Maxsus pedagogika


1-BOB.  OLIGOFRENOPEDAGOGIKANING  UMUMIY



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/163
Sana31.12.2021
Hajmi6,87 Mb.
#249812
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po latova P.M

3


1-BOB.  OLIGOFRENOPEDAGOGIKANING  UMUMIY 
MASALALAM
1.1.  Defektologiya  fani  taraqqiyoti  haqida
Tarixga,  aniqrog‘i,  o ‘z  tarixim izga  nazar  solish  har  taraflam a 
foydadan xoli emas.  1920-yillarga qadar bizning o ‘lkalarda defektologiya 
sohasida aytarli ishlar qilinmagan.  Shu bois bu sohada m a’lum yutuqlarga 
erishgan rus va chet el defektologlarining maxsus ta ’lim-tarbiya sohasidagi 
ishiaridan foydalandik va foydalanishga o ‘zimizda ehtiyoj sezdik.  Markaziy 
Osiyoda  1920-yillarda birorta turdagi maxsus muassasalar yo‘q edi.  Chor 
Rossiyasi  davrida  esa  nuqsonli  bolalar  ta ’lim -tarbiyasi  bilan  shu- 
g‘ullanadigan  xususiy  sinflar,  xayriya  jamiyatlari  mavjud  bo‘lib,  5—6 
foizgina nuqsonli bolalar davlat tom onidan tashkil etilgan maxsus ta ’lim- 
tarbiyaga jalb  etilgan  edi.
Mamlakatda avj olib ketgan yuqumli kasalliklar, ochlik, tozalikka rioya 
qilmaslik,  har  xil  shikastlanishlar  va  boshqa  bir  qancha  sabablar  keltirib 
chiqargan  bolalardagi  nuqsonlilik  yuqori  darajada  edi.
1929-yilda  0 ‘zbekiston  Respublikasi  markaziy  ijroiya  qo‘mitasi  raisi 
Y o‘ldosh  Oxunboboyev  tashabbusi  bilan  nuqsonli  bolalar  uchun 
Toshkentda alohida maktab ochildi.
Ko‘r  bolalar  uchun  mo‘ljallangan  binoda  dastlab  maktab  yoshidan 
o ‘tgan 20 bola ta’lim oldi. Undan so‘ng bu maktabga maktabgacha yoshdagi 
bolalar  qabul  qilindi.  1931 -yildan  e ’tiboran  Y.Oxunboboyev  nomli 
maktabda maktabgacha tarbiya guruhi ishlay boshladiki,  bu bolalar orasida 
uchraydigan nuqsonlilikka qarshi olib borilgan  kurash samarasi  edi.  1930— 
31-o‘quv yilida ta ’lim o ‘zbek tilida olib boriladigan ko‘r bolalar  1-sinfining 
ochilishi  muhim  siyosiy  ahamiyat  kasb  etgan  voqea  bo'ldi.  30-yillarning 
oxirlariga kelib Qo‘qon va Buxoroda ham xuddi shunday maktablar ochildi. 
1931 -yilda  nuqsonli  bolalarni  majburiy  ta’limga  jalb  etish  haqida  qaror 
qabul qilindi.  Moskva va Leningrad pedagogika oliy o‘quv yurtlarida hamda 
Toshkentdagi 3-pedagogika bilim yurtida o ‘zbek tilida maxsus mutaxassislar 
tayyorlana boshlandi.
1941—1945-yillarda ham  respublika  xalq  maorifi  rahbariyati,  mahalliy 
xalq  maorifi  organlari  nuqsonli  bolalaming,  jumladan,  urush  ketayotgan 
joylardan  ko‘chirib  keltirilgan  bolalarning  ahvolini  va  ularga  xizmat 
ko‘rsatishni yaxshilash,  hamma joylarda nuqsonli bolalarni  ta’limga tortish 
ishini  davom  ettirdilar.  Nuqsonli  bolalarga  ta’lim-tarbiya  berish  vazifalari
4


ijtimoiy  foydali  mehnat  bilan  uzviy  bog‘langan  holda  hal  etila  boshlandi. 
Maxsus  maktab  o ‘quvchilari  front  uchun  m a’lum  miqdorda  asbob- 
uskunalar  tayyorlab  berdilar.
Urushdan  keyingi  davrda  Respublika  Maorif vazirligi  «Каг,  soqov  va 
k o ‘r  bolalarning  um um iy  m ajburiy  ta ’lim ini  ta ’m inlash  choralari 
to‘g‘risida»  Qaror  qabul  qilganligi  munosabati  bilan  bu  toifa  nuqsonlilar 
uchun, shuningdek,  katta yoshdagi nuqsonli bolalar uchun maxsus maktab- 
internatlar soni  ancha ko‘paydi.  Shu bilan bir qatorda  respublikaning turli 
viloyat  va  shaharlarida  aqliy  rivojlanishdan  orqada  qolgan  bolalar  uchun 
maktab,  maktab-internatlar  tashkil  etila  boshlandi.  Ko‘rilgan  tadbirlar 
oqibatida  ruhiy  va jismoniy  nuqsoni  bo‘lgan  anchagina  bolalami  maxsus 
ta’lim  bilan  qamrab  olish  imkoni  tug‘ildi.  Agar  1960—1961-o‘quv  yilida 
0 ‘zbekistonda 20 ta maxsus muassasalar bo‘lgan bo‘lsa,  1973—1974-o‘quv 
yilida bunday  muassasalar 43  taga yetib,  tarbiyalanuvchilar soni  9000  dan 
o rtib   ketdi.  1991 — 1 99 2 -o ‘quv  yiliga  kelib  esa  b u n d ay   maxsus 
muassasalarning  77  tasi  ish  olib  bordi.  T a’lim-tarbiyaga  jalb  etilgan 
nuqsonlilar  soni  20000  ga  yaqinlashib  qoldi.  Odatda  oliy  defektologik 
m a’Iumotli mutaxassislar Moskva,  Leningrad,  Kiyev,  Kishinyov va boshqa 
shaharlarda  tayyorlanar  edi.  Hozir  tayanch  harakat  sistemasi  buzilgan 
bolalar  maktabi  faoliyat  ko‘rsatmoqda.  Keyingi  yillarda  ruhiy  rivojlanishi 
sustlashgan  bolalar  ham  alohida  maxsus  ta’lim-tarbiya  olmoqda.
Maxsus  maktablar  uchun  oliy  m a’Iumotli  defektologlar  tayyorlash 
ishi  Markaziy  Osiyoda  birinchi  bo‘lib  1967-yilda  boshlangan  edi.  Dastlab 
Toshkentdagi  Nizomiy  nomli  pedagogika  institutining  pedagogika  va 
psixologiya fakulteti qoshida, hozir esa boshlang‘ich ta’lim va defektologiya 
fakulteti sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.  Defektologiya fakulteti tarixiga 
nazar  solsak,  dastlab  4  yillik  kunduzgi  bo‘lim  tashkil  etilib,  1968— 1969- 
o ‘quv  yilidan  kechki  bo‘lim  ham  faoliyat  ko‘rsata  boshladi.  1973-yildan 
boshlab  esa  kar  va  zaif  eshituvchilar  maktablari  uchun  surdopedagoglar 
tayyorlash  boshlandi.
0 ‘zbekiston aholisining aksariyatini  14 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil 
qiladi.  Shular  ichidagi  nogiron  va  alohida  yordamga  muhtoj  bolalarning 
hammasi  hisobda.  Nogiron,  kasalmand  bolalar  uchun  maxsus  maktab- 
internatlar  tashkil  qilingan.  Yosh  avlodni  har  tomonlama  sog‘lom  kamol 
toptirish  ishi  davlatimiz g‘amxo‘rligi  va nazoratida bo‘lib  kelayotir.
«Sog‘lom  avlod  uchun»  dasturini  amalga oshirish barchamizni  e’tiqod 
va qat’iyat bilan faoliyat  ko‘rsatishga undaydi.
0 ‘tgan davrda 0 ‘zbekiston  Respublikasining defektologiya sohasidagi 
birinchi olimasi — pedagogika fanlari nomzodi, dotsent S.ShAytmetovadir. 
Sh.Aytmetova defektologiya fakultetining mustaqil fakultet sifatida tashkil 
etilishida va dastlabki defektolog mutaxassislami  yetishtirib berishda katta 
xizmat qildi.
5


1971-yilda  oligofrenopedagog  va  logoped  mutaxassisligining  birinchi 
qa]dirg‘ochJari  uchirma  qilindi.  Defektologiya  bo‘limida  ana  shu  birinchi 
qaldirg‘ochlardan bo‘lgan V.S.Rahmonova mutaxassis sifatida ish boshladi. 
Keyin  shu  fakultetning  iqtidorli  yosh  mutaxassislaridan  B.Shoumarov, 
K.Mamedov,  H .P o‘latovalar  kafedraga  o ‘qituvchilikka  qabul  qilindi. 
Kafedraning  iqtidorli  mutaxassisi  G ‘.B.Shoumarov  defektologiya  fanini 
rivojlantirishda katta muvaffaqiyatlarga erishdi.  Hozirda pedagogika fanlari 
doktori,  professor  G ‘.B.  Shoumarov  bir  necha  shogirdlar  yetishtirgan. 
Uning umumiy psixologiya va maxsus psixologiya faniga oid e ’tiborga molik 
tavsiyalari,  o ‘quv  qo'llanmalari  va  darsliklari  mavjud.  Olimning  «Ming 
bir savolga ming birjavob» nomli kitobi,  «Oila va muhabbat»,  «Oila etikasi 
va  psixologiyasi»  ilmiy-ommabop  o ‘quv  qo‘llanmasi,  G ‘.Shoumarov, 
K.Mamedov  bilan  hammualliflikda  yozgan  «Rivojlanishi  sustlashgan 
bolalar  diagnostikasi»  (1998)  kabi  o ‘quv  qo'llanmalari  muhim  ahamiyat 
kasb  etadi.
K.Mamedov  ham  defektologiya  fakultetining  ravnaq  topishida  o ‘z 
hissalarini  qo‘shganlardan  hisoblanadi.  K.Mamedov  yordamchi  maktab 
o‘quvchilari psixologiyasini o‘qitish  uslubiyatini o'zbek tilida ishlab chiqdi 
va  oligofrenopsixologiya  fanidan  bir  qator  o ‘quv  qo‘llanmalari  yozdi. 
Jumladan,  «Aqli  zaif  o ‘quvchilar  psixologiyasi»,  «Ruhiy  rivojlanishi 
sustlashgan  bolalar  psixologiyasi»,  A.Soatov,  P .M .P o ‘latova  bilan 

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish