uni tasarrufidan chiqarishi bilan bogliq «yirik bitimlar» (shartno-
malar) alohida qayd qilingan.
Unda quyidagilar yirik bitimlar (shartnomalar) deb hisoblanadi:
1. Bitimlar tuzish haqida qaror qabul qilinayotgan sanada
jamiyat aktivlari balans qiymatining yigirma besh foizidan ortiq
qiymatga ega bolgan mol-mulkni jamiyatning olishi yoki ta-
sarrufidan chiqarishi bilan bogliq, yoxud jamiyat bevosita, yoki
bilvosita mol-mulkni tasarrufidan chiqarishi ehtimoli bilan bogliq
bitim, yoki ozaro boglangan bir necha bitim (oddiy xojalik
faoliyatini yuritish asnosida sodir etiladigan bitimlar bundan
mustasno);
2. Jamiyat tomonidan ilgari joylashtirilgan oddiy (odatdagi)
aksiyalarning yigirma besh foizidan koprogini tashkil etadigan
oddiy (odatdagi) aksiyalarni yoki oddiy (odatdagi) aksiyalarga
93
ayirboshlanadigan imtiyozli aksiyalarni joylashtirish bilan bogliq
bir yoki ozaro boglangan bir necha bitim.
Yirik bitimga sabab bolgan mol-mulk qiymatini aniqlash jamiyat
kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Qiymatli bitim tuzish togrisida qaror qabul qilinayotgan sanada
jamiyat aktivlari balans qiymatining yigirma besh foizidan ellik
foizigachasini tashkil etuvchi mol-mulk xususida bolgan yirik bitim
tuzish togrisidagi qaror kuzatuv kengashi tomonidan yakdillik
bilan qabul qilinadi, bunda kuzatuv kengashining tarkibdan chiqib
ketgan azolari ovozi hisobga olinmaydi.
Yirik bitim tuzish masalasida jamiyat kuzatuv kengashining
yakdilligiga erishilmagan hollarda yirik bitim tuzish togrisidagi
masala kuzatuv kengashi qaroriga muvofiq aksiyadorlar umumiy
yigilishi hukmiga havola etilishi mumkin.
Bitim tuzish togrisida qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat
aktivlari balans qiymatining ellik foizidan ortiq qiymatni tashkil
etuvchi mol-mulk xususida yirik bitim tuzish togrisidagi qaror
aksiyadorlar umumiy yigilishi tomonidan yigilishda qatnashayotgan
ovoz beruvchi aksiyalar egalari bolgan aksiyadorlarning tortdan
uch qismidan iborat kopchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Shuning
uchun ham xojalik shartnomalarini tuzish jarayonida shartnomani
imzolayotgan shaxs vakolatini tekshirish muhim ahamiyatga ega.
Agar, shaxsning xojalik shartnomasini tuzish vakolatlari
shartnoma bilan yoki yuridik shaxs vakolatlari uning tasis hujjatlari
bilan ishonchnomada, qonunda belgilab qoyilganiga nisbatan,
yoinki shartnoma tuzilayotgan vaziyatdan aniq korinib turgan deb
hisoblanishi mumkin bolgan vakolatlariga nisbatan cheklab qoyilgan
bolsa va shartnomani tuzish paytida bunday shaxs, yoki organ ana
shu cheklashlar doirasidan chiqib ketgan bolsalar, shartnomadagi
ikkinchi taraf mazkur cheklashlarni bilgan yoki oldindan bilishi
lozim bolganligi isbotlangan hollardagina shartnoma cheklash
belgilanishidan manfaatdor bolgan shaxsning davosi boyicha sud
tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Xojalik shartnomasi tuzilgan paytdan boshlab kuchga kiradi va
taraflar uchun majburiy bolib qoladi. Òaraflar ozlari tuzgan
xojalik shartnomasining shartlarini ularning shartnoma tuzilishidan
oldin vujudga kelgan munosabatlariga nisbatan qollaniladi deb
belgilab qoyishga haqlidirlar. Xojalik shartnomasi shartnoma
94
shartlariga hamda qonun hujjatlarining talablariga muvofiq ravishda,
bunday shartlar va talablar bolmagan hollarda esa ish muomalasi
odatlariga muvofiq bajarilishi lozim. Xojalik shartnomasi taraflarning
kelishuviga muvofiq ozgartirilishi va bekor qilinishi mumkin. Xojalik
shartnomasi qanday shaklda tuzilgan bolsa, taraflarning uni
ozgartirish yoki bekor qilish togrisidagi kelishuvi ham shunday
shaklda amalga oshiriladi.
Xojalik shartnomasini ozgartirish haqidagi kelishuvda quyi-
dagilarning korsatilishi maqsadga muvofiq boladi, yani qaysi
shartnoma ozgartiriladi (shartnomaning raqami, sanasi, nomi);
shartnomani ozgartirish sababi; ozgartirilayotgan yoki qoshim-
chalar kiritilayotgan shartlar va ularning yangi tahriri; ozgartirish
kiritilgandan keyin avvalgi shartlarning yuridik kuchini yoqotishi
haqidagi band; ozgartirish yoki qoshimcha kiritilishidan oldin
mazkur shartlar boyicha yuzaga kelgan masalalarni hal qilish tartibi.
Òaraflarning shartnomani bekor qilish haqidagi kelishuvida
esa quyidagi malumotlar kiritilishi lozim: qanday shartnoma bekor
qilinayotganligi; qaysi vaqtdan shartnoma bekor qilinayotganligi;
shartnoma bekor qilinishidan oldin mazkur shartnoma yuzasidan
vujudga kelgan masalalarni hal qilish tartibi; shartnoma bekor qilin-
gandan keyin taraflarning mazkur shartnoma boyicha talab qilish
huquqlari oz kuchini yoqotishi togrisidagi band.
Xojalik shartnomasini bajarishdan bir taraflama bosh tortishga
yoki xojalik shartnomasining shartlarini bir taraflama ozgartirishga
yol qoyilmaydi, qonun hujjatlarida yoki shartnomada nazarda
tutilgan hollar bundan mustasno.
Òaraflardan birining talabi bilan xojalik shartnomasi xojalik
sudining qaroriga binoan faqat ikkinchi taraf xojalik shartnomasini
jiddiy ravishda buzgan yoxud qonunda, yoki shartnomada nazarda
tutilgan boshqa hollarda ozgartirilishi, yoki bekor qilinishi mumkin.
Òaraflardan birining xojalik shartnomasini buzishi ikkinchi tarafga
u xojalik shartnomasi tuzishda umid qilishga haqli bolgan narsadan
kop darajada mahrum boladigan qilib zarar yetkazishi xojalik
shartnomasini jiddiy buzish hisoblanadi.
Bir taraf shartnomani ozgartirish yoki bekor qilish haqidagi
taklifga ikkinchi tarafdan rad javobi olganidan keyingina, yoki
taklifda korsatilgan, yoxud qonunda yoki shartnomada belgilangan
muddatda, bunday muddat bolmaganida esa ottiz kunlik muddatda
95
javob olmaganidan keyin, xojalik shartnomasini ozgartirish yoki
bekor qilish togrisidagi talabni sudga taqdim etishi mumkin.
Demak, xojalik shartnomalari qonunchilik hujjatlarida yoki
shartnomada belgilangan hollarda bir taraflama, yoki xojalik
sudining hal qiluv qarori bilan bekor qilinishi mumkin.
Xojalik shartnomasining amal qilish muddatini uzaytirish ham
yozma shaklda amalga oshiriladi. Ozbekiston Respublikasining
«Xojalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy
bazasi togrisida»gi Qonunida ichki xojalik shartnomalarini tuzish
qoidalari ham belgilangan. Ichki xojalik shartnomasi, qoida
tariqasida, xojalik yurituvchi subyekt va uning tarkibiy bolinmalari
ortasida yoki xojalik yurituvchi subyekt va uning xodimi (bir guruh
xodimlari) ortasida tuziladi.
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, xojalik yurituvchi
subyektlar mahsulot yetkazib berish, ishlar bajarish yoki xizmatlar
korsatish yuzasidan ichki xojalik shartnomalarining ozlari boshqa
xojalik yurituvchi subyektlar bilan tuzgan xojalik shartno-
malaridagidan kam bolmagan hajmda tuzilishini taminlashlari shart.
Ichki xojalik shartnomalariga oilaviy pudrat, fermer xojaligi
bilan shirkat xojaligi ortasidagi shartnomalar yaqqol misol bola
oladi. Ichki xojalik shartnomalari oz huquqiy tabiatiga kora fuqarolik-
huquqiy va mehnat-huquqiy normalar duragayidan iborat shartnoma
bolib hisoblanadi. Agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada
boshqacha tartib nazarda tutilgan bolmasa, ichki xojalik shartnoma-
lariga nisbatan Ozbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 353
385- moddalarining normalari qollaniladi.
Xojalik shartnomalarining turlari
Xojalik shartnomalarining turlariga quyidagi shartnomalarni
kiritishimiz mumkin: oldi-sotdi, mahsulot yetkazib berish, ulgurji
savdo, energiya va gaz taminoti, yuk tashish, pudrat shartnomasi
va boshqa shartnomalar.
Ishlarni bajarishga oid shartnomalar tadbirkorlik munosabatlarida
ishlarni bajarish bilan bogliq iqtisodiy munosabatlar tadbirkor-
larning oz faoliyatlarini yuritish jarayonida namoyon boladi.
Òadbirkorlik faoliyatida tuziladigan shartnomaning ushbu turi boshqa
faoliyatlar (mahsulot tayyorlash va sotish, xizmatlar korsa-
tish)dan asosan ozining tartibga solinish asosi bilan farq qiladi.
96
Bu farq shundan iboratki, ishlarni bajarish majburiyatlari
subyektlar ortasidagi munosabatlardan vujudga keladi va ishlarni
bajarishga doir shartnomalar vositasida tartibga solinadi.
Pudrat shartnomasida buyurtmachi va pudratchi sifatida
qatnashuvchi shaxslar bolishi mumkin. Shartnomada buyurtma-
chining topshirigiga binoan malum bir ishni uning yoki ozining
materialidan butun masulyatini oz zimmasiga olib bajarish majbu-
riyatini oluvchi shaxs buyurtmachi hisoblanadi.
Bu shartnomada qatnashuvchi taraflar har ikki tomondan ham
mulkchilik shakllari turli tadbirkor tashkilotlar va fuqarolar bolishi
mumkin. Bazi bir tashkilotlar boshqa tashkilotlarning buyurtmasini
bajarish uchun maxsus vakolatga ega boladi. Masalan, maishiy
xizmat korsatish korxonalari, atelye kabi tashkilotlarni ana shunday
maxsus tashkilotlar qatoriga kiritish mumkin.
Òadbirkorlar ishtirokidagi oldi-sotdi shartnomasi Ozbekiston
Respublikasi Fuqarolik kodeksining 386- moddasida quydagicha
belgilab qoyilgan. Oldi-sotdi shartnomasi boyicha bir taraf tovarni
boshqa tarafga mulk qilib topshirish majburiyatini oladi, sotib
oluvchi esa bu tovarni qabul qilish va uning uchun belgilangan pul
summasini tolash majburiyatini oladi.Òadbirkorlar tomonidan
tuziladigan oldi-sotdi shartnomalari bozor munosabatlariga otish
jarayonida aholini keng istemol mollari bilan taminlashga
qaratilgan.Òadbirkorlik faoliyati bilan shugullanadigan tashkilotlar
ortasida tuziladigan oldi-sotdi shartnomasining asosi (predmeti)
ishlab chiqarishga tayinlangan ashyolardir. Fuqarolar ishtirokidagi
tuziladigan oldi-sotdi shartnomalarining asosi istemol buyumlari,
uy-rozgor ashyolari va boshqa vositalardan iboratdir.
Mahsulot va tovarlarni realizatsiya qilish, ulgurji savdo, chakana
savdo, energetika bilan bogliq shartnomalar keyingi mavzularda
batafsil yoritilgan.
Shartnomaviy munosabatlarning huquqiy jihatdan
taminlanishini tashkil etish. Xojalik shartnomalarini tuzish
va bajarishni nazorat qilish
Shartnomaviy munosabatlarning huquqiy jihatdan tamin-
lanishini tashkil etishda yuridik xizmatning vazifalari Ozbekiston
Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi «Xojalik yurituvchi
97
subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi togrisida»gi
Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 2-martdagi 118-sonli
qarori bilan tasdiqlangan «Ozbekiston Respublikasining davlat
boshqaruv organlari va korxonalardagi yuridik xizmat togrisidagi
Nizom» va boshqa bir qator qonunlar va normativ hujjatlarda
belgilab qoyilgan.
Xojalik shartnomasi subyektlariga huquqiy xizmat korsatish
ularning yuridik xizmatlari yoki shu maqsadda shartnoma asosida
jalb etilgan advokatlar tomonidan amalga oshiriladi.
Xojalik yurituvchi subyektlarning yuridik xizmati:
xojalik shartnomalarini tuzish, bajarish, ozgartirish va bekor
qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
xojalik shartnomalari bajarilishi ustidan ozaro tekshiruvlar
otkazilishini nazorat qiladi;
xojalik yurituvchi subyekt rahbariga imzolash uchun taqdim
etilayotgan xojalik shartnomalari loyihalarining va ular bilan bogliq
huquqiy tusdagi boshqa hujjatlarning qonun hujjatlari talablariga
muvofiqligini tekshiradi;
tayyorlangan xojalik shartnomasi va u bilan bogliq huquqiy
tusdagi boshqa hujjat loyihasi qonun hujjatlari talablariga mos
emasligi aniqlangan taqdirda, oz etirozini asoslagan holda uni
qoshimcha ravishda ishlab chiqish uchun qaytaradi;
shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish yuzasidan
takliflar ishlab chiqishda bevosita ishtirok etadi.
Xojalik shartnomalarining yuridik ekspertizasi deganda, xojalik
yurituvchi subyektlarning yuridik xizmati yoki jalb etilgan advokat
ishtirokida tuziladigan hamda advokat tomonidan shartnomalarni
amaldagi Qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan tekshirib
korilishi hamda shu yuzasidan yozma xulosa berilishi tushuniladi.
1998-yil 29-avgustda qabul qilingan «Xojalik yurituvchi
subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi togrisida»gi
Qonunning 21-moddasida xojalik shartnomalarini huquqiy
ekspertizadan otkazish va yozma xulosa berish tartibi belgilab
berilgan.
21-moddaga asosan xojalik shartnomalari ularni imzolash
uchun tayyorlash jarayonida xojalik yurituvchi subyektlarning
yuridik xizmati yoki jalb etilgan advokatlar tomonidan qonun
98
hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan tekshirib korilishi kerak.
Shartnomalarni ularning imzolarisiz tuzishga yol qoyilmaydi.
Qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdorining
ikki yuz baravaridan ortiq summadagi xojalik shartnomalari yuridik
xizmatning yoki advokatning yozma xulosasidan keyingina tuziladi.
Xulosada, qoida tariqasida, quyidagilar korsatiladi:
xojalik shartnomasida korsatilgan munosabatlar qaysi qonun
hujjatlari bilan tartibga solinishi;
xojalik shartnomasi shartlarining qonun hujjatlari talablariga
mos kelish-kelmasligi;
taraflarning javobgarligi meyori va nizolarni hal etish tartibi
qonun hujjatlari talablariga mos kelish-kelmasligi.
Xojalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga asossiz aralashuvlarning
oldini olish, shuningdek, shartnoma tuzish erkinligi prinsiðiga rioya
qilinishni taminlash maqsadida amaldagi qonunlar bilan davlat
hokimiyati va boshqaruvi organlarining xojalik shartnomalarini
tuzish hamda bajarish jarayonidagi vakolatlari aniq belgilab
qoyilgan.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari oz vakolatlari doirasida:
davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish, ishlar baja-
rish, xizmatlar korsatish shartnomalarini, shuningdek, kon-
traktatsiya shartnomalarini tuzish va bajarish ishlarini muvo-
fiqlashtirib boradi;
xojalik yurituvchi subyektlar ortasidagi shartnoma munosa-
batlarini rivojlantirish uchun sharoit yaratish chora-tadbirlarini
koradi.
Davlat boshqaruv organlari esa oz vakolatlari doirasida:
xojalik shartnomalarini tuzishda yordam korsatadi;
xojalik shartnomalari hamda ularni bajarishning ahvoli
togrisidagi statistika malumotlarini umumlashtiradi;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda xojalik shart-
nomalarining bajarilish jarayonini nazorat qilib turadi;
xojalik yurituvchi subyektlar yuridik xizmatlarining ishini
tashkil etishga, yuridik maslahatchilarning malakasini oshirishga
komaklashadi;
99
xojalik shartnomasini tuzish, bajarish, ozgartirish va bekor
qilish jarayonida qonun hujjatlarining buzilishiga yol qoyilganligi
fakti aniqlangan taqdirda, aybdor shaxslarni belgilangan tartibda
javobgarlikka tortish masalasini qoyadi.
Xojalik shartnomalarini tuzish, bajarish, ozgartirish va bekor
qilish bilan bogliq bolgan qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan
nazoratni qonunlarga muvofiq prokuratura organlari amalga
oshiradilar. Bu organlar aybdor shaxslarni qonunda belgilangan
javobgarlikka tortish, xojalik yurituvchi subyektga yetkazilgan
zararni qoplash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni koradilar.
Adliya organlari xojalik yurituvchi subyektlarga shartnoma
majburiyatlarini tuzish va bajarish chogida huquqiy yordam kor-
satadilar, shuningdek, oz vakolatlari doirasida xojalik shartnoma-
larining bajarilish jarayonini nazorat qiladilar.
Shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun
javobgarlik
Majburiyat fuqarolik huquqiy munosabat bolib, unga asosan
bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan
harakatni amalga oshirishga, chunonchi, mol-mulkni topshirish,
ishni bajarish, xizmatlar korsatish, pul tolash va hokazo yoki
muayyan harakatdan ozini saqlashga majbur boladi, kreditor
esa qarzdordan ozining majburiyatlarini bajarishni talab qilish
huquqiga ega.
Majburiyatlar shartnoma shartlariga va qonun hujjatlari talablariga
muvofiq, bunday shartlar va talablar bolmaganida esa ish muo-
malasi odatlari yoki odatda qoyiladigan boshqa talablarga muvofiq
lozim darajada bajarilishi kerak. Majburiyatlarni bajarmagan yoki
lozim darajada bajarmagan shaxs fuqarolik-huquqiy javobgarlikka
tortilishi mumkin.
Fuqarolik-huquqiy javobgarlik vujudga kelish asosiga kora,
shartnomaviy va shartnomadan tashqari javobgarlikka bolinadi.
Shartnomaviy javobgarlik deb shartnomaviy majburiyatlarni
bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlikka
aytiladi.
Òaraflardan biri shartnoma majburiyatlarini bajarmagan yoki
lozim darajada bajarmagan taqdirda, bu taraf boshqa tarafga
100
yetkazilgan zararni tolaydi; qonun hujjatlarida va shartnomada
nazarda tutilgan tartibda boshqacha tarzda javobgar boladi.
Zarar deganda, shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi yoki
lozim darajada bajarilmaganligi munosabati bilan taraf qilgan
xarajatlar, uning mol-mulki yoqolishi yoki shikastlanishi (haqiqiy
zarar), shuningdek, agar ikkinchi taraf shartnoma majburiyatlarini
bajarganida taraf olishi mumkin bolgan, lekin ololmay qolgan
daromadlari (boy berilgan foyda) tushuniladi (Fuqarolik kodeksining
14- moddasi).
Shunday qilib, zarar tushunchasi quyidagilarni oz ichiga oladi:
1. Mulkning yoqolishi, jismonan yoq qilinishi yoki xojalik
muomalasidan chiqib ketishi. Masalan, yuk saqlovchi oz omboridagi
mulkni saqlash majburiyatini bajarmasa va ashyo uning beparvoligi
oqibatida ogirlansa.
2. Mulkning shikastlanishi va oqibatda istemol sifatini, tashqi
korinishini yoqotishi, qiymatining pasayib ketishi.
Mulkka shikast yetkazilganda uning qiymatining kamayish
miqdori yoki yetkazilgan shikastni bartaraf etish xarajatlari
aniqlanadi. Bunday zarar shartnomaning idish va orash haqidagi
shartlari buzilishi, yetkazib berilayotgan uskunalarning sinishi,
shuningdek, masalan, ijaraga oluvchi ijaraga olingan mulkdan
tegishli tartibda foydalanmaganligi oqibatida uni zudlik bilan
tamirlash talab qilinadigan holatga keltirib qoyishi natijasida
yetkazilishi mumkin.
3. Òarafning xarajatlari. Masalan, ishlab chiqarishning toxtab
qolishi natijasida qilingan xarajatlar, qabul qilib olingan mahsulot
(bajarilgan ishlar, korsatilgan xizmatlar)dagi kamchiliklarni bartaraf
etish xarajatlari, tolangan neustoykalar va zararni qoplashga ketgan
xarajatlar.
4. Òaraf ololmay qolgan daromad (boy berilgan foyda) aybdor
taraf shartnoma majburiyatlarini bajargan taqdirda huquqi buzilgan
shaxs olishi mumkin bolgan, lekin ololmay qolgan daromadlar,
yani aybdor taraf togridan togri yetkazmagan bolsa-da, uning
aybli harakatlari yoki harakatsizligi natijasida olinishi mumkin
bolgan foydani boy berish natijasida korilgan zarar.
Amaldagi qonun hujjatlariga kora neustoyka (jarima, penya)
tolanganligidan qati nazar, shartnoma majburiyatlarini buzgan
taraf ikkinchi tarafga ana shu zarar oqibatida ozi yetkazgan zarar
qismini ham qoplaydi.
101
Yetkazilgan zararni undirish uchun zarar korgan taraf
quyidagilarni:
birinchidan, majburiyatning haqiqatan bajarilmaganligini;
ikkinchidan, zararning mavjudligini;
uchinchidan buzilgan majburiyat bilan yetkazilgan zarar
ortasida sababiy boglanish borligini;
tortinchidan, yetkazilgan zarar qancha miqdorda ekanligini
isbotlab berishi zarur. Agar, qonun yoki shartnomada zararni
tolashni cheklash, yani kamroq miqdorda tolash nazarda
tutilmagan bolsa, yetkazilgan zararni tola hajmda qoplanishi
zarurligi tamoyiliga amal qilinadi.
Yetkazilgan zararning narxini aniqlash boyicha Fuqarolik kodeksida
(324-modda) yangi qoida belgilangan. Zararni aniqlashda majburiyat
bajarilishi kerak bolgan joyda, qarzdor kreditorning talablarini
ixtiyoriy ravishda qanoatlantirgan kunda, bordi-yu, talab ixtiyoriy
qanoatlantirilgan bolmasa, davo qozgatilgan kunda mavjud bolgan
narxlar etiborga olinishi nazarda tutiladi. Bu masala boyicha nizo
sudda korilgan taqdirda sud vaziyatga qarab, zararni tolash haqidagi
talabni qaror chiqarilgan kunda mavjud bolgan narxlarni etiborga
olgan holda aniqlashi va qanoatlantirishi ham mumkin.
Olinmay qolgan daromad (boy berilgan foyda)ga majburiyat
bajarilgan taqdirda jabr korgan taraf olishi mumkin bolgan barcha
daromadlar kiritiladi. Zararni mazkur shaklining oziga xos
xususiyati shundaki, kreditor tomonidan daromadi haqiqatda
olinmagan boladi, lekin qarzdor oz majburiyatini tegishli tarzda
bajargan taqdirda kreditor shu foydani olishi mumkinligi etiborga
olinadi. Olinmay qolgan daromadni undirish haqida davo
bildirilgan taqdirda, davogar ushbu foydani olishi mumkinligi va
bunga imkoniyat mavjud bolganligini, faqat javobgar oz
majburiyatlarini buzganligi sababli foydani olishdan mahrum
bolganligini isbotlashi shart.
Biroq, tovarlarni sotishdan tushgan pul tushumi hisobidan
foyda olish faqat shu tovar tayyorlangan va istemolchiga yetkazib
berilgan holdagina amalga oshirilishi mumkin, shu sababdan
davogar unda ushbu tovarni sotish imkoniyati borligini va sotishdan
tushgan mablag hisobidan nazarda tutilgan foyda olishi mumkin-
ligini isbotlab berishi shart.
102
Boshqacha qilib aytganda, davogar ushbu foydani olish uchun
haqiqatda imkoniyatlar mavjud bolganligini isbotlashi shart. Boy
berilgan foyda miqdorini isbotlash chogida davogarning taxminiy
hisob-kitoblari yoki taxminiy farazlari hisobga olinmaydi, balki
daromad olish imkoniyati mavjudligi haqida guvohlik beradigan
yozma dalillar: davogar bilan uning hamkorlari ortasida tuzilgan
shartnomalar, tegishli shartnoma tuzish haqida taklif bilan ulardan
olingan kafolat xatlari, davogarning shartnoma tuzish haqidagi
taklifiga uning hamkorlari bergan yozma ijobiy javoblar, kelajakda
niyat qilingan ishlar togrisida tuzilgan bayonnomalar va hokazolar
talab qilinadi.
Olinmay qolgan daromadning miqdori (boy berilgan foyda),
agarda majburiyat bajarilgan bolganida, kreditor qilishi lozim
bolgan oqilona xarajatlar hisobga olinib aniqlanadi. Chunonchi,
xomashyo yoki butlovchi buyumlarni yetkazib bermaslik natijasida
olinmay qolgan foyda tarzidagi zararni qoplash haqidagi talab
boyicha bunday foydaning miqdori u tovarlarni xaridor bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |