Aqli zaif bolalam ing rivojlanish im koniyatlari va ularning ijtimoiy
m ehnatga moslashish masalalari ham o ‘tkir m unozaralarga sabab
b o ‘lgan.
Chet el «defektologlarining» ta’kidlashicha, aqli zaif bolalar ongi tashqi
olamni aks ettirish sifatida emas, balki ularning ichki nuqsonli holatining
aks etishidir. Shu asosda ular aqli zaif bolalarga «axloqiy nuqsonlilik»,
«axloqsizlik» xosdir, deb tushuntirishga urinadilar. G o‘yoki aqli zaif bolalar
tug‘ma yolg‘onchilik, egoizm, qaysarlik kabi xislatlar bilan dunyoga kelar
ekanlar. Ularning ta’kidlashicha, aqli zaif bolalar rivojlanishga, tuzatilishga
imkoniyatlari bo‘lmagan nuqsonlilardir.
Bunga o'xshash qaram a-qarshiliklar, ayniqsa, sobiq tuzum ning
bolalaming aqliy qobiliyatlarini aniqlash vaqtlarida testlardan noto‘g‘ri
foydalanish natijasida normal bolgan bolalaming ko‘pchiligi asossiz ravishda
yordamchi maktablarga yuborildi. Bu narsa haqiqiy aqli zaif bolalaming
ta’lim-tarbiya usullarini, tamoyillarini ishlab chiqishga juda katta salbiy ta’sir
etdi.
Oligofrenopedagogika nuqsonli shaxs rivojida irsiy omillarga alohida
e’tibor beradi. Ammo irsiy, nasliy belgilar shaxsning ijtimoiy mohiyatini
belgilam aydi. Bilim lar, axloqiy moyillik, k o ‘nikm a va m alakalar
xromosomlar orqali nasliy yo‘l bilan avloddan avlodga berilmaydi. Balki
bular hayot jarayonida orttirilib boriladi. Inson tug‘ma tabiiy belgilar
bilan unga ta ’sir etuvchi holatlarning o ‘zaro mahsulidir.
Inson jamiyatda moddiy va m a’naviy hayot jarayonida shakllanib
boradi.
Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan shaxsning rivojlanishi normal shaxs
rivojlanishi singari irsiy va ijtimoiy dastur asosida yuz beradi. Ammo bu
yerda aqli zaif bolaning ijtimoiy rivojlanishi nuqson asosida rivojlanishini
unutmasligimiz kerak. Bu narsa aqli zaif bolaning bilish imkoniyatlarini
toraytiradi. Bosh miya yarim sharlarida organik buzilishlar borligi oqibatida
aqli zaif bolalar atrof-m uhitni buzilgan holda qabul qiladilar.
Hozirgi zamon defektologiyasi bosh miyadagi organik buzilishlar ma’lum
nuqsonlarga olib keladi, ammo bu nuqson o ‘zgarmas holat emas, deb
tushuntiradi. Bunday hollarda organizmning himoyaviy kuchiari o ‘z ta’sirini
o'tkazib, organizmning keyingi sharoitlarga moslashishiga yordam beradi.
Bunda organizmning rivojlanish imkoniyatlari ishga solinadi.Rivojlanishi
nuqson asosida davom etadi.
T a’lim-tarbiya ta ’siri ostida ayrim nuqsonlar to ‘g‘rilansa (korreksiya
qilinsa), ayrimlari yumshatiladi, ayrimlari kompensatsiya qilinadi. Shu
asosda barcha sohalarda oldinga qarab harakat qilinadi. Mana shu ishonchli
g‘oya nuqsonli bolalar ta’lim-tarbiyasining mohiyatini belgilovchi nazariy
ishlarning uslubiy asosini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: