- 27 -
II BOB: Yaponiya tashqi iqtisodiy aloqalari rivojlanishining asosiy
xususiyatlar
2.1. Yaponiya tashqi savdo-iqtisodiy aloqalari rivojlanishining bosqichlari
Jahon xo’jaligi tarixidan ma’lumki, Yaponiya 1950-yillargacha agrar
mamlakat sifatida tan olinar edi. Ammo 1960-yillarga kelib, jahonda yetakchi
davlatlar hisoblangan AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya kabi mamlakatlar
Yaponiya jahon xo’jaligida “iqtisodiy mo’jiza”ga erishganini tan olishdi. Yaponiya
sanoat tarmoqlarida mahsulot ishlab chiqarish va iqtisodiy salohiyati bo’yicha
jahonda AQSHdan so’ng ikkinchi mamlakatga aylandi. Yaponiya bozor
iqtisodiyotiga o’tilganligi tufayli, deyarli bir avlod hayoti davomida iqtisodiy
jihatdan o’zini tiklabgina qolmay, jahonda eng yuqori darajada rivojlangan
mamlakatlar qatoridan o’rin oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: