Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti investitsiya loyihalarini boshqarish



Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/293
Sana31.12.2021
Hajmi2,84 Mb.
#246166
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   293
Bog'liq
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

Miqdoriy  tahlil  risklarni  loyiha  natijalariga  son  o’lchovida  ko’rsatib  beradi. 
Bunday  tahlil  turida  matematik  modellar,  ehtimollar  nazariyasi,  statistik  usullar 
qo’llaniladi. 
Miqdoriy  tahlilning  kamchiliklari:  u  katta  hajmdagi  ma’lumot,  vaqt  va  aniq 
bilim talab qiladi, bitta omilning miqdoriy natijasi sanalib, boshqa omillarning ta’siri 
hisobga olinmay qoladi, ammo bu tahlilni turi aniq o’lchovli ma’lumot beradi.  
Miqdoriy tahlil quyidagilarni o’z ichiga qamrab oladi: 


176 
 
- statistik ko’rsatkichlar (dispersiya, variatsiya va boshqalar); 
-  sezgirlik  usuli  (bitta  risk  omili  o’zgarishining  loyiha  samaradorligi 
mezonlarining o’zgarishiga bog’liqligini tadqiq qilish);  
- kritik nuqtalarni aniqlash usuli; 
- ssenariylar usuli;  
- Monte-Karlo usuli; 
- diskontlash stavkasini o’zgartirish usuli va boshqalar. 
Odatda, risk tahlili quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:  
-  birinchi  bosqichda  muayyan  turdagi  riskning  ko’payishi  yoki  kamayishiga 
ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar aniqlanadi;         
- ikkinchi bosqichda aniqlangan omillar tahlili o’tkaziladi; 
- uchinchi bosqichda quyidagi ikki usul (yondashuv) asosida moliyaviy nuqtai 
nazardan aniq ko’rinishdagi risk tahlili olib boriladi: 
a) loyihaning moliyaviy ahvoli (likvidligi)ni aniqlash; 
b)  investitsiya  loyihasida  ishtirok  etishning  iqtisodiy  jihatdan  maqsadga 
muvofiqligini (moliyaviy mablag’lar qo’yilmasining samaradorligini) aniqlash; 
-  to’rtinchi  bosqichda  riskning  tanlangan  darajasi  bo’yicha  alohida 
operatsiyalar tahlili o’tkaziladi; 
-  beshinchi  bosqichda  risk  oqibatida  kutilishi  mumkin  bo’lgan  yo’qotishlar 
hajmi aniqlanadi; 
- oltinchi - so’ngi bosqichda, ko’rib chiqilayotgan loyihada qatnashish bo’yicha 
ijobiy  qaror  qabul  qilingan  hollarda  riskni  yo’qotish  yoki  pasaytirish  bo’yicha 
kompleks  chora-tadbirlar  ishlab  chiqiladi.  Odatda,  bunday  vaqtlarda  turli  xil 
yo’qotishlarga tayyor turish uchun oldindan xavfsizlik zahirasi tashkil etilishini ham 
ko’rib chiqish mumkin.  
Loyiha  risklarini  aniqlash,  tadqiq  qilish,  baholash  va  pasaytirish  tadbirlarida 
risklarni boshqarish tizimi qonuniyati sifatida quyidagi masalalarga e’tibor qaratiladi: 
loyiha  risklarining  tasnifi;  loyiha  risklarini  aniqlash  va  baholash  usullari;  loyiha 
risklarini  boshqarishning  axborot  ta’minoti;  risklarning  monitoringi  va  istiqbolini 
belgilash;  risklarning  oldini  olish;  risklarni  kamaytirish  texnologiyalari;  risklarni 


177 
 
boshqarishni  tashkil  etish;  risklarni  taqsimlash;  risklarni  sug’urtalash;  risklarni 
boshqarish  xarajatlarining  optimal  darajasini  asoslash  va  samaradorlikni  baholash; 
risklarni moliyalashtirish; natijalarni o’rganish va monitoring olib borish; monitoring 
ma’lumotlari  asosida  risklarni  boshqarishda  qo’shimcha  chora-tadbirlarni  qabul 
qilish. 
Investitsiya loyihasida uchraydigan risklarni boshqarish yoki sug’urtalash yo’li 
bilan  ular  tufayli  ro’y  beradigan  yo’qotishlarni  kamaytirish  yoki  bartaraf  etish 
mumkin. Bunda qaysi usulning tanlanilishi loyihani amalga oshiruvchilarning o’zaro 
kelushuviga bog’liqdir. 
Risklar tahlili salohiyatli hamkorlarga investitsion loyihada ishtirok etishning 
maqsadga  muvofiqligi  to’g’risida  qarorlar  qabul  qilish  hamda  kutilishi  mumkin 
bo’lgan  moliyaviy  yo’qotishlardan  himoyalanish  bo’yicha  zarur  ma’lumotlarni 
beradi.  Loyiha  samaradorligini  baholashda  risk  va  noaniqlik  omillarini  hisobga 
olishda  loyihani  amalga  oshirish  shart-sharoitlari  bo’yicha  barcha  mavjud 
ma’lumotlardan foydalaniladi.  
Risklarni tahlil qilishning asosiy usullaridan biri sezgirlik tahlilidir
Sezgirlik  tahlili  loyiha  tahlili  bo’yicha  mutaxassislarga  risk  va  noaniqlikni 
hisobga  olishga  imkon  beradi.  Sezgirlik  tahlili  bir  qancha  omillarning  o’zgarishi 
asosida ko’rib chiqiladi. Masalan, loyiha bo’yicha ishlab chiqariladigan mahsulotga 
bo’lgan  narxning  tushishi  yoki  loyiha  uchun  zarur  bo’lgan  qandaydir  resurslarning 
narxi oshishi. Ko’pgina hollarda, sezgirlik tahlili, kelajakda loyihani amalga oshirish 
shart-sharoitlarini ko’rsatib beruvchi loyiha ekspertizasida qo’llaniladi.  
Loyihaviy  tahlilda  sezgirlik  tahlili  loyihani  muvaffaqiyatli  amalga  oshirishga 
ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash va noaniqlikni hisobga olishda muhim ahamiyatga 
ega.  Masalan,  mahsulot  narxi  kritik  omil  hisoblansa,  bunda  marketing  dasturini 
kuchaytirish  yoki  loyiha  qiymatini  kamaytirish  kerak  bo’ladi.  Agar  loyiha  ishlab 
chiqarish  hajmi  o’zgarishiga  sezgir  bo’lsa,  unda  xodimlarni  o’qitish  dasturlariga, 
menejmentga  hamda  ishlab  chiqarishni  oshirishga  ko’proq  e’tibor  berish  kerak 
bo’ladi.  


178 
 
Sezgirlik  tahlili  loyihaning  o’xshash  parametrlaridan  biri  o’zgarganda,  loyiha 
samaradorligi  qay  darajada  o’zgarishiga  miqdoriy  baho  berishda  qo’llaniladi. 
Sezgirlik  tahlilini  investitsiya  loyihalari  natijalariga  sezilarli  darajada  ta’sir  etuvchi 
omillarni aniqlash va ularni taqqoslash tahlili uchun o’tkazish tavsiya etiladi.  
“Zararsizlik  nuqtasi”ni  aniqlash  usuli  yordamida  mahsulot  sotishdan  kelgan 
tushum  uni  ishlab  chiqarish  xarajatlariga  teng  bo’lgan  holdagi  sotish  hajmi 
aniqlanadi.  Agar  sotish  hajmi  bu  nuqtadan  past  bo’lsa,  korxona  zararlarni  qoplashi 
mumkin,  agar  pul  kirimi  xarajatlarga  teng  bo’lsa,  korxona  ishini  zararsiz  olib 
borayotgan  bo’ladi.  “Zararsizlik”  tahlili  loyiha  quvvati  yoki  ishlab  chiqarish  hajmi 
miqdorini  topish  maqsadida  qo’llaniladi.  Agar  ishlab  chiqarish  hajmi  past  bo’lsa, 
korxona  zararga  ishlayotgan  bo’ladi.  Bu  tahlil  loyihani  baholashda  turli  narx  va 
qiymatni hisobga olishda muhim ahamiyatga ega. 

Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   293




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish