professional saralash
tushunchasi mavjudki, uning ma’nosi – odamning u
yoki bu kasb turiga yoki ish o‘rniga undagi insoniy sifatlarning yaroqligi darajasi, kasbga taalluqli
professional normalarning egallashi mumkin bo‘lgan lavozimga to‘g‘ri kelishidir.
Bunday
saralashning
4 hil jihati farqlanadi:
tibbiy;
fiziologik;
pedagogik;
psixologik.
Tibbiy professional
saralash
tibbiy asbob-uskunalar, tekshirish anjomlari yordamida odam
organizmidagi ayrim alohida olingan funksional tizimlarining shakllanganligi, rivojlanganligi
darajasini aniqlaydi.
Fiziologik saralash – insonning konkret fiziologik holatlarining ishga namoyon bo‘lishi
darajalarini belgilaydi, masalan, charchoqlarga berilishi va ishga layoqati; stressogen omillarga
qanchalik berilishi mumkinligi, og‘ir ish sharoitlari, kuchli tavakkal qilish sharoitiga chidamliligi,
tunlari ishlaganda yoki favqulotda holatlarda ishlay olishi imkoniyatlarini inobatga oladi.
Pedagogik professional saralash shaxsdagi kasb bilan aloqador maxsus bilimlar ko‘lamini,
ko‘nikma va professional malakalarning rivojlanganligini aniqlashga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Nihoyat, eng muhimi – psixologik saralash – verbal testlar hamda so‘rovnomalar, proektiv
metodikalar, maxsus apparatlar, so‘hbatlar vositasida amalga oshiriladi. Ular yordamida shaxsning
layoqatlari va qobiliyati, qadriyatlari tizimi.
Profesional intilishlari, motivlari, qiziqish va intilishlari aniqlanadi. Professional
saralashning maqsadi va muddaosi professional tanlovdir.
32-rasm
Professional tanlov – bu insonga uning ichki va tashqi
imkoniyatlarini, kasbga mosligining barcha jihatlarini
(tibbiy, fiziologik, pedagogik hamda psixologik)
o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasi o‘laroq tavsiyalar
berilishi jarayonidir. Bundan odam o‘zining qanchalik
shu kasbga mosligi yoki to‘g‘ri kelishi, kasbiy talablarga
javob berishi yoki bermasligi to‘g‘risida tasavvurlarga
ega bo‘ladi.
Amaliyotda professional saralashning natijasi sifatida amalga oshirilgan professional
tanlov odamning individual psixologik xususiyatlari hamda shaxsiy fazilatlarining tanlagan yoki
tavsiya etilayotgan kasbga nechoqlik mosligini bildiradiki, endi shular asosida shaxs o‘zining
butun qobiyatinini amalda namoyon etishga hozir bo‘lishi lozim bo‘ladi.
Shunday qilib, kasbiy jihatdan o’z-o’zini aniqlash - shaxs kasbiy faoliyatining barcha
davrlarini, ya‘ni kasbiy intilishning paydo bo’lishidan tortib to mehnat faoliyatidan butunlay ozod
bo’lgungacha bo’lgan davrlarni o’zida mujassamlashtirgan jarayondir. Aytish mumkinki, u
17
Батаршев А.В. Психодиагностика в управлении: Практическое руководство: Учеб.- практич.
пособие.-М.: Дело, 2009.- С.154-157.
35
insonning butun hayot yo’lini qamrab oladi. Albatta, bu jarayonning eng muhim bosqichlaridan
biri kasb tanlash amalga oshiriladiganbosqichdir. To’g’ri tanlangan kasb, bir tomondan, shaxsning
ichki imkoniyatlariga mos tushadi va uning insoniy baxti hamda kamolotini belgilaydi, ikkinchi
tomondan esa yaxshi kasb egasining samarali mehnati ta‘sirida jamiyat rivoji jadallashadi.
Kasbning inson oldiga qo’yadigan talablari majmuasi psixologik, ijtimoiy, iqtisodiy,
texnikaviy va pedagogik jabhalarni qamrab oladi. Kasb va ixtisos asoslarini egallovchi yoshlar shu
fanlarning barcha talabalariga moslashishi orqali mutaxassislik layoqatini rivojlantira boradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |