bo’lishni yuzaga keltirish. Bunda odamning o’z shaxsiy qiziqishlarini, ijtimoiy foydali umumiy
qiziqishlariga bo’ysundirishi hisoblanadi. Ijtimoiy qiziqish asosan tug’ma bo’ladi, chunki odamlar
o’z tabiatlariga ko’ra ijtimoiy mavjudotdir. Biroq har doim ham u yuzaga kelavermaydi, buning
uchun ma’lum tayyorgarlik kerak. Bunda tashqi muhit va ta’lim tarbiya muhim rol o’ynaydi.
ammo unga erishish yo’llari turlichadir. Hayotiy uslub o’z ichiga o’ziga xos tomonlarni, xulq-
atvor usullarini, odatlarini birlashtirib, individning qaytarilmasligini aniqlovchi xususiyatdir. Bir
odam o’z aqliy xususiyatlarini rivojlantirish bilan, boshqasi jismoniy yetukligi bilan afzallikka
erishishga intiladi. Adler aytishicha, hayotiy uslub yoshlikda, taxminan 5 yoshlargacha
shakllanadi, kelgusida ba’zi o’zgarishlar ro’y beradi. Hayotiy yo’l - aniq to’liqsizlikning o’rnini
bosishdan iboratdir. Uning asosida bizning intilishimiz, yo’nalishimiz yotadi.
subyektiv hayotiy tajriba ham faqatgina material bo’la oladi. U asosida insonning o’zi, o’z shaxsini
11
yaratadi, hatto hayotiy uslub ham kreativ «men»ga bo’ysunadi: hayotiy uslub shaxsning ijodiy
qobiliyati ta’siri natijasida shakllanadi. Ya’ni har bir inson erkin holatda o’zining hayotiy uslubini
yaratadi.
Shaxsga taalluqli bo’lgan fazilatlardan eng muhimi shuki, u tashqi ijtimoiy ta’sirlarni o’z
ongi va idroki bilan qabul qilib, so’ngra shu ta’sirlarning subyekti sifatida faoliyat ko’rsatadi.
Oddiy qilib aytganda, inson bolasi ilk yoshidanoq “mening hayotim”, “bizning dunyo” degan
ijtimoiy muhitga tushadi. Bu muhit biz bilgan va har kuni his qiladigan siyosat, huquq, axloq
olamidir. Bu muhit - kelishuvlar, tortishuvlar, hamkorliklar, an’analar, udumlar, turli xil tillar
olami bo’lib, undagi qoidalarga ko’pchilik mutloq qo’shiladi, ba’zilar qisman qo’shiladi. Bu
shunday qoidalar va normalar olamiki, ularga bo’ysunmaslik jamiyat tomonidan qoralanadi,
ta’qiblanadi. Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, shaxs jamiyatga nisbatan barcha tartib-
qoidalarni qabul qiluvchi subyekt bo’lsa, jamiyat-ijtimoiy intizom va tartibning, madaniyatning
mufassal ko’rinishidir.
Shaxsga taaluqli bo’lgan eng muhim tasnif ham uning jamiyatdagi murakkab ijtimoiy
munosabatlarga bevosita aloqadorlik, ijtimoiy faoliyatga nisbatan ham ob‘ekt, ham sub‘ekt
bo’lishlikdir. Shaxsga taalluqli bo’lgan fazilatlardan eng muhimi shuki, u shu tashqi, ijtimoiy
ta‘sirlarni o’z ongi va idroki bilan qabul qilib (ob‘ektni), so’ngra shu ta‘sirlarning sub‘ekti sifatida
faoliyat ko’rsatadi.
Oddiy qilib aytganda, inson bolasi ilk yoshlikdanoq «mening hayotim», «bizning dunyo»
degan ijtimoiy muhitga tushadi. Bu muhit o’sha biz bilgan va har kuni his qiladigan siyosat, huquq,
axloq olamidir. Bu muhit - kelishuvlar, tortishuvlar, hamkorliklar, an‘analar, udumlar, turli xil
tillar olami bo’lib, undagi ko’plab qoidalarga ko’pchilik mutloq qo’shiladi, ba‘zilar qisman
qo’shiladi. Bushunday qoidalar va normalar olamiki, ularga bo’ysunmaslik jamiyat tomonidan
qoralanadi, ta‘qiblanadi. Shulardan kelib chiqadigan xulosa shuki, shaxs jamiyatga nisbatan
barcha tartib-qoidalarni qabul qiluvchi sub‘ekt bo’lsa, jamiyat-ijtimoiy intizom va tartibning,
madaniyatning mufassal ko‘rinishidir.
Shaxs
- idrok qiladi, esda olib qoladi, fikr yuritadi. Psixolog V.N.Myasishev psixologiyada
shaxssiz hodisalarni shaxs faoliyatining psixologiyasi bilan o’zgartirish lozim deb tasodifiy aytib
o’tmagan. Faqatgina shartli ravishda bu jarayonlarni uning olib boruvchisi - shaxsdan ajratgan
holda ko’rib chiqishi lozim. Biz bilamizki har bir odam har xil ijtimoiy shaxsiy ustanovkalari
ta’sirida tashqi olamni va boshqa odamlarni o’zicha idrok qiladi. Odamning u yoki bu axborotga
shaxsiy munosabati uni eslab qolishi jarayoniga va esdan chiqarishiga ta’sir ko’rsatadi. Shaxsiy
xususiyatlar, ustanovkalar, subyektiv munosabatlar insonning xulq-atvoriga, uning boshqalar bilan
o’zaro munosabatiga va muomalasiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir etmasdan qolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: