shaxs faolligi haqidagi konsepsiyasidir.
Z.Freydga ko’ra shaxs 3 ta tuzilish komponentlari asosida shakllanadi: id (u), ego(men), superego
(mendan yuqori).
id qatlami
- bu shaxsning instinktiv yadrosi. Id qatlamida kuchli instinktlar o’zlarining
namoyon bo’lishini talab qiladilar va shaxsning xulq-atvorini belgilaydilar. Freydning
psixodinamik nazariyasida ikki hil instinktlar - seksual instinkt va buzg’unchi instinktlar ajratiladi.
Insondagi agressiv xulq-atvor bu konsepsiyada xulq-atvorning instinktiv shakli deb qaraladi;
ego qatlami
- shaxsning ongli, maqsadga muvofiq qatlami. Ego id qatlami bilan doimo
o’zaro ta’sirda bo’ladi, u ikkita asosiy qo’rqinchli instinktni yuzaga kelishini oldini olishga intiladi.
Maqsadga muvofiq ongli qatlam shaxs uchun shunday faoliyat programmasini ishlab chiqadiki, u
shaxsning xulq-atvorini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |