Maxsus pedagogika



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/163
Sana31.12.2021
Hajmi6,87 Mb.
#249812
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   163
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po latova P.M

18


5-rasm.
  Debil  darajasidagi  aqli  zaif qiz  bola.
Aqli  zaif bolalar  bosh  miyasi  chuqur  zararlanganligi  sababli  barcha  oliy 
asab  faoliyatlari  buzilgan  boMadi.  Patologik  buzilishlar  shartsiz  reflekslarning 
hosil bo‘lishida ham namoyon bo‘ladi. Bu buzilishlar bosh miyaning qo‘zg‘alish 
va  tormozlanish  jarayonlarida  ham  o ‘z  aksini  topadi.  Hatto  ikki  signal 
sistemalarining o‘zaro aloqalarida buzilishlar ko‘zga tashlanadi.  Rus defektolog 
va  psixologlaridan  L.S.Vigotskiy,  L.V.Zankov,  G.Ye.Suxareva,  Т А  Vlasova, 
G .M .D u ln e v ,  N .G .M o ro z o v a ,  S .Y a.R u bin sh teyn ,  M .S .P ev zn er, 
G .I.R o sso lim o ,  V .G .P etro v a,  J .I.N a m o z b o y e v a ,  sh u n in g d ek , 
G ‘.B.Shoumarov,  K.Q.Mamedov,  P .M .Po‘latova,  V.S.Rahmonova  va 
boshqalaming tadqiqotlarida ko‘rsatilishicha, «aqli qoloq»likda ruhiy nuqson 
murakkab tuzilishga ega ekan. Ulaming ko‘rsatishicha, bir tomondan, birlamchi 
nuqson  ta’sirida  oddiy  aqliy  jarayonlar  buzilsa,  ikkilamchi  nuqson  sifatida 
ruhiyatning  oliy  shakllari,  xotira,  xarakter  belgilari  buzilar  ekan.
19


Oligofrenopedagogikaning  maxsus  markazida  turadigan  manba 
nuqsonning o ‘zi  emas,  balki  u bilan bog‘langan buzilgan  ruhiy holatlardir. 
Shu bilan birga, biz aqli zaif deb bu holatning turg‘unligini ham tushunamiz. 
Mana shu mezonning bor yoki yo‘qligiga qarab aqli qoloqlikni boshqa unga 
o‘xshash  turlardan  farqlashimiz  lozim.  Aqli  qoloqlikning  asosiy  belgilari:
a)  bosh  miyada  organik  buzilishning  mavjudligi;
b)  bilish  faoliyatlarining  umumiy,  chuqur  buzilganligi;
d)  bilish  faoliyatlari  buzilganligining  turg‘un  xarakterdaligi.
Aqli  zaif bolalar  guruhiga  quyidagi  bolalar  kirmaydi:
a)  aqliy  rivojlanmaganlik  bosh  miyaning  organik  buzilishlari  bilan 
bogiiq  bo‘lmagan  pedagogik  qarovsizlar;
b)  ruhiy  rivojlanishi  orqada  qolgan  bolalar;
d) 
aqliy jihatdan  saqlangan  bo‘lib,  chuqur  nutq  kamchiliklari  boigan 
bolalar.
Amaliyotda  ba’zan  bosh  miyasi  zararlangan  bolalarni  aqli  zaiflar  qatoriga 
qo‘sha  olmaymiz.  Bunday  hollarda bosh  miya  zararlanishi  bilish  faoliyatining 
buzilishiga olib kelmaydi.
Oligofrenopedagoglar biologik omillarga katta e’tibor beribgina qolmay, 
balki ta’lim-tarbiya, atrof-muhitga ham alohida e’tibor beradilar. Yordamchi 
maktablarning  boshlang‘ich  sinflaridagi  (korreksiyalovchi)  tuzatuvchi- 
tarbiyalovchi ta’lim  ta’sirida aqli zaif bolalar ruhiy jarayonlarida juda  katta 
siljishlar  yuz  beradi.
Hozirda  yordamchi  maktablarimizda  asosan  aqli  zaiflikning  yengil 
darajasi  —  debil  bolalar  ta ’lim  oladilar.  Bular  bir  toifaga  kirmaydigan 
sohalardir.  Bular orasida  amalda  kasalliklari  davom  etuvchi  bolalar  ham 
uchraydi.
Amalda  sog‘  bolalar  toifasiga  aqliy  nuqsonlar  ilk  rivojlanish  davrida 
kasallikka  chalinib,  kasalliklarining  rivojlanishi  to ‘xtagan  bolalar  kiradi. 
Bunday  bolalarning  keyingi  aqliy  rivojlanishi  nuqsoni  asosida  davom 
etadi.  Ammo  bular  amaldagi  SO G ‘  bolalardir.  Oligofren  bolalar  bu 
toifaning  asosiy,  tip ik   vakillaridir.  Bu  bolalar  yordam chi  maktab 
o ‘quvchilarining  asosiy  qism ini  tashkil  etadi.  Y ordam chi  m aktab 
o‘quvchilarining  ikkinchi  toifasini  aqliy  nuqsonlilikni  keltirib  chiqargan 
kasalliklari  davom  etadigan  bolalar tashkil  etadi.  Bunday bolalar m a’lum 
rivojlanish  davrigacha  m e’yorida  rivojlanib,  keyinchalik  kasallikka 
chalinganlardan iborat.  So‘nggi yillarda tabiiy fanlaming rivojlanishi asosida 
oligofreniyaning  etiologiyasi  va patogenezi  haqidagi  m a’lumotlar yanada 
kengaydi.
G.Ye.Suxarevaning (1965,1972) tasnifnomasi birmuncha keng tarqalgan 
bo‘lib,  u  tomonidan  oligofreniyaning  quyidagi  shakllari  ajratilgan:
I.  Endogen xarakterdagi oligofreniya (daun,  mikrosefaliya).
II. Embrio va fetopatiya (yuqumli kasalliklar, zaxm, garmonal buzilishlar).
20


III.  Turli  zararli  ta’sirlar  oqibatida  kelib  chiqadigan  oligofreniya.
Qator  oligofreniya  tasnifnomalari  klinik-patogenetik tamoyil  asosida 
tuzilgan.  Bularga  rus  psixolog,  defektologlardan  M.S.  Pevzner  (1959, 
1965,  1979),  S.  S.  Mnuxin  (1961),  O. Ye.  Freyerov (1964),  D.Ye.Melexov 
(1965),  G.Ye.Suxareva  (1965),  D.N.Isayev  (1970)  fikrlarini  ko‘rsatish 
mumkin.
M .S.Pevzner  tasnifnomasida  asosiy  nuqson  tuzilishi  bilan  birga 
neyrodinam ik,  psixopatologik  va  boshqa  buzilishlarni  ajrata  olish 
imkoniyatlari  berilgan.  Oligofreniyani  bunday  tasniflash  ular  bilan  olib 
boriladigan  psixologopedagogik  tuzatish  usullarini  belgilashga  yaxshi 
yordam  beradi.  M.S.Pevzner  oligofreniyaning  quyidagi  asosiy  turlarini 
ajratib  ko‘rsatadi:
1.  Oligofreniyaning  murakkablashmagan  tun.
2.  Neyrodinamik jarayonlari  buzilgan oligofreniya.
3.  Xulqi  psixopat  xarakter  kasb  etuvchi  oligofreniya.
4. Turli  analizatorlari  buzilgan  oligofreniya.
5. Peshona qism yetishmovchiliklari yaqqol ko‘rinib turuvchi oligofreniya.
Oligofreniyaning  murakkablashmagan  turida  qo‘pol  ruhiy, jismoniy
buzilishlar  deyarli  uchramaydi.  Bunday  bolalar,  odatda,  mehnatsevar, 
intizomli  bo'ladilar,  ularning  asab  sistemalari  turg‘undir.  Biror  ish 
bajarganda  ular  yetarli  darajada  diqqatlarini  bir  joyga  yig‘a  oladilar. 
Hissiyotlari  ham  nisbatan  saqlangan.  M aktabda,  oilada  turli  yumush- 
larga  yordam   beradilar,  yordam chi  rnaktab  dastur  m ateriallarini 
muvaffaqiyatli  o ‘zlashtiradilar.  M urakkablashm agan  oligofreniyada 
nevrologik  buzilishlar,  tana  tuzilishidagi  nomutanosibliklar  juda  kam 
uchraydi.
N eyrodinam ik  jarayonlari  buzilgan  oligofrenlarda  aqliy  nuqson 
qo‘zg‘aluvchanlik yoki tormozlanuvchanlik bilan birga keladi. Aqliy faoliyat 
diqqatning  tarqoqligi,  impulsivligi,  harakat  tizimlarining  buzilganligi 
natijasida yanada ko‘proq buziladi.
Tez-tez  bo'lib  turadigan  bosh  og‘rig‘i,  vegetativ  distoniya,  nevroz 
xarakterdagi  buzilishlar  aqliy  faoliyat  jarayonlariga  o ‘zining  salbiy 
ta ’sirini  o ‘tkazadi.  Bu  toifaga  apatik-dinam ik  buzilishlari  bo'lgan 
oligofrenlarni  ham kiritish  mumkin. Xulqi psixopat mazmun kasb etuvchi 
oligofrenlarda jinsiy  intilishlarning  buzilishi,  daydib  yurishga  moyillik, 
o ‘g‘rilikka ruju qo‘yish holatlari ko‘rinib turadi.  Bunday nuqsonlar asosan 
meningoensefalit,  meningit,  bosh  miyasi  jarohat  olgan  oligofrenlarga 
xosdir.
Bosh miya organik buzilishlari natijasida kelib chiquvchi aqliy nuqson 
bilan  birga  m a’lum  analizatorlarning  jarohatlanishi  ham  yuz  berishi 
mumkin.  Aqliy  nuqson  ko‘rish,  eshitish,  nutq  va  harakat  tizimidagi 
nuqsonlar bilan birga keladi.  Ba’zi hollarda aqliy nuqson markaziy falajlar
21


bilan qo'shilib ham kelishi mumkin.  Buning sabablari turli-tuman boiishi 
mumkin.  Organizmda  modda  almashinuvining  buzilishi,  rezus  faktor, 
genetik  nuqsonlar  ham  bunday  turdagi  oligofreniyaning  kelib  chiqishiga 
sabab  bo‘lishi  mumkin.
Aqliy  nuqson  peshona  qism  kamchiliklari  bilan birga  kelganda bilish 
faoliyatining  maqsadga  muvofiqligi  qo'pol  buzilgan  bo‘ladi.  Ayrimlarida 
bo‘shanglik,  so‘zsiz bo'ysunish  ko‘zga  tashlansa,  boshqalarida  uyatsizlik, 
kayfiyatning  sababsiz  ustunligi,  tez-tez  diqqatning  tarqalib  turish  hollari 
uchrashi  mumkin.  Bunday  bolalar  nutqi  tashqi  tom ondan  juda  “boy, 
serm azm un”  b o ‘lib  tuyulsa-da,  aslida  ularga  o ‘zlarining  gaplarini 
tushunm aslik,  birovlarning  fikrlarini  qaytarish,  o'zlariga  tanqidiy 
qaramaslik  xislatlari  xosdir.  Salbiy  ta ’sirlarning  bola  organizmiga  ikki 
yoshidan  keyingi  ta ’siridan  kelib  chiqadigan  oligofreniya  demensiya  deb 
yuritiladi.  Demensiyani  keltirib  chiqargan  sabablar,  uning  kechish 
xususiyatlari,  asoratlariga qarab organik,  epileptik va shizofrenik demensiya 
kabi  turlarga ajratiladi.
Barcha yordamchi maktab o ‘quvchilarini amaliy maqsadda ikki guruhga 
bo'lish  mumkin.
Birinchi  guruhga  rivojlanish  davrining  m a’lum  bosqichlarida  bosh 
miyasi  zararlanib,  nuqson  asosida  rivojlanayotgan  amaldagi  sog‘  bolalar 
kirsa,  ikkinchi  guruhga  maktab  ta’limi  davrida  ham  kasalliklari  davom 
etib  boruvchi  bolalar  kiradi.
Birinchi  guruhga  kiruvchi  bolalarni  yana  ikkita  ti pik guruhlarga 
bo‘lamiz.  Birinchi kichik guruhni shartli  ravishda A deb belgilasak, ikkinchi 
kichik guruhni  В deb belgilaymiz. A guruhga  bosh  miyasi homila yoki ilk 
chaqaloqlik  davrida  zararlangan  bolalar  (oligofrenlar)  kirsa,  В  guruhga 
bosh  miyasi  zararlangan  bog‘cha  yoki  kichik  maktab  yoshidagi  bolalar 
kiradi.
Ikkinchi guruhga hayotda, ta ’lim-tarbiya jarayonida kasalliklari davom 
etuvchi  aqliy  nuqsonlilar  kiradi.  Bunday  kasalliklarga  misol  qilib  asab 
sistemasining  revmatizmi,  bosh  miya  zaxmi,  epilepsiya  (tutqanoq), 
shizofreniya,  gidrosefaliya  va  boshqalar  kiradi.
Aqliy nuqsonning chuqurligiga qarab oligofreniya uch darajaga ajratiladi: 

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish