Бола шахсида салбий ўзгаришларни келтириб чиқарувчи ташқи таъсирларнинг психологик-педагогик асослари
183
kelishmovchilik, o‘zini ko‘rsatishga moyillik va o‘z ichki dunyosiga qiziqishning
namoyon bo‘lishi bilan tavsiflanishini asoslab berdilar.
21
Ayrim psixologlar biogenetik o‘sishning biologik omillariga, ya’ni jinsiy etilishga
alohida ahamiyat beradilar. Ularning fikricha, o‘smirning psixik jihatdan inqirozga
etaklovchi, hayajonga soluvchi sub’ektiv ichki kechinmalari o‘g‘il va qizlarni tanholik
psixologiyasiga tortar emish. O‘smir uchun xarakterli norozilik, qo‘pollik, qaysarlik,
shafqatsizlik, tajanglik, ginaxonlik, tajovuzkorlik kabi illatlar jinsiy etilishning mahsuli
yangi tuyg‘ular, mayllar, kechinmalar o‘smir xatti-harakatida hukmron bo‘lib, uning
xulq-atvorini boshqaradi deb tushuntirilmoqda. O‘smirlikning psixologik qiyofasi,
holati, imkoniyati yagona sof biologik omilga bog‘liq emasligi hammaga ayondir.
O‘smir shaxsining tarkib topishida axloq o‘ziga xos, ong alohida ahamiyat kasb
etadi. Bunda o‘quvchilarning axloqiy tushunchalarni o‘zlashtirishi va ularni turmushga
tatbiq etishi muhim rol o‘ynaydi. Umuminsoniy xislatlarni shakllantirish jarayoni,
o‘quvchidagi ishonch, aqida, nuqtai nazarning qarama-qarshiliklariga duch keladi.
O‘smir shaxsini tarkib toptirishda uning atrof-muhitga, ijtimoiy hodisalarga, kishilarga
munosabatini hisobga olish lozim. CHunki o‘smirda muayyan narsalarga munosabat
shakllangan bo‘ladi. Ijtimoiy turmushni kuzatish, undagi inson uchun zarur
ko‘nikmalarni egallash kattalar xulq-atvorini tahlil qilish imkoniyatini yaratadi. Natijada
favqulodda holatlarga − katta yoshdagi odamlarning tutgan yo‘li va uslubini baholash
ko‘nikmasi tarkib topa boshlaydi. O‘smir xulq-atvorini baholashda (rag‘batlantirish
yoki jazolashda) kattalarning qat’iyatliligi, prinsipialligi sinchkov o‘quvchi tomonidan
tahlil qilinadi va qo‘llangan tadbirning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi yana bir marta
tekshiriladi.
22
Shuning uchun rag‘batlantirish va jazolash usulari oqilona, o‘z vaqtida qo‘llanishi
kerak. Psixologik adabiyotlarda mehnat bilan jazolash o‘smir psixologiyasida keskin
o‘zgarish yasashi ifodalangan. Ma’lumki, hamma o‘quvchilarga mehnatning
qahramonlik, yaratuvchilik ekanligi uqtirib kelinadi. Favqulodda mehnatdan jazo
sifatida foydalanish ularga mutlaqo yomon ta’sir etadi.
Ijtimoiy hayotda gender faoliyatni keltirib chiqaruvchi anchagina manbalar
bor: birinchidan, kino zallari va televidenieda o‘smirlarga to‘g‘ri kelmaydigan filmlarga
ruxsat qilinishi; ikkinchidan, jamoat joylarida va ko‘cha-ko‘yda kattalarning nojoiz
qiliqlar ko‘rsatishlari; uchinchidan ta’limda biologik o‘sish to‘g‘risida etarli bilimlar
berilmasligi; to‘rtinchidan, pedagoglarning bu sohada keng ko‘lamda ish olib
bormasligi; beshinchidan, ota-onalarda fiziologik va psixologik bilimlar etishmasligi;
oltinchidan, o‘smir bolalar va qizlarga mo‘ljallangan materiallarning kamligi va
hokazolar.
Do'stlaringiz bilan baham: |