dezaptatsiyaning oqibati sifatida. 



31-rasm 

                                                           

14

 Шибутани Т. Социальная психология. - Ростов-на Дону, 



2009. 397-б. 

15

 Зотова О.И., Кряжева И.К. Некоторые аспекты социально-психологической адаптации личности \\ 



Психологичекские механизмы регуляции социального поведения.- М., 2012.- С. 219-233. 

16

 



Кряжева 

И.К. 


Социально-психологические 

факторы 


адаптированности 

личности: 

автореф.канд.дисс. – М., 2011.C.99. 



 

 

33 



 

  

 



Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, ta’kidlash mumkinki, ijtimoiy adaptatsiya aslida o‘z 

mazmuni va  yo‘nalishiga ko‘ra ijtimoiylashuv jarayonlaridan ham  kengroq, chunki  adaptatsiya 

faqat  shaxsning  ijtimoiy  muhit  normlariga  moslashuvinigina  kafolatlab  qolmay,  balki  uning 

taraqqiyotini ham belgilovchi muhim psixologik jarayondir. 

Ijtimoiy psixologik adaptatsiyaning muhim ko‘rinishidan biri uning shaxsdagi kasbga oid 

sifatlarini to‘la namoyon etishiga imkoniyat ekanligidir. SHu ma’noda shaxs yo‘nalishlari va shaxs 

orientatsiyasi, shaxsiy adaptatsiya va kasbiy adaptatsion sifatlar bir-biri bilan bog‘liqdir.  

Chunki  kasbiy  adaptatsiya  shaxsning  ijtimoiy  muhitga  adaptatsiyasining  uzviy  qismi, 

bo‘lagidir.  Ayniqsa,  hozirgi  ochiq  informatsion  oqim,  global  o‘zgarishlar  sharoitida  shaxsning 

ongiga etib kelayotgan ma’lumotlar orasida u yoki bu kasb to‘g‘risidagi, uning jamiyat hayotidagi 

o‘rni va ahamiyatini idrok etgan insonda muayyan munosabatlar tizimi shakllanadi. Shaxs ular 

orasidan  mehnat  bozorida  dolzarb  bo‘lgan  kasbni  inobatga  oladimi  yoki  o‘ziga  yoqqan  kasbni 

tanlaydimi, bu uning individaul psixologik xususiyatlariga bevosita bog‘liq bo‘ladi.  

Ta’lim  muassasalarida  olib  boriladigan  professional  orientatsiya  ishlarining  ko‘lami  va 

mazmuni  qanday  bo‘lishidan  qat’iy  nazar,  yoshlar  o‘rtasida  “ahamiyatli,  salohiyatli  kasb” 

tushunchasi borasida tub o‘zgarishlar ro‘y berayotganligi aniq.  

Masalan,  ishlab  chiqarishning  turli  tarmoqlari  uchun  zarur  bo‘lgan,  ilgari  anchagina 

ommalashib  ketgan  stanokchi,  payvandlovchi,  quruvchi,  montajchi,  slesar  kabilar  bora-bora 

o‘rnini  boshqa  zamonaviy  kasblarga  bo‘shatib  bermoqda.  Ishlab  chiqarishning  o‘zida  tub 

o‘zgarishlar ro‘y berdi, ilgari minglab odamlar bajaradigan ishlarni endilikda bir yoki bir nechta 

operatorlar bajarmoqda. Oxirgi holat ishlab chiqarish tizimida ishlaydigan, o‘zini u yoki bu sohada 

ko‘rsatish istagida bo‘lgan yoshlardan, ularning ustozlari va o‘qituvchilardan, birinchi navbatda 

kasb-hunar kollejlaridagi o‘qituvchilar oldiga talay talablarni qo‘ymoqda. 

Psixologik  kuzatishlardan  hamda  olib  borilgan  tadqiqotlardan  shu  narsa  ma’lumki, 

shaxsning o‘z iqtidori hamda imkoniyatlarida mos keladigan kasbni tanlashida yoshlar orasida olib 

boriladigan  psixologik  professional  tushuntirishlar  va  targ‘ibotning  roli  kattadir.  Chunki  unga 

alternativ  hisoblangan  jarayon  yoki  ta’sir  kuchi  borki,  bu  hoziirgi  zamondagi  reklama 

mahsulotlaridir.  Biz  quyida  shu  masala  bo’yicha  psixolog  olimlarning  qarashlarini,  o’tkazgan 

tadqiqotlarini  tahlil qilamiz.  Ko‘pgina  reklama  kompaniyalari  zo‘r  berib  u  yoki  bu  kasb  turini 

bo‘rttirib targ‘ib etishi oqibatida bola ongida oilasi, yaqinlari ta’sirida shaklanib kelayotgan kasb 

to‘g‘risdagi tushunchalar birdan o‘zgarib ketishi mumkin. U reklamaning qurboni bo‘lib, aslida 

uning shaxsiy sifatlariga nomutanosib kasbga nisbatan ijobiy tasavvurga ega bo‘lib qolishi, amalda 




 

 

34 



 

esa  unga  ichki  ruhiy  imkoniyati  bo‘lmasligi  mumkin.  Bu  o‘rinda  A.V.Batarshev 




Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish