Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti investitsiya loyihalarini boshqarish



Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/293
Sana31.12.2021
Hajmi2,84 Mb.
#246166
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   293
Bog'liq
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

 
 
9.3. Loyiha risklarining oldini olish chora-tadbirlari 
 
Har  qanday  investitsiya  loyihalari  turli  noaniqliklar  va  risklar  bilan  bog’liq. 
Har  bir  investitsiya  ishtirokchisi  risklar,  risk  turlarining  vujudga  kelish  sabablari, 
ularning  tasnifi  hamda  risk  ehtimollarini  oldini  olish  bo’yicha  tadbirlar  haqida  aniq 
ma’lumotlarga  ega  bo’lishlari  lozim.  Shundagina  ular  investitsiya  loyihasini 
muvaffaqiyatli amalga oshirishga o’z hissalarini qo’shishlari mumkin. 
Investitsiya  loyihalarini  moliyalashtirishni  rivojlantirishga  iqtisodiy  va  siyosiy 
omillarining  ta’siri  yaqqol  seziladi.  Inflyatsiya  darajasining  yuqoriligi, 
korxonalarning  to’lovga  layoqatlilik  darajasining  pastligi,  banklarning  resurs 
bazasining  zaifligi  loyihalarni  moliyalashtirishga  salbiy  ta’sir  etuvchi  umumiy 
sabablardir.  
Investitsiya  loyihasini  amalga  oshirish    murakkab  jarayon  bo’lganligi  sababli, 
uni  muvaffaqiyatli  amalga  oshirishda  hukumat  tomonidan  yaratilgan  imkoniyatlar 
yetarli  emas.  Chunki,  investitsiya  loyihalari  turli  noaniqliklar,  risklar  bilan  bog’liq. 
Loyihalarni  moliyalashtirishda  risk  turlarini  aniqlash,  tahlil  qilish,  ularni  loyiha 


179 
 
ishtirokchilari  o’rtasida  taqsimlash  hamda  risklarni  kamaytirish  bo’yicha  tadbirlar 
ishlab chiqish  loyiha  samaradorligiga  ijobiy  ta’sir ko’rsatadi. Har  bir  muvaffaqiyatli 
amalga oshgan loyiha esa respublika iqtisodiyotiga ijobiy hissa qo’shadi. 
Shuni  hisobga  olgan  holda,  investitsiya  risklarini  boshqarishning  mazmuni, 
mohiyati,  boshqarishdagi  vazifalar,  risklarni  pasaytirish  yo’larini  hamda  usullarini 
bilish har bir loyiha qatnashchilari va investorlar uchun juda muhim hisoblanadi. 
Iqtisodiy  adabiyotlarda  risklarni  boshqarish  -  bu    risk  va  foyda  miqdorini 
oqilona  qo’shilmasini  aniqlashga  qaratilgan  harakatlardir,  deb  ta’rif  beriladi. 
Risklarni boshqarishning asosiy maqsadi - ularni pasaytirish hisoblanadi. 
Quyida  investitsiya  loyihalarini  ishlab  chiqishda  aniqlanuvchi,  hisobga 
olinuvchi  risklarni  tahlil  qilish  va  ularni  loyihani  ishlab  chiqish  va  amalga  oshirish 
jarayonlaridagi boshqarish tizimining bosqichlari keltirilgan: 
- risklarni boshqarishni rejalashtirish; 
- risklarni tasniflash; 
- risklarni sifatli baholash; 
- risklarni miqdoriy baholash; 
- risklarni rejalashtirish (aniqlash) va ularni hal etish uslublarini tanlash; 
- risklarning monitoringini olib borish. 
Loyiha  risklarini  boshqarishning  yuqoridagi  barcha  bosqichlari  bir-biri  bilan 
o’zaro bog’liqlikka ega. Har bir bosqich har bir loyihada bir marta bajariladi.  
1.  Risklarni  boshqarishni  rejalashtirish.  Risklarni  boshqarishni  rejalashtirish 
deganda  aniq  loyiha  bo’yicha  boshqarishni  rejalashtirish  va  qarorlarni  qabul  qilish 
jarayoni  tushuniladi.  Shuningdek  mazkur  jarayon  o’z  ichiga  loyiha  risklarini 
boshqarish  jarayonini  kadrlar  bilan  ta’minlashni  tashkil  etishni  ham  qamrab  olishi 
lozim. 
2.  Risklarni  tasniflash.  Risklarni  tasniflash  jarayoni  doirasida  loyihaga 
haqiqatan ham ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan risklar aniqlanadi va bu risklarning 
tasnifi keltiriladi. Shuni ta’kidlash lozimki, investitsiya loyihalarini amalga oshirishda 
risklarni tasniflash ularni boshqarishning eng muhim jarayonlaridan hisoblanadi. 
3.  Risklarni  sifatli  baholash.  Risklarni  sifatli  baholash  -  loyihada  tasniflangan 


180 
 
risklarning sifatli tahlilini amalga oshirish va ulardan eng hatarlilarini ajratib olishdir. 
Risklarni  sifatli  baholash  risklarning  paydo  bo’lish  shart-sharoitlarini  baholashni  va 
ularning standart yoki nostandart usullar va vositalar bilan loyihaga ta’siri aniqlanadi. 
Bizning  fikrimizcha,  aksariyat  hollarda  tahlilning  universal  usullarini  qo’llash 
olinadigan  natijalarning  ko’zlangan  darajadagi  ishonchligini  ta’minlashga  imkon 
bermaydi. 
4.  Risklarni  miqdoriy  baholash.  Adabiyotlarda  risklarni  miqdoriy  baholash 
sifatida  risklarning  paydo  bo’lish  ehtimolligini  aniqlash  va  ularning  loyihaga  ta’siri 
tushuniladi. Fikrimizcha, miqdoriy tahlil, aksariyat hollarda, risklarni boshqarishning 
mustaqil  bosqichi  hisoblansada,  u  risklarni  sifatli  baholash  bosqichi  bilan  uzviy 
bog’liqlikda qo’llanilishi lozim.  
5.  Risklarni  rejalashtirish  (aniqlash)  va  ularni  hal  etish  uslublarini  tanlash. 
Adabiyotlarda risklarni rejalashtirish (aniqlash) va ularni hal etish uslublarini tanlash 
sifatida  loyihaga  salbiy  ta’sir  ko’rsatuvchi  risklarni  pasaytirish  uslublari  va 
texnologiyalarini ishlab chiqish tushuniladi. 
6. Risklarning monitoringini olib borish. Risklarning monitoringini olib borish 
bosqichi  doirasida  aniqlangan  risklar,  bartaraf  etilmagan  risklar  va  risklardan 
himoyalanish  rejasining  bajarilishi  ta’minlanganligi  aniqlanadi  hamda  uning 
samaradorligini baholash ishlari olib boriladi. 
Shuni  e’tiborga  olish  lozimki,  investitsiya  loyihalari  risklarini  boshqarishda 
ularning tahlil qilinish natijalariga asoslanib, boshqarish usullari tanlanadi.  

Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   293




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish