2-BO B. M AXSUS TA’LIM T1ZIMI
2.1. M axsus muassasalar
Maxsus ta’lim tizimi deganda jismoniy va ruhiy kamchiliklarga ega bo‘lgan
bolalarga (ko‘zi ojiz, kar-soqov, aqli zaif, tayanch harakati
apparatida nuqsoni
bo‘lgan, nutq nuqsoni boigan bolalar) aniq maqsadni ko‘zlab «korreksiya»,
«kompensatsiya», «reabillitatsiya» ishlarini amalga oshiradigan maxsus ta’lim
muassasalari: ko‘zi ojiz bolalar uchun, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar
uchun, aqli zaif bolalar uchun maktab-intematlar tushuniladi.
Har bir mamlakat xalq ta’limi tizimining taraqqiyoti shu mamlakatda
ishlab chiqarish kuchlarining, ishlab chiqarish munosabatlarining rivojiga va
jamiyat taraqqiyotiga bog‘liq boMadi.
Mamlakatimiz istiqlolga erishgandan keyin xalq maorifini rivojlantirish
masalalariga, yetuk defektolog mutaxassis kadrlar tayyorlashga katta e’tibor
berilmoqda.
0 ‘zbekiston Konstitutsiyasiga asoslangan holda fuqarolaming millatidan,
dinidan, jinsidan, ijtimoiy ahvolidan qat’i nazar, ta’lim olishga huquqliligi
tamoyili qaror topgan. Nogironlami ijtimoiy-huquqiy himoya qilishni davlat
o‘z burchi deb biladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan boshlab nogiron bolalarga
maxsus ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, yangi milliylik va o‘z-o‘zini
anglash ruhida tarbiyalash, o‘qitish, yangi darsliklar, o ‘quv qo‘llanmalari
tayyorlashga katta e’tibor bermoqda, bundan tashqari nogironlami himoya qilish
bo‘yicha bir qancha buyruqlar va qarorlar tayyorlangan. Xalqimizning, shu
jumladan, nogironlar va nogiron bolalar, ulaming jismoniy, aqliy, psixik
rivojlanishini yaxshilash, hayotga moslashtirish yollarini ishlab chiqish ko‘rsatilgan.
Nogironlikning oldini olish va nogironlami tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish
yuzasidan Vazirlar mahkamasining 1995-yil 11-noyabrda qabul qilingan 433-sonli
«0‘zbekiston Respublikasining nogironlami reabilitatsiya qilish bo‘yicha 1996—2000-
yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi», 2000—2005-yilga m o‘ljallangan davlat
dasturi qabul qilingan va qator tadbiiiar ishlab chiqilgan. Eng awalo, nogironlikning
oldini olish, nogironlami tibbiy va ijtimoiy reabilitatsiya qilish, ulaming ruhiyatini
yaxshilash va sog‘lomlashtirish,nogironlikni ilk bor aniqlash, saralash, maxsus
ta’lim-tarbiya berish va korreksion-pedagogik ishlar orqali korreksiyalash, kasbga
yo‘naltirish, hayotga moslashtirish, jismoniy tarbiyalash, nogironlar bilan ishlash
uchun kadrlar tayyorlash masalalariga oid qonun va buyruqlar mavjuddir.
26
Ko'rinib turibdiki, nogiron, alohida yordamga muhtoj bolalar ham zamon
talabigajavob beradigan ilmiy bilimlaming elementar asoslarini egallashi, hayotda
o‘z o‘mini topa olishlari haqida davlatimiz mustaqfflikning dastlabki yillaridayoq
g‘amxo‘rlik qila boshlagan. 0 ‘zbekiston Respublikasida barcha maxsus ta’lim-
tarbiya muassasalari davlat ixtiyorida ekanligi, bu tashkilotlami davlat mablag'
bilan ta’minlashi nazaida tutiladi. Maxsus ta’lim-tarbiya muassasalarining faoliyati
davlat tomonidan boshqarilib boriladi. Shu kabi tadbirlar maxsus ta’lim ustidan
davlatning siyosatini amalga oshirish, o‘quv reja va dasturlarining yagona bo‘lishini
ta’minlash imkoniyatini beradi. Nogiron bolalarning barcha turlari uchun maxsus
maktab, maktab-intematlar, sog‘lomlashtirish sanatoriyalarida ta’limning bepul
ekanligini ta’kidlash mumkin.
Shuni aytish zamrki, maxsus ta’lim tizimining o‘ziga xos bo‘lgan tomoni —
uch vazirlik: Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ijtimoiy ta’minot
vazirligi tasarmfida ekanligidir.
Yordamchi maktabda o ‘quvchilar nazoratsiz qolmasligi uchun moddiy
imkoni bo‘lgan maktablarda kuni uzaytirilgan guruhlar tuzilgan, yetim bolalar
uchun bolalar uylari, maxsus maktab-intematlar tashkil etilgan:
— maktabgacha tarbiya — aqli zaif bolaning ilk yoshidan 7—8 yoshigacha;
— boshlang‘ich ta’lim — 1—4-sinflar;
— o'rta maxsus ta’lim — 5—9-sinflar;
— kollej — aqli zaif o‘quvchilaming qobiliyatli va kasb-hunarga qiziqqan
hamda o‘qishni davom ettirishga layoqatli bolgan bolalami
maxsus gumhlarda
(kollejlarda integratsiya usulda) o ‘qitishi kasb-hunar ta’limi bandlarigina
taalluqlidir. Chunki aqli zaif o'quvchilar boshqa yuqori darajada ta’lim
olishlariga ularning aqliy nuqsonlari imkon bermaydi. Lekin kasb-hunar
kollejlarida aqli zaif o'quvchilaming nuqson darajalari inobatga olingan holda
ta’lim olishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: