0 ‘zbekistonda M unaw ar qori, Abdulla Avloniy va boshqa ma’rifatparvar
olimlar jadid maktablari yaratganlar. Yordamchi maktablardagi dars esa
A.N.Graborov, G.M.Dulnev, I.G.Yeremenko va boshqalar ishlarida ochib
beriJdi. Ommaviy maktablarda bo‘lganidek, yordamchi maktablarda ham
o‘quvchilar o ‘zlarining yosh va bilish saviyalariga ko‘ra m a’lum guruhlarga
birlashtiriladi hamda ularga nazariy, amaliy bilimlar berila boshlaydi. Dars
deganda ma’lum fanlardan, ma’lum hajmdagi bilimlarning ma’lum yoshdagi
o‘quvchilar guruhiga maxsus tayyorgarligi bo‘lgan mutaxassis tomonidan
berilishini tushunamiz. Darsning samaradorligini oshirish,
beriladigan bilimlar
saviyasini ko‘tarish, nazariy bilimlami hayot bilan bog‘lab olib borish,
aqli zaif bolalar nuqsonlarini tuzatish va boshqa qator masalalarni
rivojlantirish borasida ko‘p ishlar qilinmoqda. Yordamchi maktablardagi
darsga qo‘yiladigan asosiy didaktik talablardan biri uning tuzatish va
tarbiyalashga korreksion yo‘naltirilganligidir. A.N.Graborov quyidagi
tuzatish-tarbiyalash vazifalarini hal etishni taklif etadi:
1. T a’limda mumkin qadar ko‘proq sensor mexanizmlarni jalb etish.
2. Kuzatgan holatlarni to ‘g‘ri bayon etishni mashq qilish.
3. 0 ‘quvchilaming kuzatuvchanligini rivojlantirib borish.
Ta’lim jarayonida o ‘quvchilar narsa va voqealar bilan tanishibgina
qolmasdan, balki ular haqida fikrlaydilar. Bu esa, o‘z navbatida, bolalarda
tabiatning rivojlanish qonuniyatlari haqidagi bilimlarning shakllanishiga
olib keladi. Darsning tarbiyaviy mazmun kasb etishi, berilayotgan mate
rial mazmuni bilangina chegaralanib qolmasdan, balki o ‘quv materiallarini
egallash usullari bilan xarakterlanadi.
Agar o ‘qu vchilar b ilim lam i egallash v aqtida fikr yuritsalar,
taqqoslasalar, xulosa qilsalar, o ‘z fikrlarini bayon etsalar, uning tarbiyaviy
tomoni yanada ortadi. Shu sababli dars materiallarini tanlash, har bir dars
uchun ta’lim usullarini belgilash zarur. Darsdagi o ‘quv materiallarining
hajmi, o ‘quvchilar imkoniyatlari dastur talablarida belgilangan. Darsdagi
o ‘quv materiali o‘quvchilaming yosh xususiyatlariga mos bo‘lishi kerak.
Agar o'qituvchi bolalarga imkoniyati yetmaydigan o ‘quv materiallarini
bersa, albatta uni egallashga bolaning kuchi yetmaydi. Buning oqibatida
bo lalard a charchash hollari kuzatiladi. A m m o d arsda bolalarga
imkoniyatlaridan kam o ‘quv materiali berilsa yanada salbiy natijalarga olib
kelishi mumkin. M a’nosi sodda materiallami qaytarish o‘quvchilar diqqatini
pasaytiradi hamda materialni o‘zlashtirishga xalaqit beradi.
Yordamchi maktab o'quvchilari diqqatining turg'un emasligi, tez
charchashi sababli dars jarayonida o ‘quvchilaming turli faoliyatlaridan
foydalanish tavsiya etiladi. Ko‘rgazmali, og‘zaki va amaliy ish usullarini
birga qo‘shib olib borish maqsadga muvofiqdir.
Ta’lim materialining murakkabligi va hajmi bolalarning psixologik
xususiyatlari va ulaming yosh imkoniyatlari xususiyatlari bilan belgilanadi.
90
0
‘qituvchining esa darsdagi o ‘quvchilar faoliyatidan qoniqish hissining
paydo bo‘lishi bilan belgilanadi. Darsning uslubiy tugallanganligi qo‘yilgan
didaktik masalani muvaffaqiyat bilan yechishga imkon beradi va darsning
mazmuni, maqsadiga mos keladigan aniq ishlangan uslubiyatda ifodalanadi.
Tashkiliy aniqlikning zarurligi materialni bo‘laklarga bo‘lish, o ‘qitish
usullarini tanlash va darsning turli elementlarining o ‘zaro munosabati bilan
belgilanadi. Shunday qilib, yordamchi maktablardagi darslarga quyidagi
didaktik talablar qo‘yiladi:
1. D arsning korreksiyalash (to ‘g ‘rilash), tarbiyaviy va t a ’limiy
maqsadlarining uzluksizligi, ajralmasligi.
2. Darsning har bir qismi uchun uslub va o ‘quv materialini to ‘g‘ri
tanlash.
3. Keng ko‘lamli, guruhli va individual ishni qo‘shib olib borish.
4. Darsning tashkiliy aniqligi.
0 ‘qitish nazariyasida darsni mavzular bo‘yicha tasniflash
muhim masala
bo‘lib hisoblanadi.
Yordamchi maktablardagi didaktik maqsadga muvofiq holda quyidagi
turdagi darslar qo‘llaniladi:
1. Yangi bilim berish darsi.
2. Aralash darslar.
3. Amaliy darslar (darsni mustahkamlash va egallangan bilimni amalda
qo‘llash).
4. Nazorat, hisobga olish darslari.
5. Umumlashtirish, qaytarish darslari.
Didaktik maqsad darsdagi asosiy ish turini aniqlaydi (yangi materialni
o‘zlashtirish, uni qaytarish, sistemalashtirish va hokazo). Didaktik maqsadga
muvofiq, m a’lum ishga vaqt ajratiladi, o‘qitish uslublari va darsning to ‘la
tuzilishi belgilanadi.
Yordamchi maktablardagi darslar asosan nuqsonni tuzatish maqsadini
ko‘zlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: