Kazuslar
Unitar davlatga ta’rif bering va uning belgilarini ayting. Nima uchunushbu davlat
tuzulish shakli eng keng tarqalgan? Unitar davlat doirasida demokratiya
mumkinmi? Qanday unitary davlatlar markazlashgan va markazlashmagan deb
ataladi? Muxtoriya nima?
Unitar davlat — davlat tuzilishi shakli; bunda davlat hududi tarkibida,
federatsiyadan farqli ravishda, federativ birliklar (shtatlar, yerlar) boʻlmaydi, balki
u maʼmuriy-hududiy birliklar (tumanlar, viloyatlar, kantonlar va hokazo)ga
boʻlingan boʻladi. Mazkur mustaqil qismlar davlat suvereniteta alomatlariga ega
emas. Bunday davlatda oliy organlarning yagona tizimi hamda yagona qonunchilik
(Konstitutsiya, fuqarolik, oliy davlat xrkimiyati) buladi. Barcha unitar davlatlarga
xos bulgan markazlashtirish turli shakllarda va turli darajada namoyon bulishi
mumkin. Baʼzi mamlakatlarda mahalliy organlar umuman boʻlmaydi va
maʼmuriyhududiy boʻlinmalar markaziy hokimiyat vakillari tomonidan
boshqariladi. Boshqa davlatlarda mahalliy organlar tashkil etiladi-yu, lekin ular
(bevosita yoki bilvosita) markaziy hokimiyat nazorati ostida buladi. Markaziy
hokimiyat mahalliy organlar ustidan nazoratning qanday turini amalga oshirishiga
qarab, Unitar davlatlar markazlashgan va markazlashmaganga bulinadi.
Markazlashgan Unitar davlatda mahalliy organlarning markazga buysunishi
markazdan tayinlanadigan mansabdor shaxslar orqali amalga oshiriladi.
Markazlashmagan Unitar davlatda mahalliy organlar markaziy organlardan
mustaqil ravishda shakllantiriladi, shuning uchun ular oʻrtasidagi huquqiy
munosabatlar markazlashmagan asoslarda oʻrnatiladi. Unitar davlat tarkibida
davlat belgilari mavjud milliyhududiy tuzilmalar ham boʻlishi mumkin, masalan,
muxtor viloyat, muxtor respublika.
Unitar davlatlar hududida boshqa mustaqil davlatlar, mamlakat tarkibida
davlat belgilariga ega alohida hududiy tuzilmalar, ya’ni, «davlat ichidagi davlatlar»
bo‘lmaydi. Unitar davlatlar tarkibidagi ma’muriy-hududiy bo‘linmalar faqat
mahalliy masalalarni hal etish huquqiga ega, markaziy yagona davlat hokimiyati
mamlakatning butun hududiga o‘z ta’sirini, yurisdiksiyasini tanho o‘tkazadi.
Barcha ma’muriy hududlar uchun yagona qonunchilik tizimi, moliyakredit va soliq
siyosati amal qiladi. Unitar davlatlarga Daniya, Norvegiya, Shvetsiya, Fransiya,
Italiya, Ukraina kabi oddiy tarkibiy tuzilishga ega davlatlar misol bo‘la oladi.
Unitar davlatlarning alohida turi bo‘lib, avtonom hududli unitar davlatlar
hisoblanadi. Ularda yagona hudud tarkibida avtonom tuzilmalar bo‘ladi. Avtonom
hududli unitar davlatlarga Xitoy (o‘z tarkibida bir qator avtonomiyalarga ega –
Tibet, Ichki Mo‘g‘uliston, Gonkong va hokazo), Ispaniya (Basklar viloyati),
Daniya
(Farer
orollari
va
Grenlandiya)
misol
bo‘ladi.
Muxtoriyat — konstitutsiyaviy huqukda bironbir hududning unga konstitutsiya
yoʻl qoʻygan chegaralarida davlat hokimiyatini mustaqil amalga oshirish huquqi.
M. markazlashgan tizimdan markazlashmagan tizimga oʻtishning muayyan
darajasini bildiradi, ammo bu — federativ davlatdagiga nisbatan kamroq darajada
boʻladi. 20-asr boshlarida Turkiston jadidlari M. harakatiga mustaqil davlat tuzish
yoʻlidagi alohida bosqich sifatida qaraganlar va bu yoʻlda kurashganlar (qarang
Turkiston muxtoriyati). Rossiyada bolsheviklar xrkimiyat tepasiga kelgach, dastlab
Turkiston Avtonom (Muxtor) Sovet Respublikasini tashkil kilishdi (1918 yil 30
apr.). Oʻzbekiston SSR tuzilgach, uning tarkibida Qoraqalpogʻiston ASSR (1936
yil 5 dek.dan) boʻlgan.
Muxtoriyat keng maʼnoda — bironbir ilmiy muassasa (mas, universitet), turli
tashkilotlarning muayyan masalalarni oʻz holicha, mustaqil hal qilish huquqi.
Muxtoriyat – umuman olganda, kimningdir ixtiyoriga topshirilgan masalalarni
uning o’zi mustaqil ravishda hal etish huquqi. Konstitutsiyaviy huquqda
Muxtoriyat tushunchasi bir nechta ma’noda qo’llaniladi: a) davlat yoki viloyat
muhtoriyati deb nomlanadigan milliy-davlatchilik tuzilishi shaklini belgilash
uchun. Bunda muayyan milliy tarkibdagi aholi zich joylashgan, alohida xo’jalik va
turmush xususiyatlariga ega bo’lgan hudud – muxtor davlat (respublika) yoki
avtonom milliy-davlat tuzilmasi (viloyati, okrugi) deb e’lon qilinadi; b) muayyan
millatga mansub fuqarolar guruhining o’z milliy, ma’naviy, madaniy va boshqa
manfaatlarini amalga oshirish uchun birgalikda harakat etish imkoniyatlarini
ifodalash uchun; v) u yoki bu konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlarining
ishtirokchisi o’zining vakolatlarini amalga oshirishda erkinlikka egaligiga alohida
urg’u berish uchun. Maxsus adabiyotlar va ro’znomalarda «viloyat o’z ishlarida
to’liq avtonom», «mansabdor shaxs o’z vakolatlarini amalga oshirishda katta
avtonomiya oldi» kabi iboralarni uchratish mumkin. Bu erda «muxtoriyat» atamasi
ko’proq konstitutsiyaviy-huquqiy mazmunda emas, balki umumiy tushuncha
sifatida ishlatiladi va tegishlicha davlatning, davlat tuzilmasining, ma’muriy-
hududiy birlikning, mahalliy o’zini o’zi boshqarish organining, jamoat
birlashmasining, mansabdor shaxsning erki o’zidaligini ifodalaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. DAVLAT VA HUQUQNAZARIYASI Odilqoriyev X.T. Toshkent 2018
2. htp//www.lex.uz
3. https://uz.wikipedia.org/wiki/Muxtoriyat