Ijtimoiy nazorat
– sanksiyalarning amaldagi ifodasi bo‘lib, bunda turli vaziyatlar taqozosi
bilan sodir bo‘lgan xulqning tashqaridan o‘ziga xos tahlili va bahosi ro‘y beradi. Ijtimoiy nazoratda
ko‘pincha ko‘pchilikning ozchilikka, kattaning kichikka, rahbarning xodimlarga ta’siri shaklida
o‘zaro munosabatlar sodir bo‘ladi. Ayrim qarorlar qabul qilish jarayonlarida bir shaxsning, davlat
arbobining ko‘pchilikka ta’siri bo‘lishi mumkin, bu masalaning mohiyatiga bog‘liqdir.
Alohida shaxs jamiyat tomonidan ishlab chiqilgan va qabul qilingan ijtimoiy normalar va
sanksiyalarni u yoki bu ijtimoiy rollarni bajarish mobaynida xulqida namoyon etadi. Shu ma’noda,
psixologiyada rol – shaxsning aniq hayotiy vaziyatlardagi huquq va burchlaridan iborat harakatlari
majmuini ifodalaydi. Inson o‘z hayoida juda ko‘p va murakkab rollarni bajaradi, bu uning qanday
vaziyatlarda faoliyat ko‘rsatayotganiga bog‘liq. Ba’zan u bir vaqtda bir nechta rollarni ham
bajarishi mumkin. Masalan, guruh sardori oddiy talaba hamdir. Maktab o‘qituvchisi sinfda ham
o‘qituvchi, ham murabbiy, ham shu sinfda ta’lim olayotgan o‘z farzandi uchun ona hamdir. Oilada
bir “qaynona” – kelin uchun qaynona, o‘g‘li uchun – ona, turmush o‘rtog‘i uchun – rafiqa, nabirasi
uchun esa momo rollarini bir vaqtda o‘ynay oladi. Bu ma’noda shaxsning ijtimoiy xulq-atvori
rollar vositasida ham muvofiqlashtiriladi. Rollararo nizolar yoki qarama-qarshiliklar shaxsni
ba’zan mushkul ahvolga solib qo‘yishi ham mumkin.
Hayotda shaxs bajaradigan rollarning ko‘pligi, ular o‘rtasidagi ayrim xollardagi qarama-
qarshiliklar uning jamiyatdagi statusi – mavqeini turlicha bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Eng muhim va
qadrli mavqe – bu halol mehnati tufayli elu yurt o‘rtasida orttirilgan mavqe, martabadir.
21-rasm
Dunyoda minglab kasblar borki, ularga nisbatan shakllanadigan munosabat, kasbning
tanlanishi shaxs ijtimoiylashuvi jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Yoshlarning to‘g‘ri kasb
tanlashi va to‘g‘ri hayot tarzini shakllantirishi muammosi o‘zaro chambarchas bo‘lib, ushbu
masalaning ijobiy xal qilinishi jamiyatning ma’naviy hamda iqtisodiy rivojiga turtki bo‘lib xizmat
qiladi. Professional yo‘nalganlik ijtimoiy psixologik xodisa bo‘lib, uni ta’minlovchi omillarni
bilish kasbga to‘g‘ri yo‘naltirishning asosi hisoblanadi.
Alohida ta’kidlash joizki, kasbga yo‘nalganlik jamiyatda ro‘y beradi, odamlarning bu
jarayonga ta’siri kuchli bo‘ladi, lekin aslida har bir shaxs hayot tarzi va faoliyati nuqtai nazaridan
olganda, uni oldindan belgilab, qat’iy tartibga solish unchalik oson emas. Sodda qilib aytganda,
kasb tanlash har bir insonning shaxsiy ishi va unga bevosita ta’sir ko‘rsatib, bu ishni
loyihalashtirish ancha mushkul. Shunday bo‘lsada, ushbu jarayonga ta’sir etuvchi omillarni
psixologiya o‘rganadi.
Oila.
Oilaviy an’analar, ota-onalarning mehnat faoliyati borasidagi farzandlariga namoyon
eta oladigan ibratlari, mehnatkashliklari, o‘z kasbi va professional faoliyatga munosabatlari, uni
e’zozlashlari, xattoki, yaqin qarindoshlarning nima bilan va qay darajada shug‘ullanishlari kabilar
yosh avlod ongida kasb haqida tasavvurlar hosil qilish bilan birgalikda, istiqbolda nima bilan
shug‘ullanish, kasblar variatsiyasi to‘g‘risida bilimlarga ega bo‘lishiga turtki bo‘ladi. Shu bois ilk
yoshlikdanoq, boladan “Katta bo‘lganingda kim bo‘lasan?” deb so‘ralsa, u albatta, otasi yoki onasi
kasbini, yoki bo‘lmasa, u uchun aziz bo‘lgan boshqa insonlar (bobosi, tog‘a yoki amakisi, xola
yoki ammasi kabilar) shug‘ullanadigan kasbning nomini aytadi.
22-rasm
Shaxsni kasbga yo‘naltirishda
ijtimoiylashuv institutlarining
rolining ahamiyati qanday?
22
Ota va onaning oilada o‘z kasblarini qanchalik
e’zozlashlari yoki og‘riniib ishga borishlari bog‘liq
ravishda bolada professional yo‘nalganlik ijobiy yoki
salbiy obrazlar bilan hamohang bo‘ladi.
Oxirgi yillarda oilaviy shajara masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqdaki, bu ham oilaning
yoshlarda aniq iqtidor va qiziqishga ko‘ra kasb tanlashiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |