organlari va refleksi - maxsus sezgi organlari bo'lmaydi, lekin u yorug'lik, hid, harorat,
kimyoviy
va ta'sirlarni yaxshi sezadigan sezuv hujayralari bo’lib, asosan tananing oldingi tomonida
joylashgan. Uning teri hujayralarida sezuvchi tolalari bo'ladi. Bu nervlar nerv tugunlari bilan
bog'langan. Yomg'ir chuvalchangining refleksi gidra va oq planariyaga ancha murakkab va
xilma-xil bo'ladi. Gidra yoki planariya tanasining qaysi qismiga ta'sir etsak ham tanasini bir xil
qisqartirish bilan javob beradi. Bunda aksicha, yomg'ir chuvalchangi tanasining qaysi qismiga
ta'sir qilsak o'sha tomoni ta'sirlanadi va u har xil harakat qiladi. Masalan, oldingi tomoniga biror
narsani tekkizganimizda bosh qismini tortib oladi va boshqa tomonga burilib, harakat qiladi.
Reflekslar yordamida chuvalchang o'z ozig'ini qidirib topadi, dushmanlaridan saqlanadi, kuchli
yorug'lik va issiqlikdan yashirinadi.
Ko'payishi - yomg'ir chuvalchangi germafrodit (ikki jinsli) hayvon. Juda kichik ikki juft
tuxumdoni 13- segmentda joylashib, 14-segmentdagi 1 juft voronkasimon tuxum yo’li –
yetishgan (otalanmagan) tuxumlarini tashqariga chiqarishga xizmat qiladi. Ikki juft urug’doni –
urug’ qopchiqlarining ichida joylashgan. 9-13 segmentlardagi kattagina pufaksimon qopchiqlar
uch juft katta o’simta hosil qiladi. Mazkur qopchiqlarga ajralib chiqqan urug’ (spermatozoidlar)
shu yerda yetiladi va ma’lum vaqt saqlanib, urug’ yo’li naychalari orqali tashqariga chiqadi. Ikki
juft urug’ yo’li “voronka” lari urug’ qopchiqlarini ichida joylashgan bo’lib ularning birlashtirgan
bir juft naychalari 15 segmentning qorin tomonida tashqariga ochilgan. 9-10- segmentlarda
joylashgan 2 juft “urug’ qabul qiluvchi qopchiqlar” joylashgan. Bu qopchiqlar qo’shilish vaqtida
boshqa chuvalchangdan spermatozoid olish va uni saqlashga xizmat qiladi.
Bahorda yomg’ir chuvalchanglari bosh tomoni bilan qo’shilib spermalarini almashtirib
oladi (ularda tuxumlardan ancha vaqt ilgari spermalar yetiladi). Bir necha kun o’tgach, kamar
segmentlarining atrofida, (belbog'chasidan) ulardan ajraluvchi shilimshiq moddadan bug’doy
donasidek maxsus pilla hosil bo'ladi. “Kamar” dagi bezlar pillaning ichiga oziqli suyuqlik ajratib
o’tkazadi. Har qaysi pillaga 2-3 dona, ba'zan 6-20 donagacha tuxum qo'yadi. Ular pillalarini
yaxshi havo o’tkazadigan zaxroq yerga qo’yadi. Chuvalchang pilla ichiga bir qancha tuxum va
ilgari boshqa chuvalchangdan olgan spermalarini ajratib chiqaradi. Pilla chuvalchang tanasidan
sirg'alib tuproqqa tushadi. Tuxumlar pillaning ichida otalanib rivojlangach, dastlab shu yerda
ya’ni troxoforasimon kiprikli lichinka davrini o’tadi va bir oydan keyin yosh chuvalchangga
aylanadi. (odatda 1 ta pillada faqat 1-2 ta chuvalchang yetishadi.) Chuvalchanglar bir necha yil
yashaydi.
Regeneratsiyasi - yomg'ir chuvalchanglari ham gidra yoki oq planariya singari tanasining
jarohatlangan qismini tiklash xususiyatiga ega. Chuvalchang tanasi ikki bo'lakka ajratilganida
uning bar bir bo'lagidan yangi chuvalchanglar hosil bo'lishi aniqlangan.
Yer yo’zida yomg'ir chuvalchanglarining 180 dan ortiq turi tarqalgan. Halqali
chuvalchanglarning juda ko'p turlari chuchuk suvlarda ham hayot kechiradi. Yomg'ir
chuvalchanglari va chuchuk suvlarda hayot kechiradigan halqali chuvalchanglarning tana
halqalarida ko'zga ko'rinmaydigan siyrak va kalta tukchalari bo'ladi. Shuning uchun ularni kam
tukli halqali chuvalchanglar sinfiga kiritiladi.
Yomgir chuvalchanglari tuproqni yumshatib, unga suv va havo o'tishini yaxshilaydi.
O'simlik ildizlari chuvalchanglar qazigan inlar orqali yaxshi o'sadi. Bundan tashqari,
chuvalchanglar tuproqni ichagidan o'tkazib uni chirindiga boyitadi. Chuvalchanglar ko'p bo'lgan
tuproq donador bo'lib, namlik va oziq moddalarni o'zida yaxshi saqlaydi. Bir gektar maydonda
yomg'ir chuvalchanglari bir yil davomida 250-600 t tuproqni qayta ishlab berishi aniqlangan.
Yomg'ir chuvalchanglarining ayrim turlaridan chorvachilik va uy-ro'zg'or chiqindilarini qayta
ishlab, sabzavot va poliz ekinlari uchun qimmatli o'g'it hisoblanadigan biogumus olishda
foydalaniladi. Yomg'ir chuvalchanglari ko'p bo'ladigan tuproqlarda o'simliklar yaxshi o'sadi va
mo'l hosil beradi. Chuvalchanglar qirilib ketmasligi uchun tuproqni kimyoviy zaharli moddalar
bilan ifloslantirmaslik, tuproqqa go'ng solib turish kerak. Yomg'ir chuvalchanglari juda foydali
va noyob hayvonlar sifatida himoya qilinadi. Xalqaro ,,Qizil kitob"ga yomg'ir
chuvalchanglarining 11 turi kiritilgan.
Chuchuk suv havzalarida yashaydigan kam tukli qizil chuvalchanglar – tubefeks suvni har
xil ifloslikdan tozalab, sanitarlik vazifasini bajaradi. Ular turli suv hayvonlari, shu jumladan
baliqlar uchun asosiy oziq bo'lib hisoblanadi. Chuchuk suv chuvalchanglari akvarium baliqlari
uchun yem sifatida ko'paytiriladi.
Dalalarda, ekinzorlar va yaylov yerlarda ko’p tarqalgan oqish chuvalchang – allobofora
lar o’rtacha 15-16 sm uzunlikda bo’lib, nihoyatda ko’p tarqalgan. 1 m
3
tuproqda 400-500 ta va
undan ham ko’p bo’lishi mumkin. Qurg’oqchilikka chidamli bu chuvalchang, ayniqsa, tuproq
hayotida katta ahamiyatga ega. Mazkur oilaga mansub va ko’p tarqalgan gigant allobofora (40-
50 sm gacha bo’ladi) va go’ng solingan yerlarda ko’plab ko’payadigan go’ng chuvalchanglar
ham foydali hisoblanadi.
Avstraliyada uchraydigan gigant Avstraliya megoskolisidasi 2,5-3 m gacha uzunlikda
bo’lib, o`zoqdan ilonga o’xshab ko’rinadi. Bu chuvalchanglar ham yer ostida yashab, tashqarida
tuproq uyumlari hosil etadi. Megoskolitsida chuvalchanglari orasida tropik o’rmon daraxtlariga
chiqib yashaydigan turlari ham uchraydi.
Yomg’ir chuvalchanglarining tuproq hosil bo’lishida va tuproq hosildorligini ortirishdagi
ahamiyatini 1-bo’lib, mashhur olim Ch. Darvin ko’p yillar mobaynida tekshirdi. Darvinning
ko’rsatishicha chuvalchanglar tuproqning ustki qavati bilan ostki qavatlarini almashtira borib,
undagi chirindi va boshqa organik birikmalarning minerallanishi (o’simlik o’zlashtiradigan holga
kelishi) ni mo`ttasil ravishda muvofiqlashtiradi va tuproqdagi “yo’llari” orqali undagi foydali
mikroblarni ko’payishi va tuproqqa havo kirib turishini ta’minlaydi.
Kamtuklilar xam xuddi ko`ptuklilar singari yuqori daraja rеduktsiyalanish xususiyatiga
ega, asosan chuchuk
suvlarda va tuproqda, bazida esa dеngizlarda hayot kеchiradilar.
Amaliy axamiyatiga kеladigan bo`lsak bir kvadrat mеtrdagi chuvalchanglar bir yil
davomida 4 kgtuproqni, xuddi shu muddatda 1 ga yеrdagi chuvalchanglar esa 10 t dan 30 t gacha
tuproqni yеr yo`zasiga chiqarishi mumkin. Yomg`ir chuvalchanglar tuproqni ichagidan o`tkazib,
koprolitlar xosil qiladi, yеmirilishini saqlaydi va nam shimilishini yaxshilaydi.
Chuchuk suv kamtuklilari o`z ichagidan ko`p miqdorda loyqan o`tkazib, suvxavzalarini
organik qoldiqlarda tozalaydi. Kamtuklilar baliqlarning asosiy ozig`i xisoblanadi, Qizil
chuvalchang akvarium baliqlari uchun maxsus ozuqa. Eyzеniya biogumus olishda ishda ishtiroki
katta.
Klassifikatsiyasi kamtuklilar ikki turkumni birlashtiradi.
Naydomorflar turkumii – turlari asosan chuchuk suv xavzalarida hayot kеchiradilar
YomG`ir chuvalchangi turkumi – chuchuk suv xavzalari va ayniqsa tuproqda hayot
kеchiradilar. Tana uzunligi bir nеcha sm dan 2,5 mеtrgacha yеtishi mumkin.
Savollar:
1. Xalqali chuvalchanglariga mos bo`lgan umumiy bеlgilar nimalardan iborat?
2. Xalqali chuvalchanglarning klasifikatsiyasini kеltiring.
3. Ko`ptuklilar va kamtukllarning asosiy farq qiluvchi bеlgilari nimalardan iborat?
3. Yomg`ir chuvalchangining tashqi va ichki tuzilishi nimalardan iborat?
4. Xalqali chuvalchanglarning ekologiyasi va amaliy axamiyati nima?
Foydalanilgan adabiyotlar: