Бола шахсида салбий ўзгаришларни келтириб чиқарувчи ташқи таъсирларнинг психологик-педагогик асослари
234
Maktabgacha yosh davridagi ehtiyojlar, his-tuyg‘ular, sabablar, maqsadlarni
tarbiyalash va rivojlantirish shu darajaga yetadiki, u bolaga maktabdagi muntazam
o‘qishga o‘tish imkonini beradi.
Tarbiyachi tarbiyalanuvchida kuchli faoliyat ehtiyojini uyg‘otib, yangi hulk-atvor
sifatlarini shakllantirishga yordam bergandagina kutilgan natijalarga erishadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Юлдашева Д.М. Использование зоонимов в колыбельной песне-«алла», как
аспект этнолингвистики. Актуальные проблемы гуманитарных и естественных
наук. Научный журнал. Москва, 1-2 февраля, 2013г., с.83-84.
2. G`oziyev E.G`.Ontogenez psixologiyasi,T.: 2010 yil.
3. Daniyarov B.X., Vahobova F.N., Ahmedov F.H., Habixanova Sh.B. Oilaviy
hayot maktabi. -T.: 2010.
INKYLUZIV TA`LIMNING NAZARIY VA AMALIY MASALALARI
Nishonova Zarina
Samarqand viloyati Oqdaryo tumani 44-maktab psixologi
Inklyuziv ta`lim barcha o`quvchilar uchun maxsus ta`lim ehtiyojlari va individual
imkoniyatlarning farqliligni inobatga olgan holda ta`lim muassasalarida ilm olishda teng
huquqlilikni ta`minlashdir
Ta`kidlab o`tish joizki avval, O`zbekistonning umumta`lim maktablari va bolalar
bog`chalarida bo`ladigan o`quv jarayoniga alohida ehtiyojli bolalar an`anaviy usulda
jalb qilinar edi. Shu paytga qadar ta`lim berish hamda tarbiya usulublari inklyuziv
pedagogic uslublarga asoslanmagan edi. Natijada esa, alohida ehtiyojli bolalar egallagan
bilim, ko`nikma va malakalar ularning ehtiyojiga to`laqonli javob bermay,
imkoniyatlarini to`liq namoyon etishiga to`sqinlik qilar edi. Inklyuziv ta`lim esa, barcha
bolalarning imkoniyatlaridan qat`iy nazar, ayniqsa, imkoniyati cheklangan alohida
ehtiyojli bolalarning o`z tengdoshlari qatoriga ta`lim olish imkoniyatlarini ta`minlashga
yo`naltirilgan. Inklyuziv ta`lim tamoyillariga asosan, hamma bola ta`lim olish huquqiga
ega, shunga binoan, u kerakli bilim olish uchun qo`llab-quvvatlanishi hamda bunga
tegishli shart-sharoit yaratib berilishi shart. Ta`lim sohasida alohida ehtiyojga ega
shaxslar oddiy maktablarda o`qishlari kerak. Buning uchun oddiy umumta`lim
maktablarida ularning ehtiyojlarini qondirish maqsadida, ta`lim olishga yo`naltirilgan
maxsus pedagogic uslublar ishlab chiqilib, ular yordamida bilim olishga sharoit
yaratishlari zarur va kerakdir.
So‘zining davomida shuni xam aytishimiz mumkunki inklyuziv ta’lim olish
huquqini kafolatlash uchun maktab-internatlarda yashayotgan va ta’lim olayotgan
bolalarda deinstitutsionalizatsiya jarayonini amalga oshirish kerakligini ta’kidlaydi. Shu
munosobat bilan barcha darajadagi mutasaddi tashkilotlar ushbu guruh tarkibidagi
Do'stlaringiz bilan baham: |