Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti investitsiya loyihalarini boshqarish



Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/293
Sana31.12.2021
Hajmi2,84 Mb.
#246166
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   293
Bog'liq
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

tamoyillarga asoslansa, maqsadga muvofiq bo’ladi: 
- ortiqcha tavakkal qilish kerak emas
- risk oqibatlari to’g’risida o’ylash lozim; 
- kam narsa uchun risk qilish kerak emas.  
Birinchi  tamoyilga  asosan,  investor  o’z  kapitalidan  ko’ra  ko’proq  risk  qilishi 
mumkin emas, ya’ni investor investitsiya loyihasini amalga oshirish to’g’risida qaror 
qabul qilishidan avval quyidagilarga amal qilishi lozim: 
 -  loyihaga  ta’sir  etuvchi  risk  bo’yicha  mumkin  bo’lgan  zararning  maksimal 
hajmini aniqlab olishi; 
-  uni  qo’yilayotgan  kapital  va  o’zining  barcha  moliyaviy  mablag’lari  bilan 
taqqoslashi lozim. 
-  ushbu  kapitalning  yo’qotilishi  investorning  bankrot  bo’lishiga  olib  kelish-
kelmasligini risk koeffitsientini hisoblash asosida aniqlashi lozim.  
Investitsiya risklarini pasaytirish usullari quyidagilardan iborat:  


182 
 
1.  Risklarni diversifikatsiyalash. 
2.  Risklarni sug’urtalash. 
3.  Risklarni loyiha qatnashchilari o’rtasida taqsimlash. 
4.  Risklar uchun moliyaviy zahiralar ajratish. 
5.  Qo’shimcha ma’lumotlar va axborotlarga ega bo’lish. 
Risklarni  diversifikatsiyalash  bir-biriga  bog’liq  bo’lmagan  turli  xil  faoliyatlar 
o’rtasida  risklarni  taqsimlash  hisoblanadi.  Diversifikatsiya  turli  xil  faoliyatlar 
o’rtasida investitsiyalarni taqsimlash asosida riskning bir qismidan qutulish imkonini 
beradi (investitsiya portfelini shakllantirish).  
Investitsiya  portfelini  shakllantirishda  risklarni  taqsimlashning  quyidagi 
shakllari mavjud: 
1.  Tovar va xizmatlar, faoliyat turlari bo’yicha diversifikatsiyalash
2.  Iste’molchilarni diversifikatsiyalash; 
3.  Mol yetkazib beruvchilarni diversifikatsiyalash; 
4.  Loyiha qatnashchilarni diversifikatsiyalash. 
Risklarni sug’urtalash bu risklardan og’ish hisoblanib, bunda mukofot evaziga 
risklarni  sug’urta  kompaniyalariga  berish  orqali  risklarni  pasaytirish  hisoblanadi. 
Sug’urtalashda mulkni sug’urtalash hamda baxtsiz xodisalardan sug’urtalash amalga 
oshiriladi. Mulkiy sug’urtalashning quyidagi shakllari mavjud: 
1.  Moddiy  yo’qotishlar  va  zararlardan  himoya  qilish  maqsadida  pudrat 
qurilishlarini sug’urta qilish; 
2.  Moddiy  yo’qotishlar  va  zararlardan  himoya  qilish  maqsadida  dengiz  yoki 
havo transportlari orqali tashilayotgan yuklarni sug’urta qilish; 
3.  Moddiy  yo’qotishlar  va  zararlardan  himoya  qilish  maqsadida  pudrat  va 
subpudrat tashkilotlariga tegishli bo’lgan asbob uskunalarni sug’urta qilish. 
Baxtsiz hodisalardan sug’urta qilishning quyidagi shakllari mavjud:  
1.  Qurilish  qatnashchilari  tana  jarohatlari,  shaxsiy  zarar  yoki  mulkiy  zarar 
ko’rganlarida  bosh  pudrat  tashkilotlari  faoliyatini  himoya  qilish  maqsadida  umumiy 
fuqorolik javobgarligidan sug’urta qilish; 
2.  Loyihalashtirish  jarayonida  arxitektorlik  va  texnik  nuqtai  nazardan 


183 
 
xatolarga  yo’l  qo’yilganda  loyihalarni  boshqarishda  kamchiliklar  kelib  chiqqanda 
bosh pudrat tashkilotini moddiy javobgarlikdan sug’urta qilish.  
Risklarni  loyiha  qatnashchilari  o’rtasida  taqsimlash  moliyaviy  reja  va 
shartnoma  xujjatlarini  ishlab  chiqish  davomida  amalga  oshiriladi.  Risklarni  sifat  va 
miqdor  jihatdan  taqsimlash  mumkin.  Risklarni  sifat  jihatdan  taqsimlashda  loyiha 
qatnashchilari  ularga  tegishli  bo’lgan  u  yoki  bu  risklarni  ko’paytirib  yoki 
kamaytirgan  holda  qaror  qabul  qiladilar.  Lekin,  bunda,  masalan,  investorlarga 
qanchalik yuqori risklar taqsimlanishi ko’zda tutilsa, shunchalik ularni loyihaga jalb 
qilish qiyinroq bo’ladi. 
Risklarni miqdor jihatdan taqsimlashda yuqorida ko’rib o’tilgan risklarni tahlil 
qilish  usullari  qo’llaniladi.  Masalan,  “Qarorlar  daraxti”  usulida  har  bir  bosqichda 
hech bo’lmaganda ikki tomon ishtirok etadi: sotuvchi va sotib oluvchi, buyurtmachi 
va buyurtmani amalga oshiruvchi. Buyurtmachi shartnomada ko’rsatilgan ishlarni o’z 
vaqtida  hamda  sifatli  qilib  bajarilgan  holda  shartnoma  qiymatini  kamaytirishga 
harakat  qiladi;  buyurtmani  bajaruvchi  esa,  maksimal  foyda  olishga  harakat  qiladi. 
Bunda risk darajasi ikki tomon uchun ham mos kelishi kerak. 
Riskni  kompensatsiyalash  moliyaviy  zahiralarni  tashkil  etishni  ko’zda  tutadi. 
Ko’zda  tutilmagan  zararlarni  qoplash  uchun  moliyaviy  zahiralarni  tashkil  etish 
orqaligina  loyihani  amalga  oshirishda  vujudga  keladigan  uzilishlarni  bartaraf  etish 
mumkin. 
Moliyaviy zahiralarni tashkil etishda quyidagilarni aniqlash lozim: 
1.  ko’zda  tutilmagan  harajatlarni  qoplash  uchun  kerakli  bo’lgan  mablag’ 
miqdori; 
2.  ko’zda  tutilmagan  harajatlarni  qoplash  uchun  kerakli  bo’lgan  zahiraning 
tarkibi; 
3.  belgilangan zahiralardan foydalanish maqsadlari. 
Moddiy  zahiralar  maxsus  zahiralar  tashkil  etishni,  masalan,  ma’lum  bir  davr 
mobaynida  loyiha  bo’yicha  ishlab  chiqarish  uzulishlarsiz  amalga  oshirilishi  uchun 
xom ashyo va materiallar zahiralarni tashkil etishni anglatadi. 
 


184 
 

Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   293




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish