Maxsus pedagogika


 Tekshirish va baholash darslari



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/163
Sana31.12.2021
Hajmi6,87 Mb.
#249812
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   163
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po latova P.M

5. Tekshirish va baholash darslari. Yordamchi maktab o‘qituvchilari bunday 
darslami o‘iganilayotgan mavzu o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilganiga ishonch 
hosil qilgandan so‘ng o‘tkazadilar. Bunday darslar og‘zaki, so‘roq shaklida yoki 
yozma ish shaklida o‘tkazilishi mumkin.  Shunday qilib, yuqorida keltirilgan har 
bir  dars  turida,  uning  tuzilishida  umumiy  elementlar  mavjud  bo‘ladi.  Biroq 
dars  turidan  qat’i  nazar,  yordamchi  maktabdagi  darslar  bir  qancha  qism: 
tayyoigarlik,  asosiy va xulosa qismlaridan  iborat  bo' ladi.
94


Tayyorgarlik qismining maqsadi o‘quvchilarda ishga tayyorgarlikni vujudga 
keltirish,  ularni  o‘quv  jarayoniga  kirishishiga  imkon  yaratishdan  iborat. 
D arsning  bu  qismi  bir  qancha  elem entlardan:  a)  o ‘quvchilar  ish ini 
uyushtirish  va  darsga  tayyorlash;  b)  darsdagi  mashg‘ulotlarga  o‘quvchilami 
psixologik tayyorlash; d) o'quvchilaming darsga didaktik tayyoigarligidan tashkil 
topadi.
0 ‘quvchilami  o‘quv  ishiga  tayyorlash  uchun  o‘qituvchi  ular  diqqatini 
faollashtiradi,  yordamchi  maktab  o ‘quvchilarining  asab  sistemasini  optimal 
holatga keltirishga qaratilgan alohida mashqlar tanlaydi. Bunga tashkil qilingan 
paytdan keyin 5—6 daqiqa va tayyorlov vaqt ajratiladi. Tayyorlovchi mashqlar 
darsdan keyingi ishlar mazmuni bilan bog'liq bo‘lishi kerak.  Mazmunga ko‘ra 
ular  har  xil  bo'ladi:  rasmlami,  buyumlami  ko'rish,  ular  to‘g‘risida  suhbat 
o‘tkazish. Nutq bilan bog‘langan o‘yinlar, ertak va hikoyalar eshitish, buyumni 
tanish,  tasniflash,  ajratish  bo‘yicha  amaiiy  topshiriqlar,  diafilmlar  namoyish 
qilish.
Sinfda  o ‘qituvchining  uy  vazifasini  tekshirish!,  o‘tilganlarni  takrorlash 
asosida  yangi  materialni  o'zlashtirishga  o ‘quvchilarni  tayyorlashi  katta 
ahamiyatga  ega.  Bu  darsning  tayyorgarlik  bosqichiga  jonli  kirishib, 
o'quvchilarga  savollar  berib,  mustaqil  bajarilgan  ishlarni  ko‘z  yugurtirib 
tekshirish, topshiriqni bajarish, natija va yechimini tekshirish shaklida tashkil 
qilinadi.  Tekshirish  qaysi  shaklda  olib  borilmasin,  u  yangi  materialni 
oYganishga  kirishishda  katta  ahamiyatga  ega.  0 ‘quvchilarning  didaktik, 
psixologik  tayyorgarligi  ularni  faqat  yozuv  asboblari  bilan,  ko‘rgazmali 
qurollar  bilan  ta’minlash  bilangina  belgilanmay,  balki  dars  mazmunini 
aniq ta’riflash bilan ham belgilanadi. Ayni shu bosqichda o ‘qituvchi bolalarga 
ular  darsda  nim ani  o ‘rganganlarini  va  buning  amaiiy  aham iyatini 
tushuntiradi.
0 ‘quvchilarni  yangi  m aterial  bilan  tanishtirish,  uni  o ‘rganish, 
sistemalashtirish  va  o ‘tilganlarni  chuqurlashtirish,  bilim,  ko‘nikma  va 
malakani  mustahkamlash  va  o ‘quv  materiallarini  takrorlash—bulaming 
hammasi  darsning  asosiy  qismiga  kiradi.
Darsning yakunlovchi qismida esa o ‘quvchilaming ishlari baholanadi va 
ular mustaqil ishlarga jalb etiladi, ya’ni ularga uy vazifalarini bajarish bo‘yicha 
aniq yo‘llanmalar beriladi.  Bu, ayniqsa, yordamchi maktablarda juda muhim, 
chunki uy vazifasi dars davomida qo‘lga kiritilgan bilim, ko‘nikma va malakani 
mustahkamlash  va  kengaytirishga,  o'quvchilar  faolligi  va  mustaqilligini 
rivojlantirishga, ularda o‘z-o‘zini nazorat qilishni tarbiyalashga xizmat qiladi. 
Biroq  rivojlantiruvchi  ahamiyatga  ega bo‘lgan  uy  vazifasi,  sinfda  bajarilgan 
ishning  davomi  sifatida  qaralganda  va  o‘quvchilar  uni  mustaqil  bajarishlari 
mumkin  bolgandagina  shunday  hisoblanadi.  Uy  vazifalari  o‘quvchilami 
qiyinchiliklami yengishga, topshiriqlami o‘z vaqtida bajarishga va mashqlami 
bajarishda eng unumli yo'lni topishga o'rgatishi lozim.
95


0 ‘qituvchi o‘quvchilarga uy vazifasini tushuntirib,  uni bajarish yo'llarini 
ko‘rsatib berishi kerak. Ba’zida butun sinfgagina emas, balki ayrim o'quvchilarga 
alohida tushuntirib,  individual  vazifalar ham  topshiriladi.  Bundan tashqari, 
I.G.Yeremenko  darsning  yakunlovchi  qismida  ish joyini  tartibga  keltirish, 
nafas  olish  uchun  jism oniy  m ashqlar  bajarish,  didaktik  o ‘yinlar, 
topishmoqlar  topishni  uyushtirishni  tavsiya  qiladi.  Yordamchi  maktabda 
qaytarish  darsning  zaruriy  elementi  bo‘lib  hisoblanadi.  Qaytarish  bola 
materialni  esidan  chiqarmasdan  oldin  bajarilishi  kerak.  A.N.Graborov 
iborasiga  ko‘ra,  qaytarish  —  unutishning  oldini  olishdir.  Shuning  uchun 
yordamchi  maktablardagi  darsning  har  bir  bosqichi,  aw al  o'rganilgan 
bilimni  yangi  shakllarda  qaytarish  bilan,  bilimni  amaliy  qo‘llash jarayonida 
qaytarish  bilan  bogiiq  bo‘lishi  kerak.  Shunga  ko‘ra  A.N.Graborov  o ‘ziga 
xos, ammo majburiy bo‘lmagan, qaytarish alohida o‘rin tutgan dars tuzilishini 
taklif qiladi:
1.  Dars 
0
‘quvchilar  tajribasini  safarbar  qilish  bilan  boshlanadi.
2.  Bu tajriba sistemalashtiriladi.
3.  Mavzu  bo‘yicha  yangi  material bayon  qilinadi.
4. Yangi va o ‘tilgan material orasida aloqa o ‘matiladi.
5.  Material takrorlanadi.
6.  Yangi  qoidalarga  misollar o‘ylab  topiladi.
7.  Material  umumlashtirilib,  yakunlovchi  qaytarish  o‘tkaziladi.
8.  0 ‘quvchilar ongida materialni mustahkamlovchi uy vazifasi beriladi.
Yordamchi  maktablardagi  qaytarish  o ‘zgaruvchan  xarakterda  bo‘lib,
u bolaning  rivojlanishiga  imkon  yaratishi  kerak.  U  ayni  o ‘tiladigan  mavzu 
bo‘yicha  o ‘quvchilarda  qanday  ko'nikm a  va  malakani  ishlab  chiqishi 
kerakligini,  mustaqil  ish  turlarini  belgilashi  kerak.  Darsga  tayyorgarlik 
jarayonida o ‘qituvchi alohida e’tibor talab qiladigan o‘quvchilami belgilab, 
awaldan  ular uchun  alohida  savol,  uy vazifalari  va topshiriqlar tayyorlab, 
uni  o ‘quvchilarga  tushuntirib,  bajarish  usulini  ishlab  chiqadi,  ayrim 
o ‘quvchilar  uchun  individual  topshiriqlar  tanlaydi.  Tayyorlanish  davrida 
o ‘quvchilaming bilim,  ko‘nikma va  malakasini  hisobga  olish va tekshirish 
usullari  va turlari ham  ishlab chiqiladi.
0 ‘qituvchi  dars  rejasini  tuzadi,  agar  o ‘quv  m ateriali  m azm uni 
talab qilsa uning qisqacha konspektini ham oladi.  Bizningcha, dars rejasida 
quyidagi  elementlar  o ‘z  aksini  topishi  kerak:
1.  Dars  mavzuining  nomi.
2.  D arsning  asosiy  didaktik  maqsadlari,  ta ’limiy,  tarbiyaviy  va 
nuqsonni  tuzatish  vazifalari.
3.  Darsda foydalaniladigan jihozlar.
4.  Darsning tuzilishi,  ya’ni darsning asosiy qismlari yoki bosqichlarini, 
ularning  ketma-ketligi  va  o'tkazish  uchun  ketadigan  vaqtni  taxminan 
aniqlash.
96


5.  Yangi  materialni  o‘rganish,  mustahkamlash,  takrorlashga  oid  va 
navbatdagi  mavzularni  o ‘rganishga  oid  ishlarning  mazmuni.
6.  Darsning  har bir  qismida  bajariladigan  o ‘quv  ishining  metod  va 
usullari.
7.  Darsning  borishida  o ‘quvchilar  olib  boradigan  individual  ish 
so‘ralishi  kerak  bo‘lgan  o‘quvchilaming  familiyalari.
8.  0 ‘quvchilar bilimini  baholash.
9.  Uy vazifasi.

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish