www.ziyouz.com kutubxonasi
23
eskichiga sotib yuborishdi, u uni olib ketdi-da, maydalab pullab yubordi.
Tun bo‘yi yomg‘ir tinmadi. Ertasiga osmon charaqlagan va havo iliq edi.
Mart 2000
SOLIQ TO’LOVChI
U raketada Marsga uchib ketmoqchi edi. Erta bilan u kosmodromga keldi-da, tikonli sim devor
ortida turib, “Men Marsga uchmoqchiman” deya mundirli odamlarga qarata qichqira boshladi. U
soliqni bexato to‘lab keladi, familiyasi Prichard va u Marsga uchish uchun to‘la haqli. Axir u shu yerda,
Ogayoda tug‘ilmaganmidi? Nahotki u yomon fuqaro bo‘lsa?! Unda o‘zi nima gap, nima uchun Marsga
uchishi mumkin emas ekan? Mushtumlarini do‘laytirib, ularga qarab yerda ortiq qolishni istamayman,
miyasi bor odam Yerdan qorasini o‘chirish orzusida yuradi, deya tinmay qichqirar edi. Ko‘pi bilan ikki
yildan keyin yerda jahon atom urushi boshlanadi. Lekin u bu mudhish pallani kutib o‘tiradigan ahmoq
emas. U va miyasi bor har qanday minglab odamlar Marsga uchib ketishni istayapti. Ishonmasalaring,
ularning o‘zlaridan so‘ranglar! Urushlar va tsenzuradan, to‘rachilik va harbiy tobelikdan, hukumatdan
nari bo‘lgan ming marta afzal, bular maxsus ruxsatnomasiz bir qadam ham qimirlagani qo‘ymaydi,
bular fanni ham, san’atni ham oyoqlari ostida yanchib tashlashdi! Agar xohlasangiz yerda
qolaverishingiz mumkin. U o‘ng qo‘lini, boshini, yuragini qurbon qilishga tayyor-u, faqat Marsga uchib
ketsa bo‘lgani! Raketaga tushish uchun nima, qilish kerak, qaerga imzo chekish kerak, kim bilan
tanish-bilish ortdirish kerak?
Tikonli sim ortidan javob o‘rniga mundirli odamlar kulib qo‘ydilar, xolos. Uning Marsga hecham
uchib ketgisi yo‘q, der edi ular. Axir u Birinchi va Ikkinchi ekspeditsiyalar yo‘q bo‘lib ketishganini,
yo‘qlik qa’riga mahv bo‘lganlarini, ularning barcha ishtirokchilari, ochig‘ini aytganda, o‘lib ketganlarini
nahotki u bilmasa?!
— Lekin buni isbotlash kerak, buni hali hech kim aniq bilmaydi-ku, — deb qichqirardi u tikonli
simga yopishgancha. Balki u yerda sut daryosi oqib, sharbat dengizi mavj urib turgandir, balki kapitan
York va Uilyams qaytib kelishni o‘zlari xohlashmagandir. Xullas, gap shu — darvozani ochinglar-da,
yaxshilikcha meni Uchinchi ekspeditsiyaga — raketaga qo‘yib yuboringlar yoki men o‘zim kuch bilan
kirib olaymi?
Naryoqdagilar unga og‘zini yopishni maslahat berdilar.
U fazogirlarning raketa tomon borayotganlarini ko‘rdi.
— Meni kutib turinglar! Meni bu dahshatli dunyoda qoldirmanglar, men bu yerdan uchib ketishni
istayman, tez orada atom urushi boshlanadi! Meni yerda qoldirmanglar!
Ular kuch bilan devordan nariga sudrab ketishdi. Ular politsiya mashinasi eshigini qarsillatib
yopdilar-da, mana shu tonggi soatda uni olib ketishdi, u bo‘lsa, orqa darchaga mahkam yopishib oldi-
da, mashina vahimali chinqirgancha tepalikdan oshib o‘tishidan bir lahza oldin qip-qizil alangani ko‘rdi
va qudratli guvullashni eshitdi, miyasiga qattiq zarba kelib tushgandek bo‘ldi — bu uni mana shu
fayzsiz tongda hech narsa bilan maftun etolmaydigan yer sayyorasida qoldirib, osmonga ko‘tarilgan
kumushrang raketaning to‘lqini edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |