22
TEST TOPSHIRIQLARINI ISHLAB CHIQISH
USLUBIYATI
Testlarni ishlab chiqish uslubiyatini tahlil qilishdan oldin,
test sinovi o„tkazish usulining tarixiga doir ayrim materiallar
ustida qisqacha to„xtalib o„tamiz.
Test o„tkazish g„oyasini ingliz psixologi F.Galton 1883 yilda
“Inson qobiliyatini izlash va uni rivojlantirish” asarida birinchi
bo„lib ilgari surgan. Testlarni turli sohalarda qo„llash uslubiyatini
amerikalik psixolog D.M.Kettell 1890 yilda birinchi bo„lib ishlab
chiqqan. Ingliz olimlari F.Galton va J.Salli birinchilardan bo„lib
amalda testlardan pedagogik maqsadalarda foydalanganlar.
Rusiyada esa testlarni ushbu maqsadalar uchun birinchi bo„lib
A.M.Shubert qo„llagan. 1920 yildan boshlab esa testlardan
psixotexnika, pedologiya, maktab pedagogikasida yosh avlodning
shaxsiy psixologik xususiyat (qiziqish, qobiliyat va h.k.) lari
haqida ma‟lumotlar to„plash orqali o„quvchilarning faoliyatini
tashkil etishga, bilish qobiliyatlarini o„stirishga ilmiy asosda
rahbarlik qilish bilan bog„liq ishlarda foydalanilgan. Bu davrda,
ayniqsa test usuli bilan qurolangan psixotexnika, pedologiya
fanlari
o„quvchilarning
individual
xususiyatlarining,
qobiliyatlarining rivojlanish darajasini o„rganish va baholashda
katta yutuqlarni qo„lga kiritdi. Test usuli asosida shaxsning
sifatlarini diagnostika, intellektual qobiliyatini diagnoz qilish,
maxsus qobiliyatlarni diagnoz qilish va rivojlantirish asosida har
bir o„quvchining kelajagini bashorat qila bilish, iste‟dodini ilg„ash
bilan bog„liq bo„lgan sobiq sho„rolar davrida psixotexnika va
pedologiya fanlarining amiliy tavsiyalari mamlakatimizda
hukmron bo„lgan shaxsga sig„inish mafkurasi g„oyalariga tobora
zid bo„lib bordi. SHu bosidan ham partiya mafkurachilari VKP (b)
MKning 1936 yil 6 iyul qarorida pedologiya fanini va uning
negizini tashkil etgan test usulini qoraladilar. Bu qaror sobiq
ittifoqda testologlar tomonidan ishlab chiqilgan test o„tkazish
uslubiyatlari, shu jumladan, apparatlar yordamida o„tkaziladigan
testlar uslubiyatlari hamda bir necha o„n yillar davomida
23
to„plangan testlar “BANKI”ni ko„r-ko„rona yo„q qilishga sabab
bo„ldi.
Shu tariqa sobiq ittifoqda test usulini qo„llash uslubiyatini
takomillashtirish bilan bog„liq nazariy va amaliy ishlarning
kelgusi taraqqiyotiga qattiq zarba berilgan, test ishlab chiqish
bilan mashg„ul bo„lgan psixotexnik, pedolog, testologlar esa
quvg„in qilingan edi.
Ma‟lumki, test-sinov usuli yordamida mavjud barcha faoliyat
turlarini o„zlashtirish darajasini namoyon qilish mumkin. Biroq,
bu pedagogik jarayonda har bir faoliyat turi uchun o„ziga xos
ravishda amalga oshadi. Buni quyidagilarda ko„rish mumkin:
1. Pedagogika va psixologiya fanlari bo„yicha testlar shaxsning
aqliy rivojlanishini, uning psixofiziologik va shaxsiy sifatlari
tavsifnomasini,
tekshiriluvchi
(sinaluvchi)ning
bilim,
ko„nikma va malakalarining shakllanish darajasini aniqlash
maqsadida qo„llaniladigan ma‟lum qolipdagi topshiriq
(savol)lar majmuidir.
2. Tibbiyot
va
fiziologiya
fanlari
bo„yicha testlar
organizmlarda sodir bo„ladyotgan jarayon, o„zgarishlarni
hamda tirik organizmning turli qismlari to„qimalarining
holatini aniqlash uchun qo„llaniladigan sinov topshiriqlaridir.
3. Hisoblash texnikasida testlar mavjud mashinalarni bir
me‟yorda ishlash holatini aniqlash va nazorat qilish uchun
qo„llanilayotgan nazorat topshiriq-vazifalar majmuidir.
4. Adabiyot va tasviriy san‟atda testlar turli obraz va
ob‟ektlarning o„zaro bog„liqligini tasvirlaydigan qo„plab
belgilarni umumlashtirishdir.
Endi test-sinov usulining an‟anaviy sinov (yozma ish,
og„zaki so„rov va h.k.) usullari bilan raqobat qila olishini
ko„rsatuvchi
qator
xususiyatlarini
ko„rsatamiz.
Ular
quyidagilardan iborat:
1. Test-sinov o„tkazish uchun zarur jixoz va tavsiyalarning
nisbatan oddiyligi;
2. To„plangan
sinov
natijalarini
bevosita
qayd
qilish
imkoniyatining borligi;
24
3. Test-sinovni guruhlar bilan ham yakka tartibda ham
o„tkazish mumkinligi;
4. To„plangan sinov natijalarini matematik usullar bilan
EHMda qayta ishlashni qulayligi;
5. Qisqa vaqt ichida juda katta miqdordagi sinaluvchilar bilan
test sinovlar o„tkazish mumkinligi;
6. Tayyorlangan
testlar
va
ularga
qo„yilgan o„lchov
mezonlarining
aniqligi,
tekshirilishi
lozim
bo„lgan
mavzularni atroflicha qamrab olish imkoniyatiga egaligi;
7. Test topshiriqlarini tushunarli va qisqacha bayon qilish
mumkinligi;
8. Test topshiriqlarini ko„p jabhalarda qayta-qayta qo„llash
mumkinligi va h.k.
Yuqoridagilarni hisobga olib, bu erda test sinov usulini
talabalar tomonidan o„quv axborot (faoliyat)ni o„zlashtirish
sifatini namoyon qilishning samarali vositasi ekanligini alohida
qayd qilishimiz zarur. Shu nuqtai nazardan dastavval test
topshirqlarini
bajarish
natijalarini
o„lchash va baholash
uchunekspert usul bilan har bir testga etalon, ya‟ni berilgan
faoliyatni barcha operatsiyalar bo„yicha to„g„ri va to„liq bajarish
usuli ishlab chiqiladi. Boshqacha qilib aytganda etalon (javob)
sinov mohiyati va mazmunini o„zida aks ettiradi. YUqorida
aytilganlarni quyidagi simvolik yozuv ko„rinishida ifodalash
mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: