Yuk-porshenli manometrlarning ishlash usuli bosimni
kalibrlangan yuklar bilan
muvozanatlanishiga asoslangan. Ular yuqori bosimlarni (1000 MPa gacha) o'lchash
uchun hamda namunaviy va nazorat asboblari sifatida ishlatiladi (aniqlik toifasi 0,02;
0,05; 0,2). Porshenli manometrlar texnik o'lchovlarda kam ishlatiladi.
Ishchi manometrlarni va o'lchashni tekshirish uchun mo'ljallangan yuk-porshenli
manometrning tuzilishini ko'rib chiqamiz (43- rasm).
Po'lat idish 14 voronka 10
va
ignali klapan orqali transformator moyi bilan
to'ldiriladi. Tik o'rnatilgan silindr 7 ga kanal chiqarilgan bo’lib,
uning ichiga yuk
quyiladigan tarelka 5 ga silliqlangan porshen 6 o’rnatilgan. Tekshirilayotgan manometr
4 ni o'rnatish uchun 3 va 11
shtutserlar mavjud. Ignali jo'mraklar 1, 2
, 12
moy o'tish
kanallarini berkitish uchun, jo'mrak 8
esa moyni tushirish uchun xizmat qiladi. Idish
ichidagi ishchi bosim yuklar og'irligi 5 bilan aniqlanadi. Porshen 13
ning harakati esa
yukli porshen 6 ning ko'tarilishiga olib keladi.
43- rasm
. Yuk-porshenli manometr.
ELEKTR MANOMETRLAR
Elektr manometrlar asosan yuqori chastotali o'ta yuqori va pulsatsiyali bosimlarni
o'lchashda qo'llaniladi. Elektr manometrlarning ishlash usuli sezgir elementning bosim
ta'sirida elektrik xarakteristikalarining o'zgarishiga asoslangan bo'lib (44- rasm) quyidagi
turlarga bo'linadi:
1. P’ezoelektrik manometrlar.
2. Induksion manometrlar.
3. Tenzometrik manometrlar.
4. Qarshilikli manometrlar.
5. Sig'imli manometrlar.
6. Induktiv manometrlar.
P’ezoelektrik manometrlarda turli xil kristall
dielektrik materiallarning
deformatsiyalanishi natijasida ularning yuzasida elektr zaryadlari hosil bo'lishi
(pezoelektrik effekt hodisasi) dan foydalaniladi. Bunday dielektriklar sifatida kvars,
turmalin, bariy-titanatlar qo'llaniladi. Bu manometrlarning berilgan ta'sirni juda tezlik
bilan sezishi ularning afzalligi hisoblanadi.
Induksion manometrlarda sezgir elementning egilishi natijasida hosil bo'ladigan
bosim induksion o'zgartgich yordamida ikkilamchi asbobga uzatiladigan elektr signalga
aylantiriladi.
Elektr signalni masofaga uzatuvchi manometr
- MED induksion manometrlar
orasida eng keng tarqalgandir. Diametri 160 mm bo'lgan korpusga bir o'ramli
trubkasimon prujinali ushlagich, uzatish mexanizmi va induksion chulg'am (g'altak)
joylashtirilgan (44- rasm).
44- rasm
. Induksion manometr.
Tekshirilayotgan sistemaning bosimi
P shtutser orqali trubkali prujinaga uzatiladi,
prujina deformatsiyalanib, induksion chulg'am magnit o'tkazgich
3 ni
harakatga
keltiradi. O'lchanayotgan bosimning har bir qiymatiga chulg'amdagi magnit
o'tkazgichning ma'lum (aniq) holati to'g'ri keladi. Manometrning chulg'ami
2 va
ikkilamchi asbobning chulg'ami
4 differensial-transformator sxemasi bo'yicha ulangan.
Asbobning chiqish kattaligi transformatorning birlamchi va ikkilamchi chulg'amlari
orasidagi o'zinduksiyadir.
Magnit o'tkazgichning chulg'amlar orasiga kirish kattaligi qancha katta bo’lsa,
ikkilamchi o'ramga shuncha ko'p kuchlanish uzatilib ikkilamchi asbobga beriladi.
Induksion
manometrlar
o'zaro
almashinadigan
ikkilamchi
asboblar
va
markazlashtirilgan tekshirish va rostlash sistemalari bilan birgalikda ishlaydi. Sanoatda
yuqori o'lchash chegarasi 160 MPa gacha bo'lgan, aniqlik toifalari 1; 1,5 bo'lgan MED
turdagi asboblar ishlab chiqariladl
Elektr manometrlarning yana bir turi - qarshilikning o'zgarishi
hisobiga bosimni
o'lchashda qo'llaniladigan tenzodatchiklardir. Tenzometrning ishlash usuli kuch yoki
unga proporsional bo'lgan deformatsiyani deformatsiyalangan jismga yopishtirilgan sim
qarshiligining o'zgarishiga aylantirishdan iborat.
Tenzodatchik - diametri 0,02...0,05 mm bo'lgan manganin simdan tayyorlanib, sim
bir-biriga yopishgan yupqa qog'oz orasiga sirtmoq shaklida joylashtiriladi. Simning
uchlariga chiqish klemmalari ulanadi. Tenzometrning sezgir
elementi elastik element
yuzasiga yopishtirilib, bosim ta'sirida elastik element deformatsiyalanganda, manganin
sim cho'ziladi va qarshiligi o'zgaradi. Tenzodatchik elektr ko'prik sxemasiga qarshilikni
o'lchash uchun ulanadi. Ko'prikning shkalasi esa bosim birliklarida darajalanadi.
Tenzometrlarda elektr qarshilikning bosimga bo'lgan bog'lanishi
chiziqli,
inersionligi kichik va o'lchash qiyin bo'lgan yerlarga joylashtirilishi uning afzalligi
hisoblanib, o'lchash xatoligi 2 % dan oshmaydi. Sezgirlik miqdorining juda kichikligi,
temperatura o'zgarishiga bog'liqligi, ularning sanoat texnologik
qurilmalarida kam
qo'llanilishi esa uning kamchiligi hisoblanadi.
11-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: