Mantiqiy savollar



Download 132,99 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana31.12.2021
Hajmi132,99 Kb.
#245758
  1   2   3
Bog'liq
Mantiqiy savollar1



Mantiqiy savollar 

1. ”Davlat funksiyasi” va “ davlat siyosati”  tushunchalarining farqi nimada? 

2.  Huquq  prinsipi  tushunchasi  va  turlarini  izohlang.  Mazkur  prinsiplarning 

huquqning shakillanishidagi ta’sirini misollar yordamida izohlang.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


1-mantiqiy savolga javob 

«Davlat  funksiyalari»  atamasi  davlatning  ijtimoiy  vazifalari  namoyon 

bo‘ladigan  faoliyatining  asosiy,  eng  muhim  yo‘nalishlarini  belgilash  uchun 

qo‘llaniladi.  Bunday  faoliyat  yo‘nalishlarining  eng  asosiy  maqsadi  jamiyatning 

barqaror turmush tarzini ta’minlashdan iboratdir. Davlat funksiyalarida davlatning 

mohiyati,  ijtimoiy  rivojlanishi  va,  eng  avvalo,  mamlakat  aholisining  turli-tuman 

manfaatlarini qondirish bilan bog‘liq asosiy masalalarni hal etishdagi aniq roli o‘z 

ifodasini topadi. 

Davlat  funksiyalari  taraqqiyotning  u  yoki  bu  bosqichida  jamiyat  oldida  turgan 

asosiy  vazifalarga  qarab  belgilanadi  va  bu  vazifalarni  ro‘yobga  chiqarishning 

vositasi  sifatida  namoyon  bo‘ladi.  Davlat  vazifalarining  mazmuni  esa,  turli  xil 

ichki  va  tashqi  omillardan  kelib  chiqqan  holda  belgilanadi.  Masalan,  mamlakat 

iqtisodiy  hayotidagi  tanglik  hodisalari  davlatning,  uning  barcha  organlarining 

kuch-g‘ayratini  iqtisodiy  vazifalarni  hal  qilishga  jalb  etishni  talab  qiladi. 

Jinoyatchilikning o‘sishi esa, davlatni jinoyatchilikka qarshi kurashni kuchaytirish, 

jinoyatchilikni keltirib chiqarayotgan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda 

ularga barham berish yuzasidan o‘z vaqtida jiddiy amaliy chora-tadbirlar ko‘rishga 

majbur  etadi.  Tashqaridan  bo‘ladigan  tajovuz  davlat  mexanizmini  mamlakat 

aholisini tajovuzni bartaraf etishga tayyorlash uchun safarbar qiladi. 

Davlat funksiyalari quyidagi umumiy jihatlar bilan ta’riflanadi:  

1.      Davlat  har  bir  funksiyasining  mazmuni  bir  yo‘nalishdagi  davlat  faoliyatidan 

tarkib  topadi.  Davlat  faoliyatining  o‘xshash  tomonlari  ular  qaysi  ijtimoiy 

munosabatlarga  daxldor  bo‘lsa,  ana  shu  munosabatlarning  xususiyatidan  kelib 

chiqqan holda bitta funksiyaga birlashtiriladi.  

2.  Muayyan  faoliyat  uchun  maxsus  tuzilgan  ko‘p  sonli  davlat  organlarining 

(masalan,  moliya  vazirligi,  xalq  ta’limi  vazirligi,  prokuratura  organlarining) 

funksiyalaridan  farqli  o‘laroq,  davlat  funksiyalari  uning  faoliyatini  butunlay 

qamrab  oladi.  Biroq,  bu  hol  muayyan  davlat  funksiyalarini  amalga  oshiruvchi 

ayrim  organlarning  ahamiyatini  kamaytirmaydi,  chunki  mazkur  organlar  ba’zida 

davlatning  asosiy  vazifalarini  hal  qilishda  yetakchi  rol  o‘ynaydi.  Davlat 

funksiyalarini  uning  ayrim  organlari  funksiyalaridan  farqlash  lozim.  Agar  davlat 

funksiyalari u amalga oshiradigan faoliyatning asosiy, ijtimoiy ahamiyatga molik, 

butun  davlat  apparatining  ishi  bo‘ysundirilgan  yo‘nalishlariga  javob  bersa,  ayrim 

davlat  organlarining  funksiyalari  hamisha  ham  davlatning  ijtimoiy  vazifalari  va 

mohiyatini ifoda etavermaydi.  



3.    Davlat funksiyalari kompleks, umumiy tusga ega. Ularda davlatning ichki va 

tashqi  faoliyatidagi  hal  qiluvchi,  hayotiy  muhim  yo‘nalishlarga  qaratilgan  sa’y-

harakatlari qamrab olinadi.  

4.  Davlat funksiyalarini maxsus vakolatli organlar yoki turli davlat organlarining 

tarkibiy  tuzilmalari  tomonidan  amalga  oshiriladigan  davlat  faoliyatidan  farqlash 

ham  zarur.  Masalan,  jinoyat  ishlarini  tergov  qilish,  bojxona  nazoratini  amalga 

oshirish davlat faoliyatining turlari jumlasiga kiradi. Bu faoliyatlar maxsus tashkil 

etilgan maxsus davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.  

5.  Davlat  funksiyalari  bu  funksiyalarni  ro‘yobga  chiqarishning  shakllari  va 

uslublari  bilan  aynan  bir  narsa  emas.  Huquq  ijodkorligi,  ijroiya-farmoyish  berish 

va huquqni muhofaza qilish faoliyati – hozirgi zamon davlati funksiyalarini amalga 

oshirishning asosiy huquqiy shakllari hisoblanadi. Davlat taraqqiyotning u yoki bu 

bosqichida o‘z oldida turgan vazifalarga muvofiq ishontirish, rag‘batlantirish yoki 

majbur  etishning  turli  vositalaridan  foydalanishi  mumkin.  Davlatning  aniq 

funksiyasi  esa,  davlat  hokimiyatini  amalga  oshirishning  mazmuni,  shakli  va 

uslublari davlat faoliyatining muayyan yo‘nalishi bilan uzviy bog‘liqdir.  

Davlat funksiyalarini asosiy va asosiy bo‘lmagan funksiyalarga ajratish lozim

degan fikr ham  mavjud. Albatta, bunday ajratish shartli tusga ega bo‘ladi, sababi, 

bu borada aniq mezonlar hali ilmiy tarzda belgilanmagan. Muayyan davlatning har 

bir  funksiyasi  shu  davlat  uchun  obyektiv  zaruratdir.  Davlat  faoliyatining  barcha 

turlari  teng  darajada  muhim,  biroq  bu  fikr,  turli  bosqichlarda  birinchi  navbatda 

e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlarni belgilab olish imkoniyatini 

istisno qilmaydi, albatta. Mana shu ustuvor yo‘nalishlar davlatning asosiy faoliyat 

yo‘nalishlariga aylanadi.  

Hokimiyatlar  taqsimlanishi  prinsipini  mezonlar  jumlasiga  kiritish  va  ushbu 

prinsip  asosida  davlat  funksiyalarini  tasniflash  mumkin.  Bunda  funksiyalar 

tegishincha  qonun  chiqarish  (qonun  ijodkorligi),  boshqaruv,  huquqni  muhofaza 

qilish  (shu  jumladan,  sudlov)  va  axborot  funksiyalariga  bo‘linadi.  Bunday 

tasniflashning  o‘ziga  xos  xususiyati  shundaki,  u  davlat  hokimiyatini  ro‘yobga 

chiqarish  jarayonini,  hokimiyatlar  taqsimlanishi  prinsipini  ifodalaydi.  Bu 

qonunchilik (vakillik), ijro etish, sud hokimiyati tarmoqlari faoliyati bilan bog‘liq 

rasmiy  tasniflashdir.  Shunday  bo‘lsa-da,  ushbu  tasnifdan  ilmiy  va  amaliy 

maqsadlarda tez-tez foydalaniladi.  

«To‘rtinchi hokimiyat» deb ataluvchi ommaviy axborot vositalari faoliyatini 

ko‘rsatuvchi  axborot  tarqatish  vazifasiga  alohida  e’tibor  qaratish  lozim.  Bu 

funksiya ham o‘zining mazmuni, tuzilishi, ta’minlash usullari va vositalariga ega. 

Ushbu  funksiyaning  o‘ziga  xos  xususiyati  quyidagilardan  iborat:  aholini  aniq 

maqsadga  yo‘naltirilgan  axborot  bilan  ta’minlash,  ijtimoiy  ongga  axborot  orqali 

ta’sir ko‘rsatish va axborot uzatishning boshqa usullaridan iborat bo‘lib, hokimiyat 



barcha tarmoqlarining, butun davlatning amal qilishi va faoliyat ko‘rsatishi uchun 

zarur shart-sharoitlar yaratadi.  

Umuman  olganda,  aytish  joizki,  davlat  funksiyalari  –  davlatning  yaxlit,  siyosiy, 

institutsional,  hududiy  jihatdan  yagona  va  ayni  vaqtda,  differensiatsiyalashgan 

faoliyati  yo‘nalishidir.  Shuning  uchun  davlat  nazariyasida  davlat  funksiyalarini 

ichki va tashqi funksiyalarga ajratish, ya’ni davlatning jamiyatga (davlatning o‘zi 

ham  jamiyatning  alohida  tashkiloti  hisoblanadi)  munosabati  bo‘yicha  (ichki 

funksiyalar)  va  davlat  shaklida  tashkil  topgan  boshqa  jamiyatlarga,  boshqa 

davlatlarga nisbatan munosabati (tashqi funksiyalar) bo‘yicha faoliyatini aniqlash 

funksiyalarni taqsimlashning g‘oyat keng tarqalgan va e’tirof etilgan usulidir.  

Siyosat  (arab.  ةس اي س   (siyasa)  -  ot  tarbiyalash,  ot  boqish)  —  davlatni  boshqarish 

sanʼati.  Siyosat  biror  guruh,  jamiyatni  boshqarish  jarayonidir.  Ushbu  jarayonda 

tegishli  guruh  vakillari  ham  qatnashishadi.  Bu  atama  ostida  koʻpincha  hukumat 

faoliyati  tushuniladi.  siyosat  turli  ijtimoiy-siyosiy  institutlar,  ijtimoiy  qatlamlar, 

tabaqa va guruhlar oʻrtasidagi munosabatlar bilan bogʻliq. Uning mohiyatini davlat 

hokimiyati shakllari, uni amalga oshirish va boshqarish tashkil etadi. Siyosat keng 

maʼnoda jamiyatning siyosiy tizimi, siyosiy hayoti, davlat hokimiyati, uning ichki 

va tashqi faoliyati, siyosiy tashkilotlar va harakatlarning hokimiyatga munosabati, 

uni boshqarishda siyosiy manfaatlarni amalga oshirishning ustuvor yoʻnalishlarini 

oʻzida ifoda etadi. Shunga koʻra adolatli va adolatsiz, xolis va noxolis, insonparvar 

yoki inson manfaatlariga zid siyosat, demokratik va avtoritar siyosat koʻrinishlarini 

boshqaruvda kuzatish mumkin. 

Qadimda  siyosatga  jamiyat  va  shahardavlat  (polis)ni  boshqarish  toʻgʻrisidagi  fan 

(Platon  va  Aristotel)  sifatida  karalgan  boʻlsa,  hozirgi  vaqtda  siyosat  deganda 

davlatni  boshkarishning  vazifa  va  maksadlari  hamda  bu  maksadlarni  amalga 

oshirish  uchun  mavjud  yoki  zarur  boʻladigan  ijtimoiy-siyosiy  intlar,  jamoat 

boshqarishdagi  ishtiroki  tushuniladi.  Amaliy  siyosat  odamlarning  sayovchi, 

deputat va vazir va sh.k. sifatida davlat hayotida faol ishtirok etishini anglatadi. 

Siyosat  oʻz  taʼsir  etish  obyektiga  koʻra  2  ga:  ichki  va  tashqi  siyosatga  boʻlinadi. 

Siyosat ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat hayoti sohalari: iqtisodiy, ijtimoiy, milliy, 

ilmiy-texnikaviy, ekologiya, madaniyat, harbiy va boshqa sohalarni qamrab oladi. 

Shu  tarzda  iqtisodiy  siyosat,  ijtimoiy  siyosat,  milliy  siyosat,  demografik  siyosat, 

agrar  siyosat,  texnikaviy  siyosat,  ekologik  siyosat,  madaniy  siyosat,  kadrlar 

siyosati,  harbiy  siyosat  va  boshqa  yoʻnalishlarda  namoyon  boʻladi.  Siyosat 

subʼyektlari orqali ham ifodalanadi. Masalan, davlat siyosati, partiyalar va jamoat 

birlashmalari va harakatlari siyosati va h.k. 

Siyosatni  tushunishga  turli  xil  yondoshuvlar  bor.  Ular  teologik,  tabiiy,  sotsial, 

ratsional-tanqidiy  yoʻnalishlarda  siyosatning  tabiatini  tushunish  va  tushuntirish 

bilan bogʻliq qarashlardir. Mustabid Sovet davrida siyosatni ijtimoiy-sinfiy nuqtai 



nazardan  tushunish,  uning  ustuvor  yoʻnalishini  belgilashsa  muayyan  ijtimoiy 

qatlam  (proletariat)  manfaatidan  kelib  chiqqan  holda  baholash  odat  boʻlgan. 

Bunday  yondoshuv  siyosatning  mohiyatini  noxolisona  tushunishga  olib  keldi  va 

inson siyosatning passiv obʼyektiga aylantirildi. Natijada inson siyosat bilan emas, 

balki  siyosat  inson  bilan  shugʻullana  boshladi.  Oxir  oqibatda  siyosat  sinfiy 

manfaatlar  asosida  haddan  tashqari  mafkuralashib  ketdi.  Siyosat  demokratik, 

umuminsoniy  tamoyillardan  ajratilib,  milliy-maʼnaviy  xususiyatlarni  hisobga 

olmaydigan  holga  keltirildi,  asl  mohiyatiga  zid  boʻlgan  maʼno  kasb  etdi.  Siyosat 

"boshqarish  sanʼati"ga  emas,  aksincha,  zoʻrlik,  taʼqib  etish  vositasiga  aylandi. 

Davlat  boshqaruvida  manfaatlar  uygʻunligi  buzildi.  Siyosiy  hayotda  "davlat  — 

jamiyat  —  inson"  munosabati  qaror  topib,  davlat  manfaati  jamiyat  va  inson 

manfaatidan ustun boʻlib qoldi. 

 

Mustaqillik  tufayli  Oʻzbekiston  Respublikasining  davlat  siyosati  yangicha  maʼno 



va  mazmun  kasb  eta  boshladi.  Bu  siyosat,  avvalo,  Oʻzbekiston  Respublikasining 

Konstitutsiyasiga  asoslanmoqda.  Oʻzbekiston  Respublikasining  Prezidenti, 

Vazirlar  Mahkamasi,  Oliy  Majlis  siyosiy  institutlar  faoliyati  orqali  amalga 

oshirilmoqda. Mamlakatimizda  demokratiyaning umuminsoniy  prinsiplariga  rioya 

qilinishi,  ularga  koʻra  inson,  uning  hayoti,  erkinligi,  shaʼni,  qadr-qimmati  va 

boshqa  daxlsiz  huquqlari  oliy  qadriyat  hisoblanadi.  Bu  hol  bugungi  Oʻzbekiston 

olib  borayotgan  siyosatning  asosiy  mohiyatini,  uning  insonparvar  siyosat 

ekanligini belgilaydi  

 

 


Download 132,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish