1. O’zbekistonning XX asr tasviriy san’ati haqida.
2. Rahim Ahmedov ijodida portret janri.
3. Mustaqillik yillarida R.Ahmedov ijodi.
3
Kirish
Ma’lumki, tasviriy san'at inson ongiga tezda ta'sir etib, unda ezgu hislar uyg'otadigan,
ma'naviy olamini boyitadigan san'at turlaridan biridir. Shu bilan birga, tasviriy san'at inson
shaxsining shakllanishi va kamolga yetishiga yordam beradigan tarbiyachi hamdir.Shu jihatdan
ham umumiy o’rta ta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlarida yosh avlodni har jihatdan
barkamol insonlar qilib tarbiyalashda tasviriy san’atning ham o’z o’rni bor.
San'atkor o'z asarlarida voqea va hodisalar, turli holatlarning ma'lum bir ko'rinishini ifodalab,
tasvir orqali ichki mohiyatni ochib, kishilarning ma'naviy qiyofasi, psixologik (ruhiy) holati va
fikrlarini tasvirlaydi.
Tasviriy san'at juda qadim zamonlarda, mehnat jarayonining taraqqiyoti natijasida paydo
bo'ldi. Mehnat jarayonida inson tafakkuri kamol topdi, go'zallik
hissi ortdi, voqelikdagi go'zallik, qo’laylik va foydalilik tushunchalari kengaydi.
Sinfiy jamiyat vujudga kelishi bilan esa ijtimoiy taraqqiyotda katta o'zgarishlar sodir bo'ldi,
aqliy mehnat jismoniy mehnatdan ajralib chiqa boshladi. Bu esa fan va san'at rivojida muhim
ahamiyat kasb etdi. Professional san'at va san'atkorlar shu davrda paydo bo'ldi. Tasviriy san'at
esa o'ziga xos xususiyatini, sinfiyligini namoyon etib, hukmron sinfning ideologiyasini targ'ib
etuvchi kuchli g'oyaviy qurolga aylandi. Lekin shunga qaramay, omma orasidan yetishib
chiqqan iste'dodli ijodkorlar mehnatkash xalq ommasining orzu-istaklarini, ularning go'zallik va
xudbinlik, oliyjanoblik va insonparvarlik haqidagi tushunchalarini ifoda etuvchi asarlar
yaratdilar. Xalqning turmushi, xulq va odatlari, yutuq va mag'lubiyatlari ularning asarlarida o'z
ifodasini topdi. Har bir davrda mavjud bo'lgan ana shunday san'at hayot go'zalliklarini tasvirlab,
odamlarda yuksak xislat va fazilatlarni kamol toptirdi, ularni tenglik, ozodlik, birodarlik,
yorqin kelajakka intilishga da'vat etdi.
Haqiqatdan ham insoniyat yaratib qoldirgan madaniy qadriyatlar oddiy boyliklar bo'lib
qolmay, balki o'zida inson aql-zakovati, hayot to'g'risidagi fikr-o'ylarini aks ettiruvchi ko'zgu
hamdir. Jahon va Vatanimiz san'ati tarixini o'rgatish, uning taraqqiyot qonunlarini tushunish,
nodir yodgorliklar bilan tanishish, o'tmish odamlarning his-tuyg'u, hayotiy tajribalarini o'rganish
g'oyaviy-estetik qarashlarning shakllanishini bilish demakdir. Bu so'zsiz kishilarda hayotiy
tajribalarning boyishiga, hayotga yanada keng va atroflicha yondoshishga yordam beradi.
Bugungi Mustaqillik davrlari tasviriy san’ati haqida gapirar ekanmiz, biz albatta vatanimiz
san’ati o’tmishi va kechagi kunini ham eslab o’tishimiz, tarixiy manbalar asosida ular haqida
ham holisona fikr-mulohazalar bildirishimiz kerak.
O’zbеkistonning har bir fuqarosi o’z tarixini bilishi va uni asrab avaylashi lozim. Mustaqil
dеmokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayoni bugungi kunda
4
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda «Ta'lim to’g’risi»dagi qonun talablarini amalga
oshirish uchun har bir kasb sohasida yangicha tafakkurli, ijodiy qobiliyatli, madaniyatli shaxsni
tarbiyalashni talab etadi. Bugun Mustaqillik bergan ulug’ ne’matdan bahramand bo’lar
ekanmiz, o’tmishda sodir bo’lgan jarayonlar, ayniqsa san’at, hususan tasviriy sana’t sohalarida
bo’lgan o’zgarish va burilishlar, uning tanazzul va rivojlanish bosqichlari haqida o’ylash,
tafakkur qilish haqida ham o’ylashimiz kerak. Shu o’rinda XX asr oxiri va XX asr boshlarida
O’zbekistonda tasviriy san’at va uning o’ziga hos tomonlari, bu dvrda ijod qilgan rassomlar
hayoti va faoliyati haqida fikr yuritish muhim ahamiyat kasb etadi deb o’ylaymiz. ana shu
davrda ijod qilgan rangtasvirchi rassom Rahim Ahmedov O’zbek tasviriy san’atida yorqin iz
qoldirgan rassomlardan biridir. Bu ustoz musavvir nomi barcha tasviriy san’at ihlosmandlari
uchun birdek qadrli va hurmatlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: