sanoatlashgan davlat hisoblanadi. Avtomobil, kema, maishiy texnika, sanoat
robotlari, dastgohlar ishlab chiqarish va baliq ovlash bo’yicha dunyoda yetakchi
o’rinda turadi. Yaponiya deyarli butun dunyo mamlakatlari bilan savdo sotiq qiladi.
Dunyo mamlakatlari ichida iqtisodiy jihatdan namunali tajribaga ega bo’lgan
davlatlardan biri bu Yaponiyadir. Yaponiyaning “Iqtisodiy mo’jiza”sini “G’arbga
yetib olish” degan shiori va rivojlangan mamlakatlarning ilmiy-texnikaviy va
xo’jalik yuritish bilim va tajribalarini o’zlashtirish asosidagi iqitisodiy siyosat
oqibati sifatida ko’rib chiqish mumkin. G’arb tadqiqodchilari, Yponiya tajribasini
o’rganib mamlakat iqtisodiyotining o’ziga xosligi va boshqalardan ajralib turishini
alohida ta’kidlab o’rtishadi. Sanoatning yuqori darajalarda o’sishi, iqtisodiyotni
mamlakatlar orasida xom-ashyo va yoqilg’i bilan ta’minlanganlik darajasi eng
past va mamlakat butunlay ko’p turdagi mineral va qishloq xo’jaligi xom-
- 38 -
ashyolarining importiga bog’langanligini keltirishimiz mumkin. Aynan tabiiy
resurslarga
kambag’allik
darajasi
xalqaro
savdoni
rivojlantirishning
rag’batlantiruvchi omil bo’ldi. Tabiiy resurslarga kambag’al bo’lgan mamlakat
jahon iqtisodiyotiga g’oyat muvafaqqiyatli kirib keldi. Avval Yaponiya jahonda
qayta ishlash sanoati markaziga aylandi, keyinchalik ilmiy-texnik sohalar
rivojlandi. Bugungi kunda Yaponiya zamonaviy iqtisodiyotning katta ahamiyatga
ega savdo mamlakatlarining biridir. Yaponiya iqtisodiyoti yoqilg’i energiyasi va
sanoat xomashyosini import qilish bilan bog’liq. Bugungi kunda import tarkibi
sezilarli darajada o’zgargan: xomashyo maxsulotlarini emas, balki tayyor
maxsulotlarni olib kirish birinchi o’ringa qo’yilgan. Yaponiya uchun uning
shakllanishining barcha bosqichlarida savdo balansining saldosi ijobiy
bo’lganligini ham alohida takidlab o’tish lozim. Ammo ko’p yillar davomida
mamlakat iqtisodiyatiga mablag’lar oqimini ta’minlab turgan Yaponiya tashqi
savdosi pasayishga moyilligi kuzatilmoqda.
Yaponiya iqtisodiyoti raqobatbardosh davlat yaratish va rivojlantirish uchun
yordam beradigan tashqi iqtisodiy aloqalar qurishga yo’naltirilgan. Yaponiya
iqtisodi uchun tashqi savdoga ixtisoslashuv harakterlidir. Savdo aylanmasi
hajmining kattaligiga qaramasdan axoli jon boshiga to’g’ri keladigan tashqi savdo
ko’rsatkichini
(
2010 y. – 12189,37
AQSH dollari
)
baland deb aytib bo’lmaydi
chunki axoli soni bo’yicha Yaponiya dunyoda o’ninchi o’rinni egallaydi.
Tabiiy resurslardan mahrum bo’lgan mamlakat uchun tashqi savdo hayotiy
muhim ahamiyat kasb etadi. Eksport masshtabi import uchun zarur valyuta
jamg’arishga kerak mablag’ darajasidan ancha oshadi. Boshqa davlatlarga
sotiladigan 98,6% tayyor maxsulotlarga to’g’ri keladi, ulardan 74,1% - avtomobil
va uskunalarga to’g’ri keladi. Tashqi savdo aylanmasi bo’yicha u 2009-
yilda(1006,9mlrd. AQSH dollari) faqat AQSH, GFR va Xitoyga joy bo’shatib
turibdi.