xonadonga kirib borga bir sharoitda ular orqali uzatiladigan axbarotlarning mazmuni, ijtimoiy
yo‘nalganligiga mos ravishda yoshlarda u yoki faoliyat turini tanlash va unga yo‘nalish shakllanib
boraveradi. Bu borada radio eshittirishlarining har o‘rni bor, lekin xususiy kanallar faqat tijorat
maqsadlarida faoliyat yuritayotgan hozirgi sharoitda ularning nufuzi va roli ancha pastlagan. Lekin
agar yoshlarni o‘smirlik hamda o‘spirinlik davrida turli maqola va kitob mahsulotlaridan
foydalanishga o‘rgatish, oila davrasida yangi kitoblarda ko‘tarilgan muammolarga bola ongini
yo‘naltirish, shov-shuvlarga sabab bo‘lgan maqola yoki yozma boshqa nashrlarni muhokama
Ommaviy axborot vositalari orqali kasb haqida tasavvurlarni shaxs ongida muhrlashda
kinoning ham alohida nufuzi va ta’siri bor. Kino bozori juda keng tarqalgan hozirgi sharoitda
milliy kino asarlari bilan bir qatorda jahon kinolarini tomosha qilish, videorolliklar va kliplar, disk
materiallari orqali kino suratlarga olingan mahsulotlarda bo‘lgan talabni qondirish qiyin bo‘lmay
qoldi. Ko‘pgina milliy kinofilmlar an’anaviy kasb-hunarlardan tashqari, zamonaviy kasblarni,
tadbirkorlik sohalari keng reklama qilmoqda. Bu xolat yoshlardan yanada aniq va mustaqil fikrli
shaxs bo‘lishni talab etmoqdaki, uning hayotiy pozitsiyasi qanchalik teran shakllangan bo‘lsa,
kasb tanlash va uni professional tarzda ado etish kabilarda qiyinchiliklar kam bo‘ladi. Albatta, bu
borada reklamaning ham o‘rni bor. Shu bois O‘zbekistonda o‘zimiz uchun kerakli bo‘lgan
kasblarni ijtimoiy reklama tarzida targ‘ib etishga ehtiyoj bor.
Yuqorida ta’kidlangan kasbga shaxsni yo‘naltiruvchi omillar professional faoliyatning
ichki vositalari bo‘lmish bilim, malaka va ko‘nikmalarning shakllanishini ta’minlaydi. Masalan,
o‘quvchi maktabdayoq muayyan fanlar doirasida bilimlar olishdan tashqari, turli amaliy
23
mashg‘ulotlar doirasida kasbning malakaviy va ko‘nikma hosil qiluvchi jihatlarini ham o‘rganadi.
Ayniqsa, yurtimizda mustaqillik yillarida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi doirasida joylarda
tashkil etilgan va hozirda muvaffaqiyat bilan yoshlarga kasb-hunar sirlarini o‘rganatyotgan
professional kasb -hunar kollejlari bu borada juda katta ahamiyatga egadir. Chunki ularda yoshlar
nafaqat bilim oladilar, balki aniq muayyan ixtisoslik bo‘yicha malaka va ko‘nikmalarga ega
bo‘lmoqdalar. Masalan, temir yo‘llari sohasida ochilgan kollejlar aynan shu soha uchun turli
yo‘nalishli kasblarga yoshlarni o‘rgatadi, chuqur bilimlar beradiki, ular shu soha faoliyati uchun
bilim, malaka va ko‘nikma manbai bo‘lib xizmat qiladi. Akademik litseylar esa malakali kadr
bo‘lib yetishishga imkon beruvchi akademik bilimlar majmuini berib, yoshlarni oliy o‘quv
yurtlariga tayyorlaydi. Bu kabi aniq yo‘naltirilgan tadbirlar yoshlarni kasbiy yo‘nalishiga
mustahkam asos bo‘ladi.
Texnikani boshqarishga o‘rgatishda bevosita uning qismlarini ko‘rsatish qanchalik muhim
bo‘lsa, maxsus trenajerlar yordamida o‘rtazilagan treninglar, mutaxassis sifatida turli ishchanlik
o‘yinlari (deloviye igri) shunchalik uni o‘z kasbining mas’uliyatidan qo‘rqmaslik, dadil va iroda
bo‘lishga, kutilmagan ekstremal vaziyatlardan chiqishga ruhan hozirlaydi. Chunki texnik
qobiyatlarni o‘stirish, texnika bilan “senlashish” uchun qanchalik maxsus trenajerlar muhim
bo‘lsa, muxandis uchun odamlar bilan muloqot, ular bilan hamkorlikka hozirlik shunchalik
muhimdir. Ikkala xil treninglar ham bo‘lg‘usi mutaxassisni kasbi borasidagi har qanday
qiyinchilikka chidamli va hozir bo‘lishga imkon beradi. Bunda psixologiyaning ahamiyati juda
kattadir.
O’rta maxsus va Oily ta’lim tizimida beriladigan barcha bilim, malaka va ko‘nikmalar oxir-
oqibat shaxsda maxsus psixologik obraz - faoliyatning sub’ektiv obrazli-tushunchali modeliga
asos bo‘ladi. Bu obrazli model shundayki, u inson his qilgan barcha tasavvur, idrok, tushunchalar
bilan bir qatorda shaxsning ilgarigi hayotiy tajribasi, istiqbolni tasavvur qilishlari va faol bo‘lishiga
zamin yaratadi. Bu model keyinchalik inson bevosita texnika bilan muloqot qilganda, ish-
faoliyatni boshlagan pallalarda juda asqotadi.
Odamlarning mehnatga ichki psixologik motivatsiyasi ularning professional xulq-
atvorining mazmunan boy bo‘lishini, kasbga nisbatan ongli va to‘g‘ri motivatsiyaning
shakllanishini ta’minlaydi. Shu o‘rinda mashhur psixolog Abraam Maslouning motivlar
ierarxiyasi hamda D.Maklellandning motivatsiya konsepsiyalari katta ahamiyatga egadir.
D.Makklellandning motivatsiya nazariyasida esa uch turli ehtiyojlar va ularga mos
motivlar ajratilgan: xukmronlik qilish ehtiyoji, muvaffaqiyatga erishish ehtiyoji va aloqadorlikka
sazovor bo‘lish ehtiyoji. Har bir ehtiyoj turi o‘ziga xos turtkiga sabab bo‘ladi va ularning har birida
shaxsning tavakkal qilishi darajasi turlicha bo‘ladi.
Masalan, xukmronlik qilishga nisbatan ehtiyoj orttirilgan, hayot mobaynida shakllanadigan
bo‘lib, bunda ta’lim va tarbiyaning roli katta va inson o‘zgalar faoliyatini nazorat qilish, ularga
ta’sir ko‘rsatishni istayveradi. SHu boradagi yuqori motivatsiyaga ega insonlarni muallif ikki
guruhga bo‘ladi. Birinchi toifa xukmronlikka hokimiyatga qiziqqani uchun intiladi, chunki ular
uchun o‘zgalar ustidan nazorat qilish jarayoni juda qiziqarli va ular shuni istaydilar. Bunday toifa
uchun korxonaning manfaati, uning maqsadlari ahamiyatsiz, muhimi kimlarnidir ustidan boshliq
bo‘lish g‘oyasidir.
Ikkinchi toifa odamlar uchun jamoa manfaatlari va unga erishish yo‘lidagi ishlarni
ko‘pchilik bo‘lib xal qilish muhim. Lavozimga erishgach, bundaylar darxol guruh yoki jamoa bilan
kelishib, hamkorlikda umumiy vazifalarni xal qilishni boshlaydi va o‘zi ham muammolarni echish,
Do'stlaringiz bilan baham: