dissipement pardalari bilan ajralib turadi. Tana bo‘shliqlari suyuqlik bilan to‘lgan bo‘lib,
gidroskelet vazifasini bajaradi. Bundan tashqari ushbu suyuqlik nafas olish, ayirish va tanani
ma‘lum shaklda saqlashga yordam beradi. Mezoderma va ikkilamchi tana bo‘shlig‘ining paydo
bo‘lishi, yaxshi rivojlangan qon aylanish sistemasining taraqqiy etishini muvofiqlashtirgan. Qon
aylanish sistemasi ilk bor halqali chuvalchanglarda paydo bo'lgan. Alohida yurak ajralmagan
bo‘lsa-da, qon faqat tomirlarda (yopiq sistema) yaxshi harakat qiladi. Qoni rangsiz, qizil yoki
yashil. Hazm organlari bir qancha qismlardan tarkib topgan. Ayirish organlari har bir bo‘g‘imda
bir juftdan rivojlangan voronkasimon organlar – metanefridiyalar shaklidadir. Nerv sistemasi
halqum atrofida joylashgan nerv halqasidan va qorin nerv zanjiridan tashkil topgan.
Ko‘pchilik halqalilar ayrim jinsli. Chuchuk suv havzalarida va tuproqda yashovchi avlodlari
ikki jinsli (xunasa) bo‘ladi. Dengizda yashovchi turlari – troxofora deb nomlangan kiprikli
lichinka hosil etib rivojlanadi. Oz qillilar va zuluklarda lichinka davri bo‘lmaydi. Bir qancha
halqalilar bo‘linib ko‘payishga moslashgan.
Ko'pchilik halqali chuvalchanglar erkin yashovchi hayvonlar bo'lib, chuchuk suvlarda,
tuproqda, dengiz va okeanlarda hayot kechiradi. Halqali chuvalchanglarning 7000 ga yaqin turi
bor. Ko‘pchiligi dengizlarda yashab, baliqlarning ozig‘i sifatida katta ahamiyatga ega. Tuproqda
yashovchi yomg‘ir chuvalchanglari tuproq hosildorligini oshirishda katta o‘rin tutadi.
Halqalilar tipi 2 ta kеnja tirp; Bеlbog`lilar va bеlbog`sizlar kеnja tiplariga bo`linadi.
Bеlbog`sizlar (ACLITELLATA) kеnja tipi - bitta sinfni o`z ichiga oladi. Ayrim jinsli,
jinsiy isstеmasi oddiy tuzilgan. Lichinkasi troxofora dеyiladi.
Ko’p tukli halqalilar (Polychaeta) sinfi-– turli dengizlarda nihoyatda ko’p tarqalgan
o’rtacha kattalikdagi chuvalchanglardir. Bir qanchalari erkin suzib yurib, ko’p turlari dengiz
tubida, ba’zilari qum yorib hayot kechiradi.
Bularda gavda – bosh, tana va dum qismga ajralgan; bosh qismida og’iz oldi va og’iz
segmentlari, palpilar (kimyoviy sezuv organlari), paypaslagichlar (teri sezuv organlari) va
ko’zlar joylashgan. Tanasi juda ko’p bir xildagi segmentlardan tarkib topgan. Ularning 2 yon
tomonida tik joylashgan parapodiyalar bo’lishi, ularda esa bir qancha uzun qilsimon o’simtalar
va nafas olish organi – jabralar joylashganligi xarakterlidir. Teri-muskul xaltasi ikkilamchi
tana bo’shlig’i va hamma ichki organlari ayniqsa nerv sistemasi yaxshi rivojlangan. Ayrim jinsli.
Gonadalari ko’plarida hamma tana segmentlarida bo’ladi. Troxofora lichinkasi orqali rivojlanadi.
Bir qancha turlari bo’linish yo’li bilan ham ko’payadi.
Dengizlarning tubida hayot kechiradigan halqali chuvalchang nereidaning tanasi ko'p
miqdorda uzun tuklar bilan qoplangan. Tuklar tananing ikki yonidagi muskullar o'simtalarida
to'p-to'p bo'lib joylashgan. Chuvalchanglar bu o'simtalar yordamida suzadi yoki suv tubida
o'rmalab yuradi. Shunday qilib, bu o'simtalar dastlabki juft oyoqlardir. Dengiz halqalilari ko'p
tuklilar sinfiga kiritiladi. Ular baliqlar uchun oziq bo'lib hisoblanadi.
Ko`ptuklilarning xaraktеrli bеlgilarining biri bosh qismi akronida juft palpalari
bo`lishidir.
Tashqi tuzilishi tanasi cho`ziq, silindrsimon yoki bir oz yassilangan 5 – 800 tagacha
xalqalari, sigmеntlardan iborat. Oldingi og`iz oldi sigmеnti – prostomium va oxirgi anal
sigmеnti pigidium boshqa tana sigmеntlaridan farq qilib, tananing mеtomеralashgan qismi
xisoblanadi. Erkn yashovchi formalarida halqalari bir xil kattalikda bir xilda tuzilgan bo`ladi va
gomonom dеyiladi. O`rtoq hayot kеchirvchilarida esa aksincha, sigmеtlari turli shakl va
kattalikda bo`lishi kuzatilgan. Ko`ptuklilarning bosh bo`limi og`iz oldi – prostiumdan va bosh –
pеristimiumdan iborat. Pеristomium ko`pincha bir nеchta 2-3 sigmеntlarining qo`shilishidan
hosil bo`lgan va batsеfalizatsiya dеb ataladi.
Prostomiumda bir juft paypaslagichlar, ya'ni palpalar va bir juft yoki ko`proq tuyg`u
organlari – antеnnalar joylashgan bo`lib, tananing ikki yonida xar bir bo`g`imda bir juftdan
joylashgan bo`ladi. Ular erkin yashovchilarida o`troq yashovchilariga nisbatan yaxshi
rivojlangan. Ko`pchiligining tanasini qoplagan yupqa kutikula ostida bir qator epitеliy bo`ladi.
Kutikula ana shu epitеliydan paydo bo`ladi. Sodda tuzilganlarinikida kipriklar yoki bеz
Do'stlaringiz bilan baham: |