Бола шахсида салбий ўзгаришларни келтириб чиқарувчи ташқи таъсирларнинг психологик-педагогик асослари
191
to’rtinchi o’gli shahzoda Shohruh Mirzoning rafiqasi – Gavharshodbegim, shahzoda
Xalil Sultonning sevimli xotini – Shodmulk Xotun, shahzoda Umarshayx Mirzoning
to’ng’ich qizi – Xonzodabegim, Zahiriddin Muhammad Boburning qizi –
Gulbadanbegim, Jahongirshohning suyukli xotini – Nurjahonbegim (Mehriniso),
Shohjahonning sevimli ayoli – Mumtozmahal (Arjumandbonu), Shohjahonning qizi –
Jahonorobegim hamda Avrangzeb Olamgirning qizi – Zebunisobegimlarni ilm-fanga,
madaniyatga va odob-axloq me’yorlarini yaratishga ulkan hissa qo’shgan ma’rifatli
ayollar qatoriga qo’shamiz. Bu donishmand ayollar haqidagi ma’lumotlar qo’lyozma va
turli asarlarda qayd etilgan.
Buyuk sarkarda A.Temurni dunyoda keltirgan muhtarama zot, Buxoroning oqila
va soliha ayoli Tegina Mohbegimning xulq-atvori va odobi barchani hayratga solgan.
Takina Xotun atiga 35 yil umr ko’rgan bo’lsa-da, u nihoyatda zukko, e’tiborli ayol
bo’lganligi ma’lum. Sohibqironning tarbiyali va ilmli bo’lib voyaga yetishida, albatta,
onasining hissasi benazirdir.
Temuriyzoda malikalar orasida xon avlodiga mansub bo’lgan Saroymulkxonim
haramdagi barcha malikalardan ulug’roq sanalgan. Fahm-farosatda o’ta ziyrak bo’lgan
bu malika o’zining donoligi bilan mamlakat boshqaruvida ham siyosiy-ijtimoiy ham
iqtisodiy-madaniy jihatdan Amir Temurga mamlakat boshqaruvida maslakdosh bo’lgan.
Malika ilm-ma’rifatdan ham e’tiborini ayamaydi. Bibixonim rahnamoligida qad
ko’targan madrasalar XIV asr oxiri XV asr boshlarida Samarqanddagi madrasalar
orasida ulkan va mahobatliligi jihatidan ajralib turgan. Madrasalarga zamonasining
buyuk mudarrislari tayinlanib, tolibi ilmlarga diniy va dunyoviy ilmlardan dars
o’tganlar. Bibixonim madrasa tarbiyalanuvchilarining ahvolidan muntazam boxabar
bo’lib, ularga moddiy tomondan yordam berib turgan. Azaldan o’zbek xonadonlarida
farzand tarbiyasi an’anaviy ildizga ega bo’lgan. Malika farzand ko’rmagan bo’lsa-da,
sulola shahzodalari : Shohruh Mirzo, Muhammad Sulton, Xalil Sulton va Ulug’bek
Mirzo hamda boshqa nabiralar tarbiyasi, odob-axloqi bilan muntazam shug’ullangan.
Shu sababli Temuriyzodalar tarbiyasi ko’p jihatdan Bibixonim bilan bog’liq bo’lgan va
u shahzodalar hayotni adolat va ma’rifat bilan anglashlariga sababchi bo’ladi.
Yana bir Temuriyzoda malika Gavharshodbegim qaynotasi A.Temurning
vafotidan so’ng, Shohruh Mirzoga davlat boshqaruvida ko’maklashadi. Masjid,
madrasalar, xonaqoh, mabara, dahma, musofirxona, shifoxona, ravot va sardobalar
qurilishida o’z hissasini qo’shadi. Tabiatan vatanparvar, bilimdon va zukko bo’lgan
malika mamlakat ravnaqi yo’lida tinmay g’amxo’rlik qiladi. U madaniy va ma’rifiy
hayotni birinchi o’ringa qo’ygan. Shu sababdan bo’lsa kerak farzandlari hamda barcha
nabiralari ilm-fan muhlislari bo’lib, xatto g’azal ham bitganlar.
Xulosa o’rnida ta’kidlash joizki, Temuriylar sulolasiga mansub malikalarning
barchasi madaniyat va ma’rifat yuksalshida, hunarmandchilikning rivojlanishida hamda
yurt obodonchiligigi yo’lida jonbozlik ko’rsatgan buyuk jasorat egalaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |