Imbetsillik
debil darajadan birmuncha og‘ir darajadir. Aqliy nuqsonning
imbetsillik darajasida oligofreniyaning o'ziga xos xususiyatlari va namoyon
bo‘lishi birmuncha yaqqol ko‘rinadi. Birinchi navbatda, bu muayyan
holatlarda umumlashtira olmaslik, hatto oddiy tushunchalami hosil qila
olmasligi bilan ajralib turadi. Imbetsil bolalarning mantiqiy fikrlash
jarayonlari juda past darajada bo‘ladi. 0 ‘qigan materialning mazmunini
ilg‘ab ololmaydilar. Yordamchi savollar orqaligina qisman mazmunini
tushunishlari mumkin. Ko‘rish va eshitish analizatorlari qabul qilgan
axborotlarni tahlil qila olmasligi natijasida harflarni eslab qolishda
qiynaladilar, o'xshash tovushlarni bir-birlariga aralashtirib yuboradilar.
Kitobdagi matnlarni mexanik ravishda o ‘qib, mazmunini tushuntira
olmaydilar. 0 ‘ngacha sanash, o‘n ichida hisob-kitob qilishlari mumkin.
Lekin ularda
murakkab son haqidagi tushunchalar yo‘q. Ularning so‘z
boyligi kam boiib, nutqi ifodasiz, jumlalari qisqadir.
Ularning harakati deyarli differensiyalashmagan. Sekin harakat qilish,
bo‘shanglik yozuv va mehnat malakalarini egallashlariga xalaqit beradi.
Ular faoliyatlarida tashabbuskorlik, mustaqillikka intilish kabi shaxsiy
xislatlar bo'lmaydi. 0 ‘zlarining mustaqil ishlarini aqliy jihatdan tushuntirib
bera olmaydilar. 0 ‘rgangan ish uslubi, malakalar o'zgartirilsa bu bolalar
shoshib qoladilar. Shu sababli ulami hayotga moslashtirishda muntazam
nazoratga, rahbarlikka va yordam ga m uhtojlik sezadilar. Ayrim
m a’lumotlarni o ‘zlashtirish qobiliyatlarini ko‘rish mumkin. Ba’zan sodda
jumlalami tushuna oladilar, narsalaming sodda, umumiy belgilariga qarab
ulaming farqlarini bilishlari mumkin. Ularni o ‘qish, yozish va tartibli
sanash elementlariga o‘rgatish mumkin. 0 ‘zlariga xizmat ko‘rsatishning
elem entar malakalari bor. Elementar hissiyotlari nisbatan saqlangan
bo‘lib, hamdardlik, yordam berishga intilish, rag‘batlantirish va tanqidga
to ‘g‘ri munosabatda bo‘lish nisbatan saqlangan. 0 ‘z imkoniyatlariga to ‘g‘ri
baho berish, o ‘zlarining mhiy va jismoniy nuqsonlari uchun qayg'urish
ham uchraydi. H arakat tizim lari q o ‘polligi bilan ajralib
turadi.
M urakkablashm agan oligofreniyaning yengil va o ‘rta darajasidagi
imbetsillar jismoniy mehnatning oddiy turlarini egallashlari mumkin.
Imbetsillikning og‘ir darajalarida ularni eng sodda ish turlariga ham
o ‘rgatish mumkin emas. Imbetsillikda aqliy nuqson turli xilda namoyon
bo‘ladi. Imbetsillikning yengil turlarini debillikning og‘ir turlaridan ajratish
birmuncha qiyin diagnostik ishdir. Bunday hollarda, yaxshisi, yengil
darajadagi imbetsillarni yordamchi maktablardagi diagnostik sinflarga
yuborish maqsadga muvofiqdir. Imbetsil darajadagi oligofrenlarda
reflekslarning buzilishlari ham ko‘zga tashlanishi mum kin. Ba’zan
tutqanoqlar bo‘lishi mumkin. Bosh miya tuzilishining displaziyasi —
mifcrosefal va gidrosefal holatlar uchraydi. Ulaming tana tuzilishida jismoniy
buzilishlar, serebral endokrin buzilishlari ko‘zga tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: