Maxsus pedagogika


1.4.  Oiigofrenopedagogikada  foydalaniladigan



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/163
Sana31.12.2021
Hajmi6,87 Mb.
#249812
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   163
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po latova P.M

12


1.4.  Oiigofrenopedagogikada  foydalaniladigan 
tadqiqot  uslublari
Tarbiyaga  oid  barcha  ish  tajribalarini  o'rganmay  va  umumlashtirmay, 
pedagogik  jarayonni  chuqur  tadqiq  qilmay  turib  pedagogika  fanini 
rivojlantirib bo‘lmaydi.  Dialektik materializm pedagogikani  ilmiy bilishning 
umumiy  usuli  bilan  qurollantiradi,  ammo  boshqa  har  qanday  fan  kabi 
oligofrenopedagogika  fanining  ham  xususiy  o‘ziga  xos  tadqiqot  uslublari 
mavjud.  Ilm iy -tad qiqo t  uslublari  —  bu  qo n u n iy   b og‘lanishlarni, 
munosabatlami, aloqalami o‘rganish va ilmiy nazariyalarni tuzish maqsadida 
ilmiy  axborotlarni  olish  yo‘llaridir.  Kuzatish,  eksperim ent,  maktab 
hujjatlarini  o‘rganish,  o‘quvchilar  ishlarini  o ‘rganish,  suhbat  va  anketalar 
o ‘tkazish  ilmiy-pedagogik  tadqiqot  uslublari jumlasiga  kiradi.
Ilmiy  tekshirish  yo‘nalishlari  quyidagilardan  iborat:
a) o ‘quvchilami pedagogik o'rganish,  nuqson tuzilishining kelib chiqish 
sabablarini  aniqlash,  o ‘ziga xos shaxsiy sifatlarini,  bilish  imkoniyatlarining 
rivojlanish  darajasini  o‘rganish;
b)  aqliy  taraqqiyotdagi  nuqsonlarni  korreksiyalashning  samarali 
yo‘llarini,  sharoitlarini  aniqlash;
d)  o'quvchilarga  pedagogik  ta ’sir  etishning  ilg‘or  usullarini  ishlab 
chiqish  va  takomillashtirish;
e) rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar ta’lim tizimi va ulaming ijtimoiy 
mehnatga  moslashishini  yanada  rivojlantirish  imkoniyatlarini  aniqlash.
Uslublar tizimida o ‘quvchi!ami  o'rganishga bag‘ishlanganlari  alohida 
ahamiyatga ega.  Chunki  oligofrenopedagog amalda  ruhiy  rivojlanishning 
individual  mazmuni  talab  etgan  murakkab  ko‘rinishlarga  duch  keladi. 
Maktab hayotida o ‘quvchilarni o ‘rganish uchun kichik darajadagi axborot 
materiallari  yig‘iladi.  Bularga  o'quvchilar bilish  faoliyatlarining  ongliligi, 
ulardagi  umumlashtirish  va  abstraksiyalashning  rivojlanganlik  darajasi, 
bilish  jarayonlarining  dinamikligi,  mustaqillik  darajasi,  uquvchanligi, 
o ‘quv ish qobiliyatlari va boshqalar kiradi.  Pedagogik holatlami tekshirishda 
oligofrenopedagogika  umumpedagogik,  psixologik,  klinik  uslublardan 
foydalanadi.  Kuzatish,  suhbat,  psixologopedagogik  tajribaning  turli 
variantlari,  klinik  tekshirish,  o‘quvchilar  faoliyat  mahsulotlarini  tahlil 
qilish,  ijtimoiy  uslublar  (so‘rash,  savol-javob,  anketa,  o‘z-o‘ziga  baho 
berishlar)dan  keng  foydalaniladi.
Bu  uslublarning  qo‘llanilish  xususiyatlari  pedagogik  adabiyotlarda 
yetarli  ochib  berilgan.  Bu  uslubdan  foydalanganda  normal  va  nuqsonli 
bolalar  taraqqiyoti  taqqoslanadi.  Turli  klinik  shakllardagi  aqli  zaiflik 
natijalari  nisbiy o ‘rganiladi. Ayniqsa,  aqli zaif bolalarni o ‘rganishga katta 
e’tibor  beriladi.  Bu  dinamik  xarakter  kasb  etib,  o ‘z  ichiga  quyidagi 
davrlarni  oladi:
13


1.  Bolaning  rivojlanishida chetga  chiqishlar aniqlangach,  uni  oilada 
o ‘rganish.
2.  Bola sog‘lig‘ini  nazorat  qilish,  davolash  uchun  nazorat  qilish.
3.  Yordamchi  maktab  davrida bola sog‘lig‘ining  nazorati  uchun  ulami 
izchil  ko'riklardan  o ‘tkazib  turish.
4.  Bolani yordamchi maktab ta ’limiga yuborish uchun uni aihiy-tibbiy- 
pedagogik komissiyada o'rganish.
5.  Maktabga  kelish  oldidan  bolani  takroriy  maktab  tibbiy-pedagogik 
komissiyada o'rganish.
6.  0 ‘qituvchi  va  tarbiyachi  tomonidan  bolani  izchil  ravishda,  butun 
maktab  ta’limi  davomida  o ‘rganish.
7.  Bolani  maktab  ta’limidan  keyingi  katamnestik  o ‘iganish.
Bolani  bunday  m untazam ,  uzluksiz  tekshirish,  o ‘rganish  barcha 
taraqqiyot  davrlaridagi  materiallar  bilan  obyektiv  ravishda  tanishtiradi. 
H ar  bir  tekshirilayotgan  ko‘rsatkich  asosiy  aqli  zaiflikning  asosiy 
ko'rsatkichi bo'lgan  umumlashtirishning rivojlanmaganligi  bilan bog‘liqligi 
e’tiborga  olinishi  lozim.  Shaxsning  ayrim  sifatlari  tekshirilayotganda  bir 
butunlik tamoyiliga alohida e’tibor beriladi.  Shaxsga bunday  munosabatda 
bo'lish  bolaga  ijobiy  va  salbiy  xislatlar  yig‘indisi  deb  qarash  emas,  balki 
uni o'ziga xos butunlik deb tushunmog‘imiz darkor. Shu asosda asosiy nuqson 
va  ikkilamchi  hosilalarni  to‘g‘ri  aniqlashimiz  mumkin.

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish