O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi davlat universiteti tasviriy san‘at va muhandislik grafikasi yo’nalishi ii-kurs, 211-guruh talabasi asadullayev hikmatillo ne’matovichning


Mustaqillik yillarida R.Ahmedov ijodi



Download 452,5 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana31.12.2021
Hajmi452,5 Kb.
#247098
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
rahim ahmedov ijodida realistik rangtasvir.

3. Mustaqillik yillarida R.Ahmedov ijodi.

1991 yilda e’lon qilingan Mustaqillik О‘zbekiston tarixida yangi sahifa ochdi. Qisqa tarixiy

davr ichida mamlakatimizda dav-lat va jamiyat kurilishining mutlako yangi siyosiy asoslari

yaratilishi bilan birgalik-da ijtimoiy-iktisodiy va ma’navii sohalar rivojlanishining ustuvor

yо‘nalishlari bel-gilab berildi.

Mustaqillikning ilk yillaridayok О‘zbekiston xalqaro huquqiy subyektga aylanib, 1992 yil

BMTga, 1993 yili YUNESKOga a’zo bо‘ldi. Hozirgi paytda respublikada yuzdan ortik xorijiy

mamlakat elchixonalari, kator xalkaro tashkilotlar, yirik jahon banklari va firmalari

vakolatxonalari faoliyat kо‘rsatmoqda.

Buyuk vatandoshlarimiz - Imom Buxoriy, Hakim Termiziy, Xoja Baxouddin Naqshbandiy,

Imom Moturidiy, Burxoniddin Mar-g‘inoniylarning nomlari kayta tiklanmok-da. О‘tmishning

buyuk mutafakkirlari, shoirlari va musavvirlari - Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino,

Muxammad Xo-razmiy, Abu Nasr Forobiy, Axmad Farg‘o-niy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher

Navoiy, Kamo-liddin Behzod, Muxammad Murod Samarkan-diy hamda jadidchilik harakati

vakillari-ning nomlari g‘urur bilan tilga olinmokda. Ularning sharafiga yodgorlik majmualari

qurilib, kitoblar chop etilmoqda, faoliyat-lari keng targ‘ib kilinmokda. Ulug‘ sohibqi-ron Amir

Temurning tariximizda tutgan о‘rni va axamiyati ham nixoyat xakkoniy tal-qiniga erishdi.

Ana shunday milliy uyg‘onish davrida О‘zbekiston Prezidenta I.Karimov Mustakillik bilan

bog‘lik barcha ijtimoiy-siyosiy va ikti-sodiy masalalar katorida inson, ayniqsa yosh avlod

ma’naviyati,  erkin,  ozod shaxe ma’rifatiga, madaniyat va san’atning rivojiga alo-hida e’tibor

berdi. Zotan, takomil ma’navii madaniyat va san’atsiz, milliy qadriyat-larni yanada yukori

boskichga kо‘tarmasdan tu-rib, yangi jamiyatni, yangi ijtimoiy-tarixiy munosabatlarni va yangi

dunyokarashni barpo etish mumkin emasligi ayon bо‘ldi.

"Mustakilligimizning dastlabki kunlari-dayok, — deb yozadi Prezident I.Karimov —

ajdodlarimiz tomonidan kо‘p ayerlar mobay-nida yaratib kelingan g‘oyat ulkan, bebaho ma’navii

va madaniy merosni tiklash davlat siyo-sati darajasiga kо‘tarilgan nihoyatda muhim vazifa bо‘lib

koldi. Biz ma’navii kadriyat-larni tiklashni milliy о‘zlikni anglashni о‘sishidan, xalqning

ma’navii sarchashmalari-ga, uning ildizlariga kaytishdan iborat uz-viy, tabiiy jarayon deb

xisoblaymiz'" .



18

О‘zbekistonda yangi ma’naviy-g‘oyaviy yо‘na-lishlarning shakllanishi о‘z navbatida,

zamo-naviy san’atning barcha sohalariga samarali ta’sir etib, ijodiy izlanishlar doirasini

kengaytirib, badiiy tafakkur rivojini yanada jadallashtirdi. Tarixiy, madaniy va ma’-naviy-

axlokiy kadriyatlarning keng katlam-larini kayta idrok etish g‘oyalari, yangila-nish tamoyillari

me’morlik, tasviriy va ama-liy bezak sohalarida, musika va tomosha san’-atlarida, badiiy va

xujjatli kino hamda, televideniye tizimida yakkol namoyon bо‘lmok-da.

Mazkur nashr milliy san’atimizning yangi tarixiy sharoitdagi tarakkiyoti tahliliga 6a-

g‘ishlangan ilk fundamental tadkikot bо‘lib, unda 1991—2001 yillarda О‘zbekiston san’a-tida,

badiiy-madaniy xayotida kechgan jara-yonlar, yangi ijodiy yо‘nalishlar va an’ana-viy

shakllarning mutanosibligi masalalari yoritiladi.

Mustaqillikning qо‘lga kiritilishi va yangi mafkuraning о‘z mavqeiga erishishi na-tijasi

о‘laroq, milliy tarix alohida ahami-yat kasb etdi. Davlatimiz ravnaqi va musta-qilligiga ulkan

hissa qо‘shgan  О‘zbekistonning kо‘zga kо‘ringan madaniyat va tarix namo-yondalari siyosiy

unutishdan va yо‘qlikdan qay-ta tug‘ilishi bilan san’atda ularning port-retlari galereyasi vujudga

kelishiga turtki bо‘ldi.

О‘zbekistonda kuchli realistik maktab tarkib topishi ajoyib portretnavis rassomlar

sulolasini vujudga keltirdi. Ular orasida A. Abdullayev, R. Axmedov, R. Choriyev, T.Oganesov,

V.Burmakin kabi portret ustalari jahonda keng tan olinganligi e’tirof etiladi. Mustaqillikning

ijobiy ta’siri о‘laroq, san’atning turli yо‘nalish va uslublarida erkin ijodga yо‘l ochildi. Jumladan

portret janrida ham. Buning natijasida portret zamonaviy badiiy jarayonida yetakchi bо‘lib qoldi.

Respublikamizning yetakchi badiiy oliygohi K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn

institutida aynan, realistik maktab asosida о‘quv mashg‘ulotlari olib boriladi. Bu esa

rangtasvirning realistik janrida ijod etgan о‘tmish ijodkor-larimizning boy merosini tan

olinganligi, shuningdek, jahon san’ati ilg‘or tajribasini chuqur о‘rganishdan dalolat berib, butun

dunyoda avangard yо‘nalish bilan bir qatorda, aynan, realistik yо‘nalish rivojiga e’ti-bor bilan

qaralganligini kо‘p jihatdan namoyon etadi.

Milliy tafakkurdagi tub yangilanishlar san’atimizni qayta idrok etish va uni ijti-moiy

ongning bugungi darajasiga muvofiq san’atshunoslik ilmining talablari asosida baholash

zaruriyatini takozo etadi. Ushbu ki-tobda san’atning mavjud sohalari - tasvi-riy va amaliy san’at,

me’morlik, musiqa, teatr, kino, televideniyening sо‘nggi о‘n yil mobaynidagi taraqqiyoti, badiiy

izlanish ja-rayonlari, asosiy rivojlanish tamoyillari aks etgan. Mazkur kitobning avvalgi nashr-

lardan prinsipial farqi - ilmiy-uslubiy yondashuvning yangiligidadir.

O’zbek san’atshunoslik fanida shu vaqtga kadar — san’atning barcha sohalarini mu-jassam

etgan holda. badiiy jarayonlarning rivojlanish yо‘llari va ichki qonuniyatlari-ni

umumlashtiruvchi, xolisona baholab, is-tiqbollarni belgilab beruvchi bu kо‘lamdagi ilmiy




19

nashrlar mavjud bо‘lmagan. Ittifoqo, mazkur tadkiqotda istiqlol davri О‘zbekis-ton san’atining

rivojlanish dinamikasi keng kо‘lamda tadqiq etilib, joiz bо‘lsa, san’ati-mizning yangi tarixi

yaratildi.

Rangtasvirda badiiy jarayon bir muncha shiddatli va serharakat kechdi. 1991-2001 yil-larda

bо‘lib о‘tgan kо‘p sonli kо‘rgazmalar shuni tasdiqlaydiki, mazkur davr rangtasviri us-lub va

kompozitsion yechimning turli-tumanli-gi bilan alohida ajralib turadi. Bu esa rang-tasvirchilarga

ijodiy erkinlik, shuningdek badiiy tasvirni akslantirishda shakl va vo-sitalarni mustaqil tanlash

imkonini yaratuvchi yangi davrga kо‘p jihatdan bog‘likdir.

Oxirgi о‘n yillar' davomida xorij va respublikada о‘tkazilayoggan kо‘p sonli guruhiy va

shaxsiy kо‘rgazmalariing katta qismi an’anaviy tarzda dastgoxdi rashtasvir asarla-ridan tashkil

etildi. Mustaqillik yillarida о‘z navbatida ustivor, ya’ni rassomlar ijodining hisoboti tarzida

uyushtirilgan kо‘rgazmalar muqim о‘rin egalladi. Mamlakactimiz Mustaqillik kuniga

bag‘ishlangan, doimiy о‘tkazilib kelinayotgan kо‘rgazma bu borada eng yetakchi bо‘lib keldi.

Bu kо‘rgazmada respublika miqyosida tasviriy va amaliy san’atning barcha turlarida yuzaga

kelgan yetuk va namunali asarlar namoyish etilib, uning aso-siy qismini esa rangtasvir asarlari

tashkil etdi.

Respublika umummilliy kо‘rgazmalarda Toshkentlik rangtasvirchilar asosiy guruhni

tashkil etib kelmoqda, bu esa keyingi yil-larda gо‘yo qonuniy tarzda kechmokda. Musta-qillik

yillarida, shuningdek, badiiy ta’-lim markazlarini kengaytirish masalasi dol-zarb deb qaraldi.

1997 yilga kelib, О‘zbe-kiston Badiiy Akademiyasining tashkillash-tirilishi bilan

boshlang‘ichdan to oliygacha bо‘lgan badiiy ta’lim tizimi paydo bо‘ldi. Milliy rassomlik va

dizayn instituta, Respublika badiiy kollej va litsey-internati, shuningdek, Toshkentdagi о‘quv

yurti bilan bir qatorda viloyatlar va Qoraqalpog‘istonda tasviriy va amaliy san’at о‘quv

yurtlaridan ibo-rat tarmoq vujudga keldi. 1998-2001 yil-larda AQSH, Yevropaning kо‘pgina

mamlakat-lari, Osiyo va Lotin Amerikasida bolalar ijodiyoti doirasida tashkil etilgan Xalqaro

tanlov va festivallarda О‘zbekistonning tur-li viloyatlaridan yuzga yaqin о‘quv yurtlari talabalari

laureatlar bо‘lishdi. Yaponiyaning Xirosima shahrida о‘tkazilgan bolalar su-ratlari Xalqaro

tanlovining birinchi sovrin-dori, Andijon viloyati, Izboskan tumani tasviriy va amaliy san’at

litsey-internatining 5-sinf о‘quvchisi Dilfuza Matboyevaning ona-si mamlakatimiz Prezidentiga

yо‘llagan min-natdorchilik maktubi namunali bо‘lib qoldi. Prezident I.Karimovning mazkur

maktubga yozgan javobi olis qishloq va shaharlardagi iqtidorli о‘g‘il-qizlarimizning Xalqaro

miqyosdagi e’tiborga molik kо‘rik va festivallarda ishtirok etib taqdirlanishining yuksak

ahamiyatini yana bir bor ta’kidladi. Haqiqatan ham jahon darajasida о‘tkazilgan tanlovlarda

qatnashgan iqtidorli yoshla-rimizning ijodiy quvvatlarini tan olini-shi, yaqin kelajakda kо‘pgina

viloyat markaz-lari va Qoraqalpog‘istonda о‘ziga xos va yor-qin rangtasvir maktablari




20

shakllanadi, deb umid qilishga imkoniyat beradi. Shunday qilib, tadqiq etilayotgan davrning

bosh yutuq-laridan biri hozirdanoq о‘z mevalarini ber-gan keng kо‘lamli badiiy ta’lim milliy

tizimning barpo etilishidir.

Rangtasvirning bugungi kundagi geografik hududi tо‘g‘risida gapiradigan bо‘lsak, Samar-

qand, Andijon, Buxoro, Namangan, Nukuslar Toshkent kabi kо‘zga kо‘ringan markazga

aylanmokda. Samarqandda eng yorqin va is-te’dodli rassom A. Isayev hisoblansa, Andi-jonda

O.Bakirov, U.Boltaboyev, N.Holiqov singari rangtasvirchilar samarali ishlamoq-dalar.

Namanganda esa I.Valixо‘jayevni kо‘rsa-tish mumkin. Buxorodagi о‘ziga xos va iste’-dodli

rangtasvirchilar orasida M.Abdulla-yev, B. Salomov, 3. Saidjonovlarni alohida ta’kidlash joiz.

1997 yilda О‘zbekiston Badiiy Akademiyasiga uzviy bog‘liq tarzda uning Qoraqalpoq bо‘limi

tashkil etildi. Unga Akademiyaning haqiqiy a’zosi J.Izentoyev rah-barlik qilmoqda. Mazkur

bо‘limda B.Aytmu-rodov, V.Japarov, B.Serekeyev kabi realis-tik yо‘nalish asosida ijod

etayotgan, iste’-dodli musavvirlar ijod qilmoqdalar.

Agar dastgohli rangtasvir uslubiy yо‘na-lishlari va oqimlari haqida gapiradigan bо‘lsak,

hatto.ular orasidagi chegaralar shart-li xususiyatlarga ega bо‘lishiga qaramay, ularni bir necha

guruhlarga ajratish mumkin. Bunda esa birgina rassomning bir necha yо‘nalish-larda ijod

qilishini ham ta’kidlash lozim.

Realistik, akademistik yо‘nalishni Mus-taqillik yillarida sermahsul ijod qilayot-gan

an’anaviy tarzda keksa va о‘rta avlod rassomlar ijodiga mansub deyish mukin. Ular orasida

О‘zbekiston xalq rassomlari va faxriy akademiklar R.Ahmedov, N.Qо‘ziboyev, M.Nabiyev,

T.Oganesov, M.Saidov, M.Yо‘ldoshev, R.Choriyev, T.Kuryazov, Akademiyaning haqiqiy

a’zolari S.Abdullayev, B.Bo-boyev, V,Burmakin, J.Izentoyev, A.Ikromjonov, T.Mirjalilov,

Y.Tursunnazarov, T.Qо‘ziyev, shuningdek, taniqli rangtasvirchilar R.Xudoyberganov,

M.Nuriddinov, E.Masharipov, V.Yenin, Z.Fahriddinov, A.Aliqulov, SH.Qо‘ziyeva,

R.Rizamuhammedov, O.Mо‘inov, R.Gagloyeva, A.Mirsoatov, Y.Taldikin, Y.Strelnikov,

Y.Melnikov, M.Toshmurodov, V.Ziyoyev va boshqalarni sanab о‘tish mumkin. Ularning

asarlarida bu yо‘nalish uchun an’anaviy bо‘lgan - tarixiy va janrli kar-tinalar, portret, manzara va

natyurmort — janr va mavzular о‘z ifodasini topadi.

Mustaqillikning qо‘lga kiritilishi va yangi mafkuraning о‘z mavqeiga erishishi na-tijasi

о‘laroq, milliy tarix alohida ahami-yat kasb etdi. Davlatimiz ravnaqi va musta-qilligiga ulkan

hissa qо‘shgan  О‘zbekistonning kо‘zga kо‘ringan madaniyat va tarix namo-yondalari siyosiy

unutishdan va yо‘qlikdan qay-ta tug‘ilishi bilan san’atda ularning port-retlari galereyasi vujudga

kelishiga turtki bо‘ldi.




21

Xulosa

      San'atkor o'z asarlarida voqea va hodisalar, turli holatlarning ma'lum bir ko'rinishini ifodalab,

tasvir orqali ichki mohiyatni ochib, kishilarning ma'naviy qiyofasi, psixologik (ruhiy) holati va

fikrlarini tasvirlaydi.

Taniqli rassom Rahim Ahmedov- O’zbekiston tasviriy san’atida yorqin iz qoldirgan xalq

rassomi. Uning asarlari o’ziga hosligi, kompozitsion yechimi bilan ajralib turadi. Uning ijodini

o’rganish har bir yosh tasviriy san’at ixlosmangi uchu muhim manba bo’lib, ulardan ko’plab

ijodiy ilhom olish mumkin.

     Jahon va Vatanimiz san'ati tarixini o'rgatish, uning taraqqiyot qonunlarini tushunish, nodir

yodgorliklar bilan  tanishish, o'tmish odamlarning his-tuyg'u, hayotiy tajribalarini o'rganish

g'oyaviy-estetik qarashlarning shakllanishini bilish demakdir. Bu so'zsiz kishilarda hayotiy

tajribalarning boyishiga, hayotga yanada keng va atroflicha yondoshishga yordam beradi.

    

Bugungi kunda  yoshlarga  ta’lim-tarbiya  berishda  madaniyatimiz,  qadriyatlarimiz,  milliy



san’atimiz namunalaridan, ota-bobolarimiz tomonidan yaratilgan va butun jahonga mashhur

bо‘lgan ajoyib san’at namunalaridan keng foydalanishga katta ahamiyat berilmoqda. O’tmishda

yashab o’tgan buyuk vatandoshlarimiz, ulug’ allamalar siymosini tasviriy san’at asarlarida aks

ettish ijod ahli oldiga ham ma’suliyatli vazifalarni yuklaydi.

Shu sababli ham ular  o’rganishni , tahlil qilishni  taqozo etadi. Bu  uz navbatida  xalqimiz

ichidan yetishib chiqqan buyuk davlat va fan arboblari, yetuk ijodkorlar haqida yaratilgan va

yaratilayotgan tasviriy san'at asarlarini o’qishni o’rganishda , badiiy saviyasi  va  qiymatini

anglashimizda  bеnixoya  kata  ahamiyat kasb  etadi , dеb uylaymiz. О‘zbekistonda ham yangi

ma’naviy-g‘oyaviy yо‘nalishlarning shakllanishi о‘z navbatida, zamo-naviy san’atning barcha

sohalariga samarali ta’sir etib, ijodiy izlanishlar doirasini kengaytirib, badiiy tafakkur rivojini

yanada jadallashtirdi. Tarixiy, madaniy va ma’-naviy-axlokiy kadriyatlarning keng qatlamlarini

qayta idrok etish g‘oyalari, yangilanish tamoyillari me’morlik, tasviriy va amaliy bezak




22

sohalarida, musiqa va tomosha san’atlarida, badiiy va xujjatli kinohamda, televideniye tizimida

yaqqol namoyon bо‘lmoqda.

    


XX asr O'zbek tasviriy san'ati, ayniqsa, rangtasvir san'atining shakllanishida Yevropaning

ilg'or tasviriy san'ati an'analari, rus va boshqa xalqlar rassomlarining ta'siri katta bo’lganligi

ma’lum. Yevropa davlatlarida ancha ilg'orlab ketgan uch o'lchamlilik qonuniyatlari asosida

rivojlangan tasviriy san'at aynan o'sha davrlarda bizning o'lkamizda deyarli mavjud emas edi.

Ajdodlarimizning san'atga ixlosmand vakillari ko'proq xalq amaliy bezak san'ati bilan mashg'ul

bo'lganlar.

    

Ana shu ijodkor rassomlar ichida Rahim Ahmedov o’z uslubi, portret va maishiy janr



sohasidagi yaratgan asarlari bilan alohida ajralib turar edi. Bu musavvir  O’zbek rangtasvir

san’ati va uning rivojlanishida katta xizmatlar qilganligini e’tirof etgan holda,  portret san’atida

o’ziga hos bir uslub va  yo’nalishlarni boshlab berdi desak also mubalag’a bo’lmaydi.

Tasviriy san’atda buyuk boblokonlarimiz siymolarining aks ettirilishi- bu yoshlarni

umuminsoniy qadriyatlar, vatanga va yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb

etadi.



23


Download 452,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish