Ko‘rsatmali uslublar
0 ‘qitishning ko‘rsatmali uslublari
0
‘quvchilarga kuzatishlar asosida bilim
olish imkonini beradi. Kuzatish hissiy tafakkuming faol shaklidir, bundan
boshlang‘ich sinflarda keng foydalaniladi. Atrof-borliqdagi narsa va hodisalar,
ulaming turli-tuman modellari (har xil tipdagi ko‘rsatm aqo‘llanmalar)
kuzatish obyektlari hisoblanadi. 0 ‘qitishning ko‘rsatma)i uslublarini
o‘qitishning og‘zaki uslublaridan ajratib bo‘lmaydi. Ko‘rsatma qo‘llanmalarni
namoyish qilish har doim
0
‘qituvchining tushuntirishlari bilan birgalikda
olib boriladi.
Yordamchi maktabda ta’lim berishda ko‘rgazmalilik o‘quv materialini
mustahkam va ongli o‘zlashtirish shartlaridan biri hisoblanadi. Bundan
tashqari, ko‘rgazma]ilik o‘quvchilarning nutqi va tafakkuridagi nuqsonlarni
tuzatishda zaruriy shart hisoblanadi.
Ko‘rgazmalardan foydalanib, maktab bir tom ondan o ‘quvchilarda
o‘zlarini qurshab turgan dunyo haqida aniq tasawurlami vujudga keltirishni
86
ta’minlab borsa, ikkinchi tomondan, bolalarni real dunyoda kuzatilayotgan
aloqa va m unosabatlarni ifodalash uchun til vositalaridan (so ‘z,
jumlalardan) to ‘g‘ri foydalanishga o ‘rgatadi.
Yordamchi maktabda pedagogikada ma’lum bo‘lgan hamma ko‘rgazmali
vositalar: natural ko‘rgazmalilik, tasviriy ko‘rgazmalilik (rasmlar, mulyajlar,
diapozitivlar, kinokartinalar), so‘z ko‘rgazmaliligi va ramzli ko‘rgazmalilik
(suratlar, chizmalar, jadvallar, diagramrnalar)dan keng foydalaniladi.
Quyi sinflarda narsalar, hodisalar ustida tasawurlami vujudga keltirish
uchun natural va tasviriy ko‘igazmalilikdan keng foydalanilsa, yuqori sinflarda
tasviriy va ramziy ko‘rgazmalardan foydalaniladi, chunki bola rivojlanishining
dastlabki bosqichlarida mavhum materialni faqat aniq, ko‘rsatmali material
orqali o‘zlashtirishga qobiliyatli boiadi.
Yordamchi maktablarda ta’lim berishda ko‘rgazmalilikni o ‘quvchi-
laming amaiiy faoliyatlari bilan bog‘lash juda muhim. Shuning uchun
ko‘pgina fan darslarida bolalar o‘rganilgan narsalarni yasaydilar yoki rasmini
solish bilan tasvirlaydilar, ularning mehnati maktab hovlisida hamda sinfda
tashkil qilinadi.
0 ‘quv kinosi va diafilmlami ko‘rsatish ham ta’limning ko‘rgazmalilik usuliga
kiradi. Kinofilmni ko'rsatishdan oldin o'quvchilaiga qator savollar berish kerak.
Bolalar filmni ko‘rish jarayonida ularga javob topishlari aru r.
Sayohat ham ko'rgazmali usulga kiritiladi. Uning afzalligi shundaki, bolalar
sayohatda narsalarni tabiiy vaziyatda o'rganadilar. Sayohat
0
‘qituvchi tomonidan
yaxshi o‘ylanib, yaxshi tayyorlanilsa va uyushtirilsagina samarali boiadi. 0 ‘qituvchi
sayohatning maqsadini, uning o‘quv materialini o‘rganishdagi ahamiyatini,
shuningdek, uning tarbiyaviy ahamiyatini aniq tasawur etishi kerak. Sayohatni
o‘tkazishdan oldin suhbat o‘tkazib, bolalardan kuzatiladigan obyektdan ularga
nima ma’lum ekanligini aniqlash maqsadga muvofiqdir. Diqqatni nimaga
qaratish, nimani kuzatishlari kerakligi ustida bolalarga ko‘rsatma berish kerak,
ulaming oldiga savollar qo‘yish lozim, ularga javobni bolalar sayohat vaqtidagi
kuzatishlar jarayonida topishlari kerak.
Sayohatdan olingan taassurotlami, kuzatish natijalarini umumlashtirish
juda muhimdir.
Yangi bilim berishda o‘qituvchi didaktik material, harf va sonlaming yozilishi
o‘quvchilar tomonidan kuzatilishini keng qo‘llaydi. Ayrim hollarda matematika
darslarida kuzatishning o‘zi yetakchi usul bo‘lib xizmat qiladi. 0 ‘qituvchi kuzatish
usulidan foydalanib, o‘quvchilaming bilish faoliyatini shunday tashkil etadiki,
ular mustaqil ravishda o‘zlari uchun oson bo‘lgan umumlashtirish, xulosa
chiqarish ishlarini amalga oshirishlari mumkin.
Kuzatishni tashkil qilish bir qator usullami qo‘llashni talab etadi. Bunda
aniq maqsadni qo‘yish juda muhim. Bolalar nimani kuzatishlari kerak
ekanligini aniq bilishlari kerak. Bundan tashqari, ko‘rsatilayotgan buyumning
xarakterli belgilarini aniq bilishlari kerak. 0 ‘rganilayotgan obyektni oldingi
87
o‘iganilgani bilan taqqoslashdan foydalanish ham muhimdir. Va nihoyat,
obyektni kuzatishni o'qituvchining og‘zaki tushuntirishlari bilan birga qo‘shib
olib borish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |